13-mustaqil ish mavzusi: Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish metodikasini ishlab chiqish
Download 17.85 Kb.
|
13-mustaqil ish jismon
13-mustaqil ish mavzusi: Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish metodikasini ishlab chiqish. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishidan muhim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning harakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi, tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, eguluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emotsional kayfiyat uyg’otadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini tuzishdan oldin bu mashqlar kimlarga mo’ljallanganlini va qanday maqsadda qo’llanishini aniq bilish zarur. Chunki tanlanadigan mashqlarning mazmuni, ularning bu majmuada belgilanadigan vazifasiga bog’liqdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida hal qilinadigan xususiy vazifalarga muvofiq badantarbiya mashg’ulotlari turli shakllarda (ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya daqiqalari, gimnastika darsi, atletika gimnastika va hokazo) o’tkaziladi. Mashqlar majmuasini tuzganda mashg’ulot o’tkazadigan vaqt, shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Hal qilinadigan vazifasiga ko’ra, ularning soni gigienik gimnastika majmuasida 8 tadan 15 tagacha, ritmik gimnastika majmuasida 50-65 ta bo’lishi mumkin. Umumrivijlantiruvchi mashqlar majmuasini tuzganda ularni quyidagicha navbatlash kerak: Gavdani to’g’ri tutish, kerilib cho’zilish. Qo’llarni aylantirish va siltash mashqlarini bajarish. O’tirib turish. Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirish va aylanma harakatlar bajarish. Boshni yon tomonlarga, oldinga engashtirish va burish. Tayanib yotgan holatda qo’llarni bukib – yozish. O’tirgan va yotgan holatlarda oyoqlarni ko’tarish. Oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltash. Turgan joydan yurish va yugurish tartibida navbatlashtirish maqsadga muvifiqdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasidagi mashqlarni 4-8 martadan takrorlash, ya’ni kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni asosiy ish bajaruvchi mushak guruhlarida toliqish sezilgunga qadar, qayishqoqlikni rivojlantiruvchi mashqlarni esa yengil-yelpi og’riq seguncha bajarish mumkin. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda bajarganda barcha harakatlar buyruq asosida emas, balki topshiriq bo’yicha bajariladi. O’qituvchi “menga o’xshab dastlabki holatni egallanglar diqqat bilan qo’l, gavda, oyoqlarimga qaranglar”, “menga o’xshab bajaringlar!” deb aytadi. So’ngra mashqni bajarishni tugallash uchun “mashqni tugating” topshirig’i beriladi. O’qituvchi mashq boshlashdan oldin egallanadigan dastlabki holatni aytadi va har bir sanoqda nima qilish kerakligini tushuntiradi. Keyin u “dastlabki holatni egallang!” degan buyruqni beradi. Ijroni tekshiradi va navbatdagi mashqni “boshlang!” degan buyruqni beradi. Harakat davomida sanab boradi va qo’llar yuqoriga, oldinga engashing, to’g’rilaning, nafas oling kabi metodik ko’rsatmalardan foydalaniladi. O’qituvchi mashqni korsatish bilan birga uni qanday bajarish lozimligini tushuntiradi, murakkab joylariga diqqat bilan e’tibor berishni ta’kidlaydi. So’ngra, tushuntira borib o’rgatishni qo’llaniladigan buyruqlar orqali dastlabki holatni “egallang” yoki mashqni “bajaring” , yo “tugallang” buyruqlarini beradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatishga “dastlabki holatni egallang” buyrug’idan so’ng, mashqni bajarish uchun buyruqlar beradi. Masalan: “cho’qqayib tayaning – bir!”, “tayanib yoting – ikki!”, “qo’llarni buking – uch!” va hokazo. Har bir holatni bajarganda noaniqliklarni tuzatadi, metodik ko’rsatma beradi. Mashqlar oson va murakkabligiga qarab, ba’zida qismlarga ajratib bajaradi, so’ng mashq yaxlit, lekin past su’ratda va keyin borib odatdagidek su’ratda bajarish taklif etiladi. Bajardi: Mamatkarimova Gulzodaxon Inomjon qizi. Qo’qon universiteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi, 1-bosqich talabasi. Download 17.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling