ATM ning virtual kanallari. ATM tarmoqlarida virtual kanallarning ikki turi quvvatlanadi:
doimiy virtual kanal (Permanent Virtual Circuits, PVC – постоянный виртуалный канал);
kommutatsiyalanuvchi virtual kanal (Switched Virtual Circuits, SVC – коммутируемый виртуалный канал), avtomatik amalni ishlatish orqali oxirgi tugunning tashabbusi bilan uni yaratilishi dinamik ravishda amalga oshiriladi.
PVC kanallari xuddi shu turdagi Frame Relay tarmoqlaridagi bilan bir xil, ATM texnologiyasidagi dinamik о‘rnatiladigan SVC kanallarini quvvatlash uchun esa maxsus signalizatsiya protokoli qо‘shildi – bu protokol, uning yordamida tarmoq abonentlari operativ ravishda SVC kanallarini о‘rnatishlari mumkun. Protokollarning bunday turi telefon tarmoqlarida telefon abonentlari о‘rtasida ulanish о‘rnatish uchun ishlatiladi. Signal protokolining ishlashi uchun, ATM tarmog‘ining oxirgi tuguni global yagona 20 razryadli manzilni oldi, aks holda – virtual kanalni о‘rnatishga tashabbuskor bо‘lgan abonent qaysi abonent bilan ulanishni xoxlashini kо‘rsata olmas edi.
ATM tarmoqlarida moslashuvchanlikni ta’minlash uchun virtual kanallarning ikki bosqichi kiritilgan: virtual yо‘l (virtual path) va virtual ulanish (virtual circuit). Virtual yо‘lni virtual kanal belgisining nomerini katta qisimi bilan aniqlanadi, virtual ulanishni esa – kichik qismi bilan aniqlanadi. Har bir virtual yо‘l о‘z tarkibiga shu yо‘l ichidan о‘tadigan 4096 tagacha virtual ulanishlarni oladi. Shu yо‘l ichida joylashgan yо‘l uchun yо‘nalish va ulanishlarni aniqlansa yetarlidir, unga rioya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |