14-amaliy ish Mavzu: gsm protokolining tahlili Ishdan maqsad
Download 0.54 Mb.
|
14-amaliy ish Mavzu: GSM protokolining tahlili Ishdan maqsad: GSM protokolini tahlil qilishda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish. Nazariy qism GSM (Global System for Mobile Communications) standarti European Telecommunications Standards Institute (ETSI) tashkiloti tomonidan raqamli mobil telefonlarning ikkinchi avlodi (second-generation (2G)) uchun ishlab chiqilgan protokol. 2014 yilga kelib ushbu standart, mobil aloqa uchun eng koʼp foydalanilgan global standart sanalib, butun dunyo bozorida 90 % ulushni tashkil etib, 219 ta davlat boʼylab xizmat koʼrsatmoqda. 2G texnologiyasi 1G analog texnologiyaning oʼzgarishidan kelib chiqqan boʼlib, hozirda uchunchi avlod (3G) UMTS standarti, toʼrtinchi avlod (4G) LTE Advanced standarti va beshinchi avlod (5G) New Radio ham amalda foydalanilmoqda. GSM arxitekturasi quyida rasmda keltirilgan. 14.1-rasm. GSM arxitekturasi GSM standartida quyidagi uchta xavfsizlik algoritmlari foydalanilgan: A3- autentifikatsiyalash algoritmi; А8 – kalit generatori algoritmi; А5/1 – maʼlumotni shifrlash algoritmi. GSM standartida foydalanuvchi dastlab identifikatsiyadan, autentifikatsiyadan oʼtkaziladi va soʼngra unga xizmat koʼrsatiladi. Foydalanuvchi SIM kartaga ega boʼlish jarayonida mobil tarmoq operatori (HLR) ham ushbu sim kartadagi maʼlumotlarni, Ki, IMSI raqami va hakozolarni oʼzida koʼchirib oladi va oʼzida saqlaydi. Ushbu parametrlar asosida autentifikatsiya va maxfiylik taʼminlanadi. GSM texnologiyasi yordamida ma’lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati mavjud: SMS (Short Message Service) qisqa habarlarni uzatish xizmati; GSM (Global System Mobile Telecommunication )- tovush ma’lumotlarini uzatish xizmati; GPRS (General Packet Radio Service) ma’lumotlarni paket ko‘rinishida uzatish xizmati. SMS xizmati mobil telefon foydalanuvchilari uchun ancha mashhurdir. Ma’lumotlar oddiy qisqa xabar ko‘rinishida uzatiladi. Bu xizmatning asosiy afzalligi shundaki, undan foydalanish juda qulay, narxi yetarlicha arzon, xabarlar osonlik bilan yetkaziladi. Kamchiligi sifatida xabarlarni tezda o‘z manziliga yetkaza olmaslik va xabarlar tarkibidagi belgilarning kamligi (maksimum 160 ta) ni ko‘rsatish mumkin. Bu kamchiliklar natijasida obyektlardagi hisoblagichlardan doimiy ravishda ma’lumotlarni kontsentratsiya qilish imkoni yo‘qqa chiqariladi. SMS xizmatini kunda bir marta hisoblagichlardan ma’lumotlarni o‘lishda qo‘llash samaralidir. Mazkur xizmat biz qarab chiqayotgan tizimda favqulodda obyektlarda nosozliklar yuzaga kelganda tashvishli xabarlarni uzatishda ishlatiladi. GSM tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatishning optimal varianti GPRS (General Packet Radio Service) texnologiyasining qo‘llanilishidir. Bu texnologiyaning asosiy xususiyati shundaki, abonentlar doimiy ravishda tarmoqqa virtual aloqa kanali orqali ulanishi mumkin. Abonentga ma’lumotlar paketini uzatish vaqtida real radiokanal taqdim etiladi, qolgan vaqt tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarning paketlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, abonent xuddi CSD va HSCSD rejimidagi kabi fizik kanalni doimiy band qilmaydi va buning natijasida butun aloqa qilsh vaqti uchun emas, balki faqat trafik uchun haq to‘lanadi. Natijada ma’lumotni har bir baytini uzatish narxi kamayadi. Shuning uchun GPRS texnologiyasi tizimni uzluksiz va kvazi uzluksiz monitoring qilish uchun optimal yo‘l hisoblanadi. GPRS texnologiyasi yordamida ma’lumotlarni almashish tezligining maksimal imkoniyati nazariy jihatdan 170 Kbit/s gacha bo‘lishi mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling