14-amaliy mashg’ulot. Adobe Photoshopda fotokollajlar tayyorlash va maxsus effektlar yaratish
Mashg’ulotning maqsadi: Photoshopda belgilash va tasvir qismlarini nusxalash uskunalari bilan ishlashni amalga oshirish. Talabalar bilan o’tgan mashgulotlarda o’tilganlarni takrorlash va yangi dars uchun kerak bo’ladigan asosiy uskunalar bilan batafsil tanishish.
Belgilash uskunalari:
– to’g’rito’rtburchakli shakl;
– doiraviy shakl;
– lasso;
– ko’pburchakli lasso;
– magnitli lasso.
– belgilangan tasvir qismini harakatlantirish.
Topshiriq: “Gulli gilam” fotokollajini yaratish (kollaj – boshqa tasvir bo’laklaridan qurilgan yaxlit tasvir).
Topshiriqni bajarish algoritmi:
900х900 px o’lchamdagi yangi oq rangda sahifa yaratish.
Navbat bilan gullarning rasmi saqlangan fayllarni yuklash (1 – 18 rasmlar).
Gullarni vositalar yordamida belgilash.
Navbat bilan yangi sahifaga ko’chirish.
vositasi yordamida rasmlarni bo’sh joy qoldirmasdan butun sahifani to’ldirish (1-3-rasmlardagi kabi).
Rasmlarni alohida fayl sifatida saqlab oling.
Fotokollajlarga misollar:
1-rasm. To’g’rito’rtburchakli belgilash yordamida bajarilgan fotokollaj.
2-rasm. Doiraviy belgilash yordamida bajarilgan fotokollaj.
3-rasm. Lasso belgilash yordamida bajarilgan fotokollaj.
Uyga topshiriq. Yuqorida keltirilgan topshiriqlarni berilgan ketma-ketlik asosida Adobe Photoshop dasturida hosil qiling va natijani fayl sifatida saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |