14-amaliy mashg‘ulot sip signalizatsiyani o‘rganish va sip protokoli bo‘yicha ulanishni tashkil etish


Download 60.51 Kb.
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1760856
1   2   3   4   5
Bog'liq
14.-Amaliy mashg`ulot MATdocx

14.5. Nazariy qism


SIP protokoli so‘rovlari

“Mijoz-server” arxitekturasiga muvofiq barcha xabarlar mijozdan serverga uzatiladigan so‘rovlarga va serverdan mijozga uzatiladigan javoblarga bo‘linadi.


SIP protokolining hozirgi versiyasida oltita turlardagi so‘rovlar aniqlangan. Ulardan har biri etarlicha keng doiradagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bu SIP protokolining yaqqol avzalligi hisoblanadi, chunki shu tufayli terminallar va serverlar almashadigan xabarlar soni minimumga keltirilgan. So‘rovlar yordamida mijoz joriy joylashish o‘rni haqida xabar qiladi, foydalanuvchilarni aloqa seanslarida qatnashishga taklif qiladi, o‘rnatilgan seanslarni modifikatsiyalaydi, ularni yakunlaydi va h.k.. Server boshlang‘ich satrda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha qabul qilingan so‘rovning turini aniqlaydi.
INVITE so‘rovi foydalanuvchini aloqa seansida qatnashishga talif qiladi. INVITE turdagi so‘rovga javobda Chaqiruvchi foydalanuvchi qabul qiladigan ma’lumot turi ko‘rsatiladi va bundan tashqari, chaqiriluvchi foydalanuvchi uzatishga urinayotgan ma’lumot turi (ma’lumotlarni uzatish bo‘lishi mumkin parametrlari) ko‘rsatilishi mumkin.
ASK so‘rovi INVITE so‘roviga javobni qabul qilinishini tasdiqlaydi. ASK xabarida Chaqiruvchi foydalanuvchi uzatadigan aloqa seansining yakuniy tasifiga ega bo‘lishi mumkin.
CANCEL so‘rovi oldingi uzatilgan so‘rovlarni qayta ishlashni, o‘sha CANCEL so‘rovidagi Call-ID, To, From va Cseq maydonlar qiymatlari bilan bekor qiladi, lekin qayta ishlash tugagan so‘rovlarga ta’sir qilmaydi.
BYE so‘rovi orqali Chaqiruvchi va chaqiriluvchi foydalanuvchi qurilmasi bog‘lanishni yakunlaydi. BYE so‘rovini olgan tomon nutq (multimediali) ma’lumotni uzatilishini to‘xtatishi va uni bajarilishini 200 OK javob bilan tasdiqlashi kerak.
REGISTER turdagi so‘rov yordamida foydalanuvchi o‘z joriy joylashish o‘rnini xabar qiladi:

  • To maydoni serverda saqlash yoki o‘zgartirish kerak bo‘lgan manzilli ma’lumotlarga ega bo‘ladi;

  • From maydoni ro‘yxatga olish initsiatorining manziliga ega bo‘ladi. Foydalanuvchini uning o‘zi yoki boshqa shaxs ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin, masalan, kotiba o‘z boshlig‘ini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin;

  • Contact maydoni barcha keyingi INVITE so‘rovlari uzatilishi kerak bo‘lgan foydalanuvchining yangi manziliga ega bo‘ladi. Agar REGISTER so‘rovida Contact maydoni mavjud bo‘lmasa, u holda ro‘yxatdan o‘tkazish oldingidek qoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilingan hollarda bu erda «*» simvoli joylashtiriladi;

  • Expires maydonida sekundlarda vaqt ko‘rsatiladi, bu vaqt davomida ro‘xatdan o‘tkazish amalda bo‘ladi. Agar bu maydon mavjud bo‘lmasa, u holda yashirish bo‘yicha vaqt 1 soat o‘rnatiladi, bundan keyin ro‘xatdan o‘tkazish bekor qilinadi. Ro‘xatdan o‘tkazishni (0) qiymat tayinlangan Expires maydonli va mos Contact maydonli REGISTER xabarini uzatilishi bilan bekor qilish mumkin.

OPTIONS so‘rovi orqali chaqiruvchi foydalanuvchi chaqiriladigan foydalanuvchining terminal qurilmasining funksional imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni so‘raydi. Bu so‘rovga javobda chaqiriladigan foydalanuvchining terminal qurilmasi talab qilinadigan ma’lumotlarni xabar qiladi. OPTIONS so‘rovining qo‘llanilishi bog‘lanish o‘rnatilguncha qurilmaning funksional imkoniyatlari haqida bilish zarurligi bilan cheklangan. Bog‘lanishni o‘rnatilishi uchun bu turdagi so‘rov ishlatilmaydi.



Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling