14-§. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo Reja


O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari


Download 74.87 Kb.
bet6/6
Sana07.01.2023
Hajmi74.87 Kb.
#1081857
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari. Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston o‘zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg‘og‘ida qolib ketmasligi zarur.
Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?

  • Elektron tijoratning rivojlanishi O‘zbekiston mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

  • O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo‘lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

  • Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o‘z aksini topadi.
Elektron raqamli imzo 
Elektron raqamli imzo – bu berilgan hujjatning rekviziti hisoblanadi va uning asosiy vazifasi berilgan elektron hujjatni qalbakisidan himoya qilishdir. ERI an’anaviy imzodan farkli ravishda jismoniy emas mantikiy tabiatga ega. Ya’ni ERI bu simvollar yoki kodlarning ketma-ketligi bo‘lib, hujjatni egasini ERI egasi bilan bevosita bog‘laydi. 
Elektron hujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va hujjatning o‘zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan elektron hujjatda o‘zgarishlarning yo‘qligini aniqlash muammosi paydo bo‘ladi. Elektron hujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo‘lgan jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi: 
- faol ushlab qolish - tarmoqka ulangan buzg‘unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab koladi va o‘zgartiradi. 
- maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi
- renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo‘lsada, yubormaganman deydi; 
-almashtirshi - abonent V hujjatni o‘zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi va uni abonent A dan olganman deydi
-takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S takrorlaydi. 
Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat to‘zilmalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar etkazishi mumkin. Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi. 
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo‘yicha oddiy kulsema imzoga o‘xshash bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega: 
- imzo cheqilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi; 
- bu shaxsga imzo cheqilgan matnga bog‘liq majburiyatlaridan tonish imkoniyatini bermaydi
- imzo cheqilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi. 
Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo‘shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo‘lmagan sonidir. Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlarning xatto birining o‘zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini 
tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh-funksiyalari yordamida amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo tizimining qo‘llanishida bir-biriga imzo cheqilgan elektron hujjatlarni jo‘natuvchi abonent tarmog‘ining mavjudligi faraz qilinadi. 
Har bir abonent uchun juft - maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi. 
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi. 
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi: 
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi; 
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi. 
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar junatuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo‘natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi. 

Nazorat savollari:


  1. Elеktron tijorat tushunchasi nimalarni ifoda etadi?

  2. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi ninada?

  3. Elеktron pullar tushunchasini qanday izohlaysiz?

  4. Qanday elеktron pul birliklarini bilasiz?

  5. Intеrnеt to‘lov tizimlari orqali qanday harakatlar amalga oshiriladi?

  6. “Elektron tijorat” termini qanday texnologiyalarni o‘z ichiga oladi?

  7. Elektron raqamli imzo nima?

Download 74.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling