14-Amaliy mashg’ulot
Download 1.6 Mb.
|
1 2
Bog'liq14-amaliy mashg\'ulot
14-Amaliy mashg’ulot. Mavzu. Ribosomalarning tuzilishi va funksiyasi Ishdan maqsad: ribosomaning tuzilishini o’rganish Kerakli jihozlar: kompyuter texnologiyasi, proektor, plakatlar va slaydlar Ishning mazmuni: Prokariot hujayralarda ribosomalar gialoplazmada, eukariotlarda gialoplazma, endoplazmatik to’r va yadro membranalarida uchraydi. Mitoxondriya va plastidalarda o’zining xususiy ribosomalari bo’lib ular prokariotlar ribosomalariga o’xshash. Prokariot hujayralarda ularning soni 10 minggacha bo’lsa eukariotlarda bir necha marta ko’proq. . Ribosomalar diametri 15-25 nm, dumaloq, zuvola shaklidagi, ya’ni katta va kichik subbirliklardan tashkil topadi. Ribosomalar sitoplazmada erkin holatda yoki donador endoplazmatik to’rning membranalarida, shuningdek mitoxondriya va plastidalarning matriksida joylashadi, hamda 5-70 donagachasi informatsion RNK larni biriktirib poliribosomalarni hosil qiladi. Ribosomalarning 40% tarkibini, RNK va 60% oqsil strukturalari tashkil etadi. Oqsil sintez qiluvchi, elementar apparat sifatida barcha tirik hujayralarda mavjud bo’lib, faqat uning o’lchami prokariot va eukariotlarda farq qiladi. Ribosomalar – bu murakkab, ribonukleoproteidlar bo’lib, barcha holatlarda ham uning tarkibida, teng miqdorda oqsil va RNK molekulalari ishtirok etadi. Ishlayotgan ribosomalar ikkita teng miqdorda bo’lmagan subbirlikdan birikkan holatda bo’lib, magniy tuzining konsentratsiya eritmasida, juda engil, ajralib ketadi. Ribosomalarda translyatsiya jarayonida, har xil ribosomaga ikkita triplet kodon joylashgan bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan, ikkita antikodonga mos keladi, va aminokislotalarni bog’laydi. Ribosoma hujayradagi har qanday oqsilni sintez qilish xususiyatiga ega. Ular hujayralarda bir xil o’xshash strukturaga ega va oqsil sintezi funksiyasini bajaradi. Shuning uchun ham hujayra organoidi hisoblanadi. Albatta boshqa organoidlardan faeqlangan holda ular hujayra sikli davomida juda ko’p miqdorda bo’ladi. Ribosomalar–bu murallab nukleoproteid, tarkibiga o’ziga xos oqsil molekulalari va RNK molekulalaridan tashkil topgan qismlardan iborat. Prokariot va eukariotlarda ribosomalar, o’zining o’lchami va molekulyar xususiyati bilan farq qilsada, tashkil topish va funksional xususiyatlari umumiy tamoyillarda amalga oshadi. Hozirgi vaqtda rengenostruktur analiz metodi yordamida, ribosomaning strukturasi to’liq o’rganilgan. To’liq faoliyat bilan ishlayotgan, ribosoma ikki ya’ni katta va kichik subbirlikdan tashkil topgan bo’ladi. Ribosomalarning katta va kichik bo’laklarining o’lchamlari “S” koeffisent birligi sifatida qabul qilingan. S – S vedberg iborasining bosh harfi asosida qabul qilingan. Prokariotlarda ribosomaning umumiy o’lchami 70 S bo’lib, tarqalganda ikkita subbirlik 50 S va 30 S o’lchamlarda bo’ladi. 70 S o’lchamli ribosomalar prokariotlardan tashqari, mitoxondriya va plastidalarda ham uchraydi. Eukariotlarda ribosomalarning to’liq o’lchamli 80 S bo’lib, ular katta va kichik subbirliklarga tarqalganda (dissotsiyalanganda) 60 S va 40 S o’lchamlarda bo’ladi. Har xil organizmlar hujayralaridagi ribosomalarning umumiy shakllari o’xshash bo’lib, o’ziga xos bo’laklari farqlanib turadi. Ribosomalarning kichik subbirlik tayoqchasimon shaklda bo’lib, uning uzunligi 23 nm ga, eni esa 12 nm ga yaqin o’lchamda bo’ladi. Katta subbirlik yarim sfera shaklda bo’lib, biroz bo’rtib turadi. Kichik subbirlik tarkibida bittadan RNK molekulasi, katta subbirliklarda esa bir nechta, ya’ni prokariotlarnikida ikkitadan, eukariotlarnikida esa uchtadan RNK molekulalari mavjud bo’ladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling