T A R J I M A Y I H O L
Men, Sobirov Nodirbek Nozimjon o‘g‘li, 1993-yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam –Nozimjon Raxmatovoch Sobirov, viloyat yo‘l qurilishi boshqarmasining bosh muhandisi, Onam –Nasiba Sodiqo‘vna Nomozova, 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar.
2000-2001-yilarda Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman.
9-sinfni tugatib, 2001-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‘qishga kirdim. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdim. 2014-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston jahon tillar universitetining “Xorijiy jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha davlat budjeti asosida magistraruraga qabul qilindim. 2016-yili magistrlik diplomiga ega bo‘ldim. Shu yildan boshlab O‘zAda muxbir lavozimida ishlayapman.
Uylanganman. Turmush o‘rtog‘im – Sobirova Laylo, 1997-yilda tug‘ilgan. Buxoro tibbiyot institutining 2-kurs talabasi.
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.
2018-yil 21-may (imzo) N. Sobirov.
|