13
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot
va
kompyuter
texnologiyalari,
internet tizimi, raqamli va keng
formotli telekommunikatsiyalarning
zamonaviy usullarini o’zlashtirish,
bugungi
taraqqiyot
darajasini
belgilab beradigan bunday ilg’or
yutuqlar nafaqat maktab, litsey va
kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki
har qaysi oila hayotiga keng kirib
borishi uchun zamin tug’dirishining
ahamiyatini chuqur anglab olishimiz
lozim.
Islom Karimov
KIRISH
Sizning diqqatingizga taklif etilayotgan ushbu darslik tibbiyot oliy o’quv
yurtlarining talabalariga mo’ljallangangan bo’lib, talabalarning texnik oliy ta'lim
muassasalari bakalavriat yo’nalishlarining o’quv rejalarida mavjud “Tibbiyot
Informatika” fani mazmuni bilan to’la ravishda tanish, degan umidda tuzilgan, aks
holda “Informatika” fanining asosiy qismini yana bir bor takrorlashni talab etadi.
“Tibbiyot Informatika” fanlari (ko’rslari)ning
uzluksiz, bir biri bilan mantiqiy
bog’langan bo’lishi kerak, degan fikr paydo bo’lganligiga ko’p vaqt bo’ldi. Lekin,
afsuski, shu vaqtgacha “Informatika” fanlarini
maktabdan boshlab uzluksiz
o’qitish konsepsiyasi ishlab chiqilmaganligi achinarlidir.
Hozirgi kunga kelib ta'limda “Informatika” fanlarini uzluksiz o’qitish ga barcha
sharoitlar mavjud deb hisoblaymiz, ularning asosiylari quyidagilar: