13-mavzu: Yettisuv va Janubiy Qozog`iston o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi. Reja
O‘tror, Turarband, Tarband, O‘trortepa — qadimiy shahar xarobasi
Download 23.24 Kb.
|
2 5226929805722654301[2]
O‘tror, Turarband, Tarband, O‘trortepa — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 16-asr). Janubiy Qozog‘istondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. O‘tror 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat bo‘lib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan o‘ralgan. O‘trordan ko‘chalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uy-ro‘zg‘or, zargarlik buyumlari, kamon o‘qlari va boshqalar topilgan. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri bo‘lgan. O‘tror mudofaasidan so‘ng mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Oq O‘rda xonlari uni 14-asrda tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qal’a bo‘lgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yo‘li vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Ko‘hna Urganch, O‘tror va Olmaliqqa borgan. Bu yo‘ldan musulmon savdogarlari ham, Yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. O‘trordan ko‘plab allomalar etishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. 16-asrdagi o‘zaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.
Taraz — (qoz. Taraz) (1936-yilgacha Avliyoota, 1936—1938 yillarda Mirzoyan, 1938-yilda Jambul, 1998-yildan Taroz) — Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning ma’muriy markazi. Olmaotadan 545 km g‘arbda, Talas daryosini yoqasida joylashgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Taraz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-yilda qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taroz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8—18-asrlar). Qadimda Taraz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qal’a, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. 7-asrda Taraz muhim savdo markazi. 751-yil Taraz yaqinida Talas jangi bo‘lib o‘tgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida bo‘lgan. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Mo‘g‘ullar istilosidan ancha shikastlangan Taraz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda g‘ayot barham topgan. Tarazda o‘tkazilgan qazishmalar chog‘ida zardushtiylarning ossuariylarda ko‘milgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11—12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv o‘tkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qal’asi qurilgan. 1864-yilda Tarazni Rossiya qo‘shinlari bosib olgan. 1920-yildan Qozog‘iston tarkibida. Download 23.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling