14-ma’ruza Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash. C++da grafik holatida ishlash uchun maxsus graphics h


Download 3.67 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi3.67 Kb.
#1099540
Bog'liq
14-ma’ruza Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’lla-fayllar.org


14-ma’ruza Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash

14-ma’ruza
Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo’llash.

C++da grafik holatida ishlash uchun maxsus graphics.h fayli mavjud. Bu direktiva o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va turli qism dasturlardan tashkil topgan bo’lib, ular yordamida turli grafik adapterlar bilan xar xil tasvirlar chizish mumkin.


Grafik holatiga o’tilganda ekran aloxida-aloxida nuqtalarga bo’linadi.
Grafik holatidan yana matn holatiga o’tish kerak bo’lsa, closegraph( ) funksiyasi ishlatiladi.
Matn holatidan grafik holatiga o’tish uchun maxsus protseduradan foydalaniladi: initgraph (&gd, &gm, “ path “);
bu yerda:
gd - drayver nomi;
gm - rejim nomi;
Path - kerakli drayver faylining yo’li. Ko’pincha gd=0 deb olinadi.
Tasvirlarni chizish uchun mo’ljallangan protsedura va funktsiyalar
putpixel (x, y, color) - x va y koordinatadagi nuqtani color rangda chizish;
getpixel (x, y) - x va y koordinatadagi nuqtaning rangini aniqlaydi;
line (x1, y1, x2, y2) - x1 va y1 koordinatadagi nuqtadan x2 va y2 koordinatadagi nuqtagacha kesma chizish;
circle (x, y, r) - markazi x va y koordinatada va radiusi R bo’lgan aylana chizish;
rectangle (x1, y1, x2, y2) - yuqori chap nuqtasi x1 va y1 koordinatada, o’ng pastki nuqtasi x2 va y2 koordinatada bo’lgan to’g’rito’rtburchakni chizish;
lineto (x, y) - joriy nuqtadan x va y koordinatali nuqtagacha kesma chizish;
setbkcolor (color) - orqa fonga rang berish;
setcolor (color) - chizish rangini o’rnatish (rangli qalam); Bu yerda color - rang nomeri yoki nomi. Agar rang nomi yoziladigan bo’lsa, uni katta harflarda yoziladi.
setfillstyle (style, color) - bo’yash usul va rangni o’rnatish. Bu yerda style - o’zgarmas kattalik bo’lib, u quyidagicha bo’lishi mumkin:
0 - sohani fon rangi bilan to’ldirish;
1- sohani rang bilan uzluksiz to’ldirish;
2 - qalin gorizontal chiziqlar
3 - ingichka og’ma chiziqlar
4 – yo’g’on og’ma chiziqlar
5 - yo’g’on og’ma chiziqlar (boshqa stil)
6 – og’ma yo’llar
7 – to’rtburchakli chiziqlar
8 – og’ma to’rtburchaklar
9 - zich og’ma shrtixlar
10 - siyrak nuqtalar (u yer - bu yerda)
11 - zich nuqtalar bilan.
floodfill (x, y, color) - joriy rang va usuldan foydalangan holda chegaralangan sohani bo’yash. Bu yerda x va y - shu sohaga tegishli bo’lgan biror nuqta koordinatasi. Avval rang, turi keyin chizmalar ko’rsatiladi. Masalan:
setcolor (4); {qizil rangli qalam, chegara rangi}
setfillstyle (1, 2(color)); {1-tur bilan yashil rang bilan bo’yash}
circle (50, 50, 35); {radusi 35 bo’lgan aylana chizish}
floodfill (50, 50, 4); {aylana ichiga rang bilan to’ldirish, bo’yaladigan chegara rangi rangli qalam bilan bir xil bo’lishi kerak}
Takrorlash uchun savollar

  • C++ tilining grafik imkoniyatlari.

  • Tasvirlarni hosil qiluvchi funktsiyalar.

  • Tasvirlarni harakatlantirish.

  • C++ tilida grafika.

  • Grafik adapterlar haqida.

  • Ekranning fon rangini o’zgaritish.


http://fayllar.org
Download 3.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling