14-amaliy ish mavzu: Visual C++ muxitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari. Foydalanuvchi interfeysini loyihalash usullarini oʼrganish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 0.58 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1640056
Bog'liq
14-amaliyot , Dasturlash II


14-AMALIY ISH
Mavzu: Visual C++ muxitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari.Foydalanuvchi interfeysini loyihalash usullarini oʼrganish.
Ishni bajarishdan maqsad: Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilida Openfiledialog, SaveFileDialog, Printdialog va Colordialog komponentalarining xossa va hodisalari bilan tanishish.
Nazariy qism:
OpenFileDialog komponentasi
OpenFileDialog komponentasi Windows muhitida fayllarni ochish uchun xizmat qiladi. Ushbu komponentaning Showdialog() metodi ushbu amalni bajaradi. Agar MultiSelect xossasiga true qiymatni o’zlashitiradigan bo’lsak u holda guruxlab ochish amali bajariladi.
Filter xossasi fayllarni filtrlash uchun xizmat qiladi. Filter xossasi yordamida faqatgina kerakli fayllarni izlashimizda samarali foydalanishimiz mumkin.
OpenFileDialogni Form oynasiga joylashtirmoqchi bo’lsak ushbu oynaning tagida maxsus joy ochiladi va komponenta shu joyga o’rnashadi (ImageList Timer va boshqa komponentalar kabi)
Agar fayllarni papkalar bilan birgalikda ochish kerak bo’lsa u holda FolderBrowserDialog klasidan foydalanish kerak.
OpenFileDialog komponentasining ishlashiga bir misol keltirib o’tamiz.
Yaratiladigan dastur faqat matn formatidagi fayllarni ko’rishi va ochish tugmasini bosgan vaqtda Richtextbox komponentasiga ochib berishi kerak bo’ladi.

Dasturning kodini Ochish tugmasiga buyruq sifatida yoziladi. Dastur kodi quyidagicha
OpenFileDialog^ dig= gcnew OpenFileDialog();
dig->Filter = "txt files (*.txt)|*.txt|doc files (*.doc)|*.doc,*.docx|All files (*.*)|*.*";
if (dig->ShowDialog() == System::Windows::Forms::DialogResult::OK)
{
richTextBox1->Text = IO::File::ReadAllText(dig->FileName);

}
Agar ochmoqchi bo’lgan fayl rasm fayl bo’lsa u holda, Richtextbox komponentasi o’rniga Picturebox komponentasidan foydalanamiz:



OpenFileDialog^ dig= gcnew OpenFileDialog();
dig->Filter = "image files|*.jpg";
if (dig->ShowDialog() == System::Windows::Forms::DialogResult::OK)
{
pictureBox1->BackgroundImage = Image::FromFile(dig->FileName);

}
SaveFileDialog komponentasi


SaveFileDialog komponentasi fayllarni saqlash uchun xizmat qiladi va ushbu komponenta All Windows Forms komponentalar panelida joylashgan.
SaveFileDialogning barcha xossalari OpenFileDialogning xossalari bilan deyarli bir xil va OverwritePrompt xossasi bilan ajralib turadi. Agarda ushbu xossa true qiymat qabul qilsa u holda bu oyna qanday saqlash dialog oynasini chaqiradi, ya’ni bitta faylni boshqa nom ostida saqlash.
SaveFileDialog komponentasiga bir misol:
Matnni saqlash uchun bizga richtextbox button komponentalari kerak bo’ladi.

Fayl nomini yozib, saqlash tugmasi bosilsa, ushbu fayl ko’rsatilgan joyga saqlanadi. Agarda fayl nomiga 1 yozilsa Faylning formati 1.txt ko’rinishida saqlanadi.
Dastur kodi quyidagicha:
private: System::Void button1_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e) {
SaveFileDialog ^saveFileDialog1 = gcnew SaveFileDialog();

saveFileDialog1->Filter = "Text Files|*.txt" ;


saveFileDialog1->FilterIndex = 2 ;
saveFileDialog1->RestoreDirectory = true ;
if(saveFileDialog1->ShowDialog() == System::Windows::Forms::DialogResult::OK)
{
IO::File::WriteAllText(saveFileDialog1->FileName,richTextBox1->Text);
}
}
ColorDialog Komponentasi
Colordialog oynasi All Windows Forms komponentalar panelida joylashgan.
ColorDialog komponentasi rang tanlash uchun dialog oyna ochib beradi. Buning uchun unda Showdialog metodidan foydalanamiz.
ColorDialogdan shriftni rangini o’zgartirishdan foydalanish dasturini ko’rib chiqamiz:
Buning uchun button tugmasidan foydalanib, richtextbox komponentasining rangini o’zgartiramiz.



Dasturning kodi:
private: System::Void button2_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e) {
colorDialog1->ShowDialog();
richTextBox1->ForeColor=colorDialog1->Color;
}
Printdialog komponentasi
PrintDialog komponentasi Printing komponentalar palitrasida joylashgan. Ushbu komponenta yordamida printerni sozlash oynasini chiqarishimiz mumkin.

Dasturning kodi quyidagicha:
private: System::Void button1_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e) {
this->printDialog1->ShowDialog();
}
Topshiriq :
Muloqot oynalari bilan ishlovchi ilova yaratish
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling