14 – Ma’ruza: Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
14 - Mavzu. Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
14 – Ma’ruza: Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar. Reja: 1) Devorlarda uchraydigan shikastlanish.Deformatsiya turlari bo’yicha yemirilishni aniqlash. 2) Orayopmalar, ularda uchraydigan shikastlanish. Deformatsiya turlari bo’yicha yemirilishni aniqlash.
tadbirlari, texnik holat, elementlarni kuchaytirish, diafragmalar, fibrobeton, foydalanish davri, texnik ekspluatatsiya, devor panellarida uchraydigan nuqsonlar, deffektlarni bartaraf etish tadbirlari, deformatsiya turlar, yemirilish.
Ekspluatatsiya qilish uchun odatda binolarning tiklanish narxiga nisbatan 25 - 55% miqdorda mablag’ sarflashadi. Ekspluatatsiyalashning taqribiy narxi maxsus grafiklar va yiriklashtirilgan narxnomalar asosida aniqlanadi. Bunda 1m 2 yashash maydoni, 1m 2 ishchi maydon yoki 1m 3 bino hajmi asos qilib olinadi.
Ekspluatatsiya loyihasi ishlab chiqilgandan so’ng unga asosan smeta hisoblari bajariladi va ishlar majmuasining aniq narxi hisoblab topiladi. Bunda bino - inshootlarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, kapital ta’mirlash uchun maxsus ishlab chiqilgan yagona me’yorlar va narxlar, maxsus narxnomalardan foydalaniladi. Ekspluatatsiya qilish ishlari ularning xarakteriga ko’ra turli manbaalardan moliyalashtiriladi. Ishlarning smeta narxi shartnomaviy narxlar asosida belgilanadi. Bunda ishlab-chiqarishni rivojlantirish fondi, rezerv fanlar va markazlashgan fondlar hisobidan mablag’lar ajratiladi. Bundan tashqari, ajratilgan mablag’lar yetarli bo’lmasa, bank kreditlaridan foydalaniladi.
Ekspluatatsiya qilish variantida ishlarning narxi yangi qurilishga nisbatan sezilarli darajada kam bo’lar ekan. SHu sababli, mavjud barcha nuqson va kamchiliklarga qaramasdan, binoni ekspluatatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bino-inshootlarning asoslari gruntlarini kuchaytirishning asosiy mohiyati ularni sun’iy yo’l bilan mustahkamlash orqali yuk ko’tarish qobiliyatini oshirishdan iborat bo’ladi. Buning uchun qurilish amaliyotida silikatlash va elektrosilikatlash, termik kuydirish, yangi poydevorlar ostiga qum – shag’al yostiqlar yotqizish usullari qo’llaniladi. Asos gruntlarini silikatlash uchun poydevorlar tagligining ostiga diametri 19- 38 mmli in’ektorlar – po’lat quvurlar tushiriladi va ular orqali 0,3-0,6 MPa bosim ostida qorishma singdiriladi. Tasmasimon poydevorlar ostiga in’ektorlar har ikki tomondan tushiriladi, poydevor tagligining eni katta bo’lgan hollarda in’ektorlar qiya holatda joylashtiriladi. Elektrosilikatlashda mustahkamlanuvchi gruntga doimiy elektr toki yuboriladi, natijada gruntga singdiriluvchi qorishmaning siljishini tezlashtirib, miqdorini 20% gacha oshirishga imkon beradi. Termik usul lyossimon cho’kuvchan gruntlarni mustahkamlashda qo’llanilib, unda issiqqa chidamli quvurlar orqali gruntga 600-800 0 S gacha qizdirilgan havo oqimi yuboriladi. Bino - inshootlarning poydevorlarini kuchaytirishda tsementlashtirish, beton va temirbeton gardishlar tiklash, tagligini kengaytirish, ustunqoziqlar vositasida kuchaytirish kabi usullar qo’llaniladi. Tosh - g’isht terimidan tashkil topgan poydevorlarni tsementlashtirib kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda poydevor tanasida diametri 25 mmli teshiklar ochilib, ular orqali 1:1 (tsement-suv) tarkibli tsementli qorishma 0,3 – 0,5 MPa bosim ostida singdiriladi. TSementlashtirish imkoni yo’q bo’lgan hollarda poydevor beton va temirbeton gardishlar tiklab kuchaytiriladi. Bunda beton gardishning minimalь eni 15 smdan kam bo’lmasligi kerak. Temirbeton gardishlar bir tomonlama yoki har ikki tomondan tiklanishi mumkin. Ularning minimalь eni 10 sm bo’lib, bir–biri bilan diametri 20 mm li ankerlar bilan bog’lanadi. Poydevorlarni tagligining enini kattalashtirib kuchaytirishda bir yoki ikki tomonlama tiklanuvchi banketlar hosil qilinadi. Banketning eni quyida 30 smdan, yuqorida 20 smdan kam bo’lmasligi kerak. Bu usulda kuchaytirishda turli kashaklar, rafaqlar, yuklarni taqsimlovchi to’sinlar sifatida prokat profilli po’latlar ham ishlatiladi. Poydevorlarning kuchaytiriluvchi va kuchaytiruvchi qismlarining yuk ko’tarish qobiliyati hisoblar natijasida va talablar asosida armaturalanadi. Mavjud poydevorlardan past sathlardagi gruntning yaxlitligi buziluvchi hollarda, hamda bino – inshootlarning vaqt davomida intensiv ravishda ortib boruvchi deformatsiyalarini to’xtatish uchun yangi poydevorlar tiklash usuli qo’llaniladi. Hozirgi paytda mavjud poydevorlar ostiga ustunqoziqli poydevorlar hosil qilib ularni o’tqazish usullari ham amalga oshirilmoqda. Foydalanilayotgan bino-inshootlarning shikastlangan poydevorlarini kuchaytirish ishlarini bajarishda ularning konstruktsiyalarini yer osti suvlari ta’siridan himoyalashga ham alohida ahamiyat berilishi zarur. Bu maqsadda samarali gidroizolyatsiyalash ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Pardevorlarni almashtirishda ko’plab zamonaviy konstruktsiyalar va detallar qo’llaniladi. Ichki konstruktsiyalar to’liq almashtiriladigan hollarda minorali kran mavjud bo’lsa panalli gipsobeton pardevorlar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Binolarning o’lchamlari turlicha bo’lganligi sababli, ko’p hollarda plita va bloklar ko’rinishidagi pardevorlar qo’llanilishi qulaydir.
1-rasm. Gruntni ximiyaviy in’ektsiya usulida mustahkamlashning hisobiy sxemasi: a – yakka yurish usulida; b – yaxlit massiv ko’rinishida.
2-rasm. Lentasimon poydevorlar asosini silikatlashtirish sxemasi: 1-in’ektor; 2-poydevor; 3 - mustahkamlangan soha.
Ayrim hollarda yog’och sinchli pardevorlar qo’llaniladi. Bunda 50mm qalinlikdagi taxtalardan sinch tiklanadi, ularning orasida meneral paxta yoki plitasimon to’ldirgich joylashtiriladi, qoplama sifatida quruq suvoq yoki asbestotsement listlardan foydalaniladi. Ekspluatatsiya qilinadigan binolarda yirik blokli sanitariya kabinalari, ventilyatsiya kanallari, gazoxodlar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Oshxonalar va sanitariya xonalari ekspluatatsiyadan oldingi joylarida joylashtiriladigan hollarda kapital devorlarda mavjud bo’lgan kanallardan foydalanish imkoniyatlari tekshirib ko’rilishi zarur. Bunday kanallarning joylashishi devorlarning yoyma chizmalarida hamda o’lchov chizmalarida ko’rsatilishi kerak.
Eshik bloklari va deraza romlari komplekt holda almashtiriladi. Eshik va derazalar zamonaviy standartlar va tipovoy yechimlar asosida almashtiriladi. Eshik va derazalar o’rniga qarab ularning o’lchamlari, tuzilishi va konstruktsiyalari aniqlanadi. Ayrim hollarda eshik va derazalar o’lchamlari kattalashtiriladi, bir necha deraza va eshiklar o’rni birlashtirilishi ham mumkin. Havfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, latlari va shikastlanishlari borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Hozirda mavjud usullar yordamida bino va inshootlarning ekspluatatsiyasini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor.
3-rasm. Lentasimon poydevorlarni quyma banketlar yordamida kuchaytirish: a – quyma beton bilan bir tomonlama kengaytirish; b, v – ikki tomonlama kengaytirish; g – xuddi shunday, asosni qum – tsementli ustunqoziqlar bilan kuchaytirgan holda; d – bikr temirbeton banketalar bilan kengaytirish; ye – moyil temirbeton banketalar bilan kengaytirish; 1 – kashak; 2- yuksizlantiruvchi to’sinlar; 3 – щebenь to’shama; 4 – ankerlar; 5 – to’sinlar tayanchlari; 6 – balandlik bo’yicha har 25 smda qo’yiluvchi robita – qoziqlar; 7 – qum-tsementli robitalar; 8 – tsementli qorishmada qotirish.
Quyida konstruktiv elementlarni kuchaytirishning keng tarqalgan usul va yo’llari keltirilgan. Metall konstruktsiyalarni kuchaytirishda po’lat, beton, temirbeton, shu jumladan fibrobeton, vaqtincha kuchaytirish uchun esa yog’och qo’llaniladi. Po’lat konstruktsiyalar quyidagicha kuchaytiriladi: qo’shimcha konstruktsiya va elementlar kiritish yo’li bilan; qo’shimcha robitalar qo’yish yo’li bilan – qobirg’alar, diafragmalar, tortqilar va xovonlar ko’rinishidagi; elementlarning ko’ndalang kesim yuzasini ochirish orqali; birikish tugunlarini kuchaytirish vositasida; fazoviy bikrligini ochirish natijasida. Bundan tashqari, “maxsus tadbirlar” turkumiga kiruvchi quyidagi usullar ham qo’llanilishi mumkin: hisobga olinmagan mustahkamlik zahiralarini aniqlash, konstruktsiya va elementlarga ta’sir etuvchi yuklarning qiymati va qo’yilish sxemasini o’zgartirish va sh.k. Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishda quyidagi usullar keng tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun – temirbeton gardish (xalqa) tiklash yo’li bilan; torkret betonlash usuli – devorlar va b. Konstruktsiyalar uchun; konstruktsiya kesimini oshirish yo’li bilan; metall tortqilar va qoplamalar vositasida; qo’shimcha armatura sinchlari va to’rlarini o’rnatish va betonlash orqali. Tosh – g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil qilish, yangi g’ishtin qoplama tiklash, temirbeton qoplama yordamida kuchaytirish, po’lat gardishlar, kamarlar va tortqilar vositasida kuchaytirish kabi usullar keng qo’llaniladi.
Nuqsonli konstruktsiyalarni kuchaytirishda qo’llaniluvchi materiallarga oshirilgan talablar qo’yiladi, ular QMQ va standartlarda belgilangan ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur. Konstruktsiyalarni kuchaytirish ishlari texnik tekshirish ishlari natijasida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanomalar, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni bajarish tartiblari, sxemalari va yechimlari asosida bajarilishi kerak. Tugallangan ishlar me’yorlarda belgilangan tartibda qabul qilinadi va ularga maxsus dalolatnoma rasmiylashtiriladi. O’tkazilgan texnik tekshirish ishlari, ularning natijalarini tahlil qilish, konstruktsiyalarda hosil bo’luvchi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, konstruktiv elementlarning haqiqiy ishini o’rganish, ularning texnik holatini baholash bo’yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hosil bo’lgan yorilish, deformatsiyalar, latlar, shikastlanish va buzilishlarni ishonchli tarzda bartaraf etish usullarini takomillashtirish va sifat jihatidan mutlaqo yangi, ishonchli va bajarilishi oddiy bo’lgan usul va yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini berdi. Quyida bino - inshootlarning asosiy yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalarini kuchaytirishning ishlab chiqilib taklif etilgan, qisman qurilish amaliyotiga joriy etilgan yechim va usullarining bayoni keltirilgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tosh-g’isht konstruktsiyalarda turli ko’rinishlardagi nuqsonlar vujudga kelishi mumkin; bulardan eng ko’p uchraydiganlari vertikalь va qiya yoriqlar hosil bo’lishi, vertikaldan og’ishi, nurashi va yemirilishi hisoblanadi. Tosh-g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda ana shu kabi latlar va shikastlanishlarning asorati butunlay bartaraf etilishi zarur. Bajariladigan konstruktiv kuchaytirish tadbirlarida ushbu holat to’liq e’tiborga olinishi talab etiladi. Tosh-g’isht ustunlar va oradevorlarni po’lat va temirbeton gardishlar tiklab kuchaytirish keng qo’llaniluvchi usul bo’lib, bunda elementning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Po’lat gardishlar vositasida kuchaytirish burchak profillar va listli po’latlardan tayyorlanuvchi biriktirish plankalari va tsementli qorishma yordamida bajariladi. Po’lat elementlarni korroziyadan himoyalash uchun M50-M100 markali qorishma bilan metall to’r ustidan 2-3 sm qalinlikda suvoq qilinadi. Kuchaytirish uchun tokchasining o’lchamlari 50-75 mmli burchak profillar, xomutlar sifatida kesimining o’lchamlari 40x5 - 60x12 mmli plankalar yoki Ø12-28 mmli armatura sterjenlari qo’llaniladi. Kuchchaytiruvchi gardish terimni qisishi uchun kuchlantiriluvchi xomutlar ko’zda tutiladi. Temirbeton gardishlar sinfi V12,5dan kichik bo’lmagan beton, Ø10-16 mmli vertikalь sterjenlar va Ø6-10 mm li xomutlar ishlatiladi. Xomutlar orasidagi masofa 15 sm dan ortiq bo’lmasligi, betonning sinfi g’ishtning markasidan kichik bo’lmasligi zarur. Temirbeton gardishning qalinligi 4 - 12 sm ni tashkil etadi. Betonlashtirish qolipda amalga oshiriladi. Tosh-g’isht konstruktsiyalar armaturalangan suvoqlar bilan
ham kuchaytiriladi. Bunda 2-4 sm qalinlikdagi suvoq qatlami bir necha martada M75 - M200 markali qorishmadan qo’lda, qorishma nasosi yordamida yoki torkretlash usulida bajariladi. Mahalliy latlarda shikastlangan joyning o’zini kuchaytirish ham mumkin; bunda po’lat xomutlar o’rnatilib, g’isht terimi tsementli qorishma yordamida in’ektsiyalab kuchaytiriladi. Devor va poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyati qoplama terim tiklash va armaturalangan - temirbeton qoplamalar yordamida kuchaytiriladi. Qoplamalar terimning faqat bir tomonidan yoki har ikkala tomonidan tiklanishi mumkin. Temirbeton qoplamalar 4-12 sm qalinlikda sinfi V7,5 - V15 bo’lgan beton va Ø4- 12 mmli simlardan tayyorlanuvchi po’lat to’rlardan bajariladi Qurilish amaliyotidan ma’lum bo’lishicha, bino-inshootlarni rekonstruktsiya qilishdagi eng murakkab masalalardan biri - yig’ma temirbeton elementlarda hosil bo’luvchi shikastlanishlar va buzilishlarni bartaraf etish va yo’qotishdir; shunga qaramasdan, bu masala amalda eng ko’p duch kelinadigan muammolardan bo’lib, konkret tarzda hal etilishini talab etadi. Hozirgi kunda ushbu muammoni hal etish bo’yicha birmuncha tajribalar to’plangan bo’lib, ular asosiy turlardagi yig’ma temirbeton konstruktsiyalarni qamrab oladi. Qurilish amaliyotining ko’rsatishicha, quyma temirbetondan tiklanuvchi konstruktsiyalarda betonlashtirish ishlari tugallangandan keyingi dastlabki 3-7 kun davomida zaruriy parvarishlar ishlari olib borilmasligi oqibatida betonda kirishish yoriqlarining hosil bo’lishi, mustahkamlikning keskin pasayishi yuz beradi, natijada konstruktsiyalarning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi, ularning sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi. Foydalanish davrida ham quruq issiq iqlim binolarning konstruktiv elementlariga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatadi ushbu holat tekshirishlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bevosita quyosh radiatsiyasi ostida ishlatiluvchi konstruktiv elementlarda - tom konstruktsiyalari, devor panellari, oshiq inshootlar qismlarining muddatidan oldin yorilish, yemirilish va buzilish hollari amalda ko’p qayd etilgan. Zilzilalar oqibatida bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalari turli darajadagi shikastlanishlarga uchraydi, ularda yoriqlar hosil bo’ladi, deformatsiyalarining ortishi kuzatiladi.
Qurilish joyining sharoitlari bino va inshootlarning, ularning konstruktiv elementlarining foydalanish davridagi asosiy ko’rsatkichlariga hal etuvchi ta’sir ko’rsatadi, yuzaga
keluvchi shikastlanishlar, buzilishlar, yoriqlar va deformatsiyalarning xarakterini belgilaydi va miqyosiga ta’sir ko’rsatadi. SHu sababli, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishda, kuchaytirish usullarini ishlab chiqishda ushbu holat aniq hisobga olinishi talab etiladi.
Yirik o’lchamli elementlarni qo’llab orayopmalarni almashtirish sxemalari 6.5 - rasmda keltirilgan.
6.5- rasm. Yirik o’lchamli konstruktsiyalarni qo’llab orayopmalarni almashtirish sxemasi: a-to’sinlarni qoldirib yoki yangi metall to’sinlar bo’yicha to’shamalarni o’rnatish; b- to’shamalarni burchak tayanchlarga o’rnatish; v-xuddi shunday, ichki panel devorlarga o’rnatish; 1-metall to’sin ustidagi №10 burchak; 2-devorga o’rnatilgan №10 burchak; 3-metall qistirma; 4-devor paneli; 5-pol.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalashda quyma temirbeton alohida o’rin egallaydi. Bunda aksariyat hollarda tashqi ta’sirlardan himoyalangan joylarda ishlar olib boriladi, bu esa quyma temirbetonni qo’llash uchun juda qulay hisoblanadi. Kapital ta’mirlash, rekonstruktsiya qilishda quyma temirbeton qo’llanilishi mexnat sarfi, vaqt sarfi va narxi bo’yicha o’zini to’liq oqlaydi.
1) Ekspluatatsiya loyihasi ishlab chiqilgandan so’ng qanday ishlar amalga oshiriladi?
2) Bino va inshootlarning asoslari gruntlarini kuchaytirishning asosiy mohiyati nimada?
3) Termik usulda qanday ishlar amalga oshiriladi? 4) Konstruktiv elementlarni kuchaytirishning qanday usullari mavjud?
5) Orayopmalarni deffektli qismlari qanday kuchaytiriladi? 6) Orayopma konstruktsiyalarini kuchaytirishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling