130-сонли +арори
Download 17.86 Kb.
|
130-карор лотин
“IJTIMOIY-MA`NAVIY MUHITNI YАNADA SOG`LOMLASHTIRISH VA DINIY AQIDAPARSTLIKNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI TO`G`RISIDA”GI 130-SONLI QARORI Mamlakatimiz ahli, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, ahloqiy salohiyatni yuksaltirish ulardа yurt istiqboliga sadoqat milliy-ma`naviy va umumbashariy qadriyatlarga xurmat tuyg`ularini kuchaytirish, jamiyatimizda diniy aqidaparastlikni xar qanday ko`rinishlarini oldini olish, o`lkamizda ijtimoiy madaniy va siyosiy muhitni yanada sog`lomlashtirish, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi Qaror qiladi: 1. Respublika mutasaddi davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan huquqiy demokratik davlat asoslarini mustaxkamlash ijtimoiy manaviy muxitni yanada yaxshilash diniy aqidaparastlikni oldini olish bo`yicha tadbirlar dasturi 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dasturdagi tadbirlarni muvofiqlashtirgan va amalga oshirishni tashkil etish uchun 2- ilovaga muvofiq komissiya tuzilsin. 2. Tadbirlar dasturini ijro etish uchun hokimiyat va boshqaruvni tegishli idoralari xududiy tuzilmalariga yuborilsin. Dasturdagi vazifalarni belgilangan muddatlarda so`zsiz bajarilishini ta'minlash tegishli Respublika tashkilot va muassasalarni birinchi raxbarlari xamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyat xamda Toshkent shaxri xokimlari zimmasiga yuklatilsin. Xokimiyat va boshqaruvning davlat summalari, tashkilotlar dasturida ko`zda tutilgan vazifalarini aniq va bajarilishini ta'minlash maqsadida o`z tadbirlar rejasini ishlab chiqishni belgilaб qo`yilsin. 3. Madaniyat ishlari Vazirligi, oliy va o`rta ta'lim vazirligi, davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi Xotin - qizlar qo`mitasi, ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi, "Kamolot", "Mahala", jamg`armalari va aloqador tashkilotlar dasturida berilgan tadbirlarni amalga oshirish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, tegishli xokimliklar bilan ijro etsinlar. 4. Davlat matbuot qo`mitasi "O`zteleradio" kompaniyasi Respublika ommaviy axborot vositalari dasturdagi xalqimiz qalbiga yod bo`lgan diniy ekstremizm xurofiy qarashlardan xalos bo`lishgа qaratilgan, diniy va dunyoviy bilimlar nisbatini oqilona belgilashga yo`naltirilgan tadbirlar axamiyati, mamlakatimizda din va vijdon erkinligi borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlarni moxiyatini ta'sirchan shakllarda targ`ib etishni ta'minlasinlar. 5. Moliya vazirligi J.Sayfiddinov dasturida ko`zga tutilgan tadbirlarni moliyaviy jixatdan ta'minlash masalalarini xal etsin. 6. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish Prezidentining davlat maslahatchisi Alimov zimmasiga yuklatilsin. Vazirlar Mahkamasining raisi: I.Karimov Toshkent shahri 1998 yil 26 mart Download 17.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling