14-maruza Aloqa tizimi va tarmoqlarida sifat ko’rsatkichlari va ularni baholash usullari Aloqa tizimlari va tarmoqlari sifat ko’rsatkichlari. Reja
Download 83.23 Kb.
|
14 Aloqa tizimi va tarmoqlarida sifat ko’rsatkichlari va ularni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.1. Bir zvenoli kommutatsiya blokini tushunchasi
- 21.2. Ikki zvenoli kommutatsiya tizimi
- 21.4. Zvenoli sxemalarini xisoblash uslublari
- Nazorat savollari
14-maruza Aloqa tizimi va tarmoqlarida sifat ko’rsatkichlari va ularni baholash usullari Aloqa tizimlari va tarmoqlari sifat ko’rsatkichlari. Reja 1. Bir zvenoli kommutatsiya blokini tushunchasi 2. Ikki zvenoli kommutatsiya tizimi 4. Zvenoli sxemalarini xisoblash uslublari 21.1. Bir zvenoli kommutatsiya blokini tushunchasi Eng oddiy kommutatsion tizimlarga bir yoki ikki zvenoli KBlar misol qilish mumkin. Bunday KBlar kirish va chiqish liniyalarini har bir kirishi, har bir ixtiyoriy chiqishga ulana olishi yoki ulana olmasligi uchun ulardagi kommutatsiya no’qtalari kommutatsion tizimnimng asosiy tavsifini belgilab beradi. 21.1-rasmda bir zvenoli KB keltirilgan bo’lib uning parametr Cq n x m ga teng. Rasm.21.1. Bir zvenoli KB B ir zvenoli sxemalarning chiqishlarini bir guruhga birlashtirish mumkin va yo’nalishlar xosil qilinadi. Agar bir zvenoli sxemada shart bajarilsa bunday sxema blokirovkasiz, teskari shart bajarilsa blokirovkali sxema deb hisoblanadi. Odatda kommutatsiya tizimlari sxemalari zvenoli usulda qurilganligi uchun kommutatsiya tizimlarini optimizatsiyalash va taxlillashda ularni ikki zvenoli deb hisoblaymiz. Chunki zamonaviy kommutatsiya tizimlarida ikki xil fazoviy va vaqtli kommutatorli sxemalar yordamida qurilgan. Fazoviy kommutator real kommutatsiya matritsasiga asoslangan elektron klyuchlardan, vaqtli kommutator esa vaqtli multipleksirlangan va demultipleksirlangan kirish va chiqish kanallaridan tashkil topgan. 21.2. Ikki zvenoli kommutatsiya tizimi Ikki zvenoli sxemada kirish va chiqishni bog’lash uchun orliq liniya va ikki nuqtali kommutatsiya qilish usuli amalga oshiriladi, bunday oraliq liniya (OL) va chiqish nuqtasidan iborat bo’lgan ikkita zvenoga ega bo’ladi. Har bir bog’lovchi yo’l sxemada oraliq linyalarning tartiblangan to’plami bilan berilishi mumkin. Agar bog’lovchi yo’lni tashkil etuvchi barcha oraliq linyalar va chiqish bo’sh bo’lsa, unda bu yo’l ham bo’sh bo’ladi. Agar, hech bo’lmasa, oraliq liniyalardan biri yoki chiqish band bo’lsa, u holda bog’lovchi yo’l ham band hisoblanganligi uchun hozirgi kunga kelib zvenoli sxemalarda yo’qotishlar extimolligini aniqlash metodlari mavjud emasligi sababli taqribiy hisoblash usullari: Kombinator,effetiv imkoniylik va graflar uslublari ishlatiladi. 21.2.-rasm. Ko’p zvenoli kommutatorning umumiy kurinishi Rasm.21.2. Ikki zvenoli kommutatsiya tizimi 21.2-rasmda keltirilgan ikki zvenoli kommutatsiya tizimini optimizatsiyalash va taxlillashda YAkobeusning kombinator uslubdan foydalanamiz va u qo’yidagi ifodaga teng: 21.4. Zvenoli sxemalarini xisoblash uslublari 21.2-rasmda keltirilgan bir bog’lanishli ikki zvenoli sxema yordamida ko’rib chiqamiz. Bunda agar chaqiruv birinchi kommutatorning belgilangan kirishiga kelgan deb hisoblasak, va bunda mazkur kommutatorning chiqishlariga ulangan m tadan i ta oraliq liniya band bo’lsa, u holda kirishni talab qilinayotgan yo’nalishlardagi biror bir chiqishiga ulash uchun, faqat qolgan m-i oraliq liniyaladan foydalanish mumkin. Agar talab qilinayotgan yo’nalishdagi shu m-i liniyalarga mos liniyalar ham band bo’lsa, u holda yo’qotishlar yuz beradi. Bu tasdiq 0L≤i≤m oraliqda yotuvchi ixtiyoriy i uchun va ikki holdagi bandlikni qamrab oladi. Barcha oraliq liniyalar (mqi) va yo’nalishdagi barcha chiqishlar (iq0L) kelgan chaqiruv bo’sh chiqishni talab qiladi va bu chiqish qq1 holatda deb faraz qilamiz. Bu yo’nalishdagi yo’qotishlar ehtimolini aniqlash lozim bo’lsa. Wi orqali m umuiy sondagi oraliq liniyalar bandligi extimolligi, deb olamiz Hm-i orqali esa m-i qaydlangan chiqishlarning bandlik extimolligini belgilaymiz. Bu holda yo’qotishlar ehtimolini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: Ushbu formula quyidagi farazlarda o’rinlidir: 1.Wi va Hm-i qiymatlar o’zaro bog’liq emas. 2. Oraliq liniyalar va chiqishlar tasodifiy holda band etilgan. Kombinatorli metod quyidagi taqsimotlardan foydalanishni ko’zda tutadi: Erlang taqsimoti; Bernulli taqsimoti. Kombinatorli metod uchun Erlang taqsimotidan foydalanilganda bog’lamga tushayotgan Y-erl yuklama jadalligida m- bog’lamdan ixtiyoriy i-ta oraliq liniyalarning band bo’lish ehtimoli quyidagi formuladan hisoblanadi: Hamda u orqali m –bog’lamdagi qurilmalardan m-i qaydlangan oraliq liniyalar qurilmalarining band bo’lish ehtimolini topish mumkin: Bu yerda -i-qurilmalardan iborat bog’lamda Y- (erl) yuklama jadalligida tuliq imkonli sxemadagi m - bog’lanishli qurilmalardagi yo’qotishlarni topishda quyidagi ifodadan foydalanamiz: Nazorat savollari 1. Bir zvenoli kommutatsiya bloki nima? 2. Ikki zvenoli kommutatsiya tizimi tushunchasini bering 3. Kanday ssxemalar ikki zvenoli sxemalar deyiladi? 4. Kup zvenoli ssssxemalarni parametrlari ? 5. Imkoniylik deb nimaga aytamiz? 6. Yunalish nimani bildiradi? 7. Ikki zvenoli sxemalarda yukotishlar? 8. Ikki zvenoli sxemalarning uutkazuvchaligini oshirish ussluuublari? 9. Erlang va Bernulli taksimotini tushuntirib berin. 10. Wi va Hm-i nimani ifodalaydi? Download 83.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling