14-amaliy mashg’ulot. E’lon


Download 16.09 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.09 Kb.
#1619418
Bog'liq
14~4


14-amaliy mashg’ulot. E’LON
Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan talabalarning bilimi va tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, oʻzlarining noyob iste’dodlarini roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili oʻtkaziladigan talabalar respublika fan olimpiadasining 1-bos­qichi boʻlib oʻtadi. Oʻz bilimiga ishongan talabalardan 2018-yil 5-aprel sanasi soat 14:00 da 307-auditoriyada yig‘ilishini soʻraymiz.
Termiz davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti


E’lon
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari oʻrtasida “Husnixatimiz husnimiz” koʻrik tanlovi oʻtkaziladi. Bunda har bir guruh talabalarining faol ishtirok etishi soʻraladi. Tanlov gʻolibi esdalik sovgʻasiga ega boʻladi.
Tanlov 9-fevral sanasida soat 14:00 da 301-auditoriyada oʻtkaziladi.
Tashkilotchi: oʻzbek tilshunosligi kafedrasi

Ba’zi (asosan, yig‘ilishga oid) e’lonlarda kun tartibi quyidagi tarzda beriladi:


Topshiriq
1. E’lon nima maqsadda yoziladi?
2. E’lonning zaruriy qismlarini yodda saqlang.
1-mashq. Quyidagi soʻz va soʻz birikmalarining ma’nolarini aniqlang va daftaringizga koʻchiring.
Majlislar zali, e’lon, yig‘ilish, kasaba uyushmasi, ma’muriyat, tashkiliy qoʻmita, tadbir, anjuman, hisobot-saylov yig‘ilishi, tadbir nomi, tadbir mavzusi, tak­lif etiladi, qatnashishi soʻraladi, guruh faollari, jamoat tashkilotlari.


2-mashq. Quyidagi sanoq sonlardan tartib sonlar yasang. Ularni soʻz bilan yozing.
20, 10, 15, 8, 75, 95, 84, 81, 74


3-mashq. Quyida berilgan soʻz birikmalarining ma’nolarini aniqlang, ular ishtirokida gaplar tuzib, nutqingizda qoʻllang, yodingizda saqlang.
E’lon qilmoq, e’londa oʻqimoq, e’londan bilmoq, e’londa koʻrsatmoq, taklif etilmoq, qatnashishi soʻraladi.


4-mashq. Namunadagidek toʻldiring.
Namuna: Anjuman 20-fevralda boʻladi.

………………oʻtkaziladi.
………………tashkil etiladi.
………………e’lon qilinadi.


5-mashq. E’lon tarkibida ishtirok etadigan ifodalarni quyidagi tartibda davom ettiring.
Yig‘ilish 10-sentyabr soat 15.00 da boʻladi.


6-mashq. Berilgan soʻz birikmasi bilan gap tuzing va daftaringizga yozing.
Qachon?_______________yig‘ilish boʻladi.
Qaerda?______________
Kimlar?__________
Nimaga?__________taklif etiladi.
Qayerga?___________


7-mashq. Qavs ichida berilgan soʻzlarni kerakli kelishiklarda qoʻllab, gap­larni koʻchiring.
1. 20 (may) yig‘ilish boʻladi. 2. (Yig‘ilish) taklif etiladi. 3. (Muzey) borish uyushtiriladi. 4. (Majlislar zali) oʻtkaziladi. 5. (Talabalar) qatnashishi soʻraladi.


8-mashq. Quyidagi e’lon matnini oʻqing. Ishga kimlar taklif etilmoqda. Bu mutaxassislar nima bilan shug‘ullanishini bilasizmi?


E’lon
“Quruvchi” xususiy korxonasi quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
a) g‘isht teruvchi, muhandis, suvoqchi, boʻyoqchi, usta, quruvchi, me’mor, iqtisodchi, hisobchi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Navoiy koʻchasi, 17-uy.
b) Oliy oʻquv yurtini tugatgach, siz ishlaydigan xoʻjalik yoki muassasa tarmog‘iga qanday mutaxassislar kerak, shu mavzuda e’lon namunasi tayyorlang.


9-mashq. Quyidagi otlar (harakat nomi)ga mos fe`llar tanlab, gap tuzing va yozing.
Suhbat, anjuman, muhokama, axborot, hisobot, tadbir, talabalar, uchrashuv, yig‘ilish.
10-mashq. Kasaba uyushmasi tashkiloti, “Fidoyilar klubi” nomidan e’lon namunalari tayyorlang. Bu e’lonlar uchun qanday kun tartibi boʻlishini koʻrsating.
Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling