14-ma’ruza Mavzu: Global Tarmoq Texnologiyasi Reja


Vaqt bо‘yicha multipleksirlash


Download 122.18 Kb.
bet4/40
Sana02.01.2022
Hajmi122.18 Kb.
#197157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
14-маъруза КТваТ (1)

Vaqt bо‘yicha multipleksirlash. Vaqt bо‘yicha multipleksirlash (Time Division Multiplexing, TDM- vremennoye multipleksirovaniya) tamyoili shundan iboratki, unda kanalga har bir ulanishga ma’lum vaqt oralig‘ini ajratishdan iborat va kо‘p texnologiyalarda ishlatiladi. Vaqt bо‘yicha multipleksirlashning ikki turi mavjud: asinxron va sinxron.

Asinxron ish tartibli TDM bilan biz tanishmiz – u paketlarni kommutatsiyalash tarmog‘ida ishlatiladi. Har bir paket kanalni oxirgi nuqtalarigacha uzatishga zarur bо‘lgan ma’lum vaqt band qiladi. Turli axborot oqimlari о‘rtasida sinxronlash yо‘q, har bir foydalanuvchi axborot uzatishga zarurat hosil bо‘lgan vaqtda kanalni band qilishga harakat qiladi.

Sinxron ish tartibli TDM (TDM qisqartmasi ishlatilganda ish tartibini aytib о‘tilmasa, u holda har doim TDM sinxron ish tartibili bо‘ladi) kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida о‘z tatbiqini topadilar, ularga PDH tarmoqlari ham kiradi. Bu holda barcha axborot oqimlari kanalga ega bо‘lishini sinxronlash quyidagicha amalga oshiriladi, har bir axborot oqimi davriy ravishda kanalni о‘z ixtiyoriga ma’lum belgilangan oraliqdagi vaqtga oladi.

TDM qurilmalarini sinxronlash qurilmaning ishlash siklida kadrni vaqtdagi holatini boradigan manzili sifatida ishlatishga imkon beradi – shu jihati bilan TDM tarmoqlari paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlaridan farqlanib turadi. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida jо‘natiladigan manzili kadrda aniq kо‘rsatilishi kerak bо‘ladi.

Bu texnologiya asosida T-1 qurilma ishini 14.2-rasm namoyish etadi, unda ikki multipleksordan (M1 va M2) (TDM multipleksorlari multipleksorlash va demultipleksorlash vazifalarini bajarib, bir qurilma sifatida ishlab chiqariladi) va bir kommutatordan S1 (shuningdek u yana kross-konnektor ham deb ataladi) tashkil topgan tarmoqning bir qismi keltirilgan.



TDM tarmoq qurilmalari – multipleksorlar va kommutatorlar – vaqt bо‘yicha taqsimlangan ish tartibida о‘zining ishlash sikli davomida barcha abonent kanallariga navbat bilan xizmat kо‘rsatish orqali ishlaydilar. Ish sikli 125 mks, bu raqamli abonent kanalida о‘lchangan tovushning kelish davriga mos keladi. Demak, multipleksor yoki kommutator har qanday abonent kanaliga о‘z vaqtida xizmat kо‘rsatib va uni navbatdagi о‘lchamini tarmoq bо‘ylab uzatib ulguradi. Har bir ulanishga qurilmaning ishlash sikl vaqtining bir kvanti ajratiladi, uni shuningdek taym-slot ham deb ataladi. Taym-slot davri (davomiyligi) multipleksor yoki kommutator tomonidan xizmat kо‘rsatiladigan abonent kanallari soniga bog‘liq.



Download 122.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling