14- ma’ruza 14-Mavzu. Suyuqlikning kichik teshikdan oqib chiqishi. Suyuqlikni kichik quvurchadan oqib chiqishi. Kichik quvurchalarning turlari va texnikada qo’llanish sohalari


Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdagi oqib chiqishi


Download 183,35 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi183,35 Kb.
#1031881
1   2   3
Bog'liq
13-maruza (2) (1)

14.3. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdagi oqib chiqishi

O`zgaruvchan bosimda oqish yoki idishlarning teshikdan yoki naychadan oqish hisobiga bo`shashi masalasini ko`ramiz. Idishning tubida teshik yoki naycha bo`lib, undan suyuqlikning oqish hisobiga bosim kamayib boradi. Natijada oqish tezligi ham kamayib boradi. Shuning uchun bu masala beqaror harakatga misol bo`­ladi. Lekin bosim ham, tezlik ham vaqt davomida sekin o`zgargani uchun hara­ka­tni qisqa vaqt oraliqlarda barqaror harakatdek ko`rish mumkin. Bu holda masalani yechish uchun Bernulli tenglamasidan foydalansak bo`ladi.


Idishdagi suyuqlikning o`zgaruvchan balandligini H, shu balandlikdagi suyuqlik kesimi yuzini S, teshikning yuzini S0 bilan belglaymiz (14.5-rasm). Kichik vaqt oralig`i dt davomida idishdagi suvning sathi (teshikdan oqish hisobiga) dH ga o`zgaradi. Bu vaqt ichida oqib ketgan suyuqlik miqdori idishdagi suyuqlikning kamay­ishi Qdt ga teng bo’ladi, ya'ni.
(14.12)
Bu yerda manfiy ishora idishdagi suyuqlikning kamayganini bildiradi. Ko`rila­yot­gan vaqt oraliqida (yuqorida aytilganidek) Bernulli tenglamasidan foydalanish mumkin bo`lgani uchun sarf (14.10) formula bilan hisoblanadi. U holda (14.12) formula quyi­da­gicha yoziladi:
.
oxirgi tenglikdan ko`rinadiki,
(14.13)
Agar sarf koeffisiyenti m ni idish bo`shashi davomida o`zgarmaydi desak, u holda idishning bo`shash vaqti quyidagicha hisoblanadi:
(14.14)
Vaqt davomida suyuqlik sirti yoki idish kesimi yuzi S ning sathi H ning o`zga­rishi­ga qarab qanday o`zgarishi S = (H) ma'lum bo`lsa, u holda (14.13) tenglikning o`ng tomonidan integralini hisoblash mumkin. Prizmatik idishlar uchun S = sonst ekanligini nazarda tutib idishning ixtiyoriy sathi suyuqlikdan bo`shash vaqtini hisoblaymiz
Yoki (14.15)
Idishdagi suyuqlikning dastlabki sathini Hd desak, dastlabki hajm Vd = SHd bo`ladi. U holda idishning dastlabki sathi Hd suyuqlikdan bo`shash vaqti bilan quyidagicha bog`lanadi.
Bu formuladan ko`rinadiki, o`zgaruvchan bosimda idishning bo`shash vaqti shu bo`shagancha hajmli suyuqlikning o`zgarmas Hd bosimda oqib ketishi uchun ketgan vaqtga qaraganda ikki baravar ko`p ekan. Bunday masalalar benzin baklarning bo`shab borishini hisoblashda kerak bo`ladi. Masalan, (14.14) tenglama­dan suyuqlik sathining H1 dan H2 gacha o`zgarishi uchun ketgan vaqtni quyidagi­cha hisoblash mumkin.
(14.16)


14.5- rasm. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdan oqib chiqishiga oid chizma.

Shuningdek, o`hshash yopiq idishlarning kichik diametrli teshiklardan oqishi hiso­bi­ga bo`shashi masalasini ham ko`rish mumkin. Suyuqlikning bosimi ko`p idish­dan bosimi ko`p idishdan bosimi kam idishga o`tishi masalasini ham xuddi shunday ko`rish mumkin.



Nazorat savollari:



  1. Suyuqliklarni yupqa devorli kichik teshikdan oqishini tushuntiring.

  2. Suyuqlikni teshikdan oqib chiqishda nazariy va amaliy tezlik va sarflarni topish formulalarini keltiring.

  3. Torayish, tezlik va sarf koeffitsientlari haqida tushuncha bering va ular qanday aniqlanadi?

  4. Suyukliqni naychalardan oqishini tushuntiring.

  5. Naychalarni qaysi turlarini bilasiz?

  6. Konussimon kengayuvchi naychani ishlashini tushuntiring.

  7. Konussimon torayuvchi naychani va uni qo‘llanishini tushuntiring.

  8. Konoidal naycha haqida tushuncha bering.

  9. Konuslik burchagining qiymati tezlik va sarflanish koeffisiyentlariga qanday ta’sir ko’rsatadi?

10. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdan oqib chiqishi nima bilan tavsflanadi va idishning bo’shatilish vaqti qanday topiladi?
Download 183,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling