14-mashg’ulot. Mavzu: Ituzumdoshlar, yalpizdoshlar (labguldoshlar), qoqidoshlar oilalari
Download 0.99 Mb.
|
mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marmarak (Salvia L.) turkumi.
- Marmarak (S. sclarea).
- Kiyikot (Zi/iphora) turkumi.
- Dorivor kiyikot (Z. clinopodiodes).
Qo'ziquloq (Phlomis thapsoides). Ko'p yillik o't, poyalari bir ncchta, tik o'suvchi, sershox, bo'yi 30—50 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, keng tuxumsimon, cho'ziq yoki cho'ziq nashtarsimon, qalin sertuk. Gultoji binafsha qizg'ish rangli. O'zbekistonda asosan soz tuproqli adirlarda tarqalgan. Ayrim joylarda jamoa hosil qilib o'sadi.
Marmarak (Salvia L.) turkumi. Turkum vakillari ko'p yillik o't yoki yarimbutalardan iborat. Kosachasi qo'ng'iroqsimon yoki naysimon. Gultoji ikki labli, ustki labi egilgan yoki o'roqsimon. Changchisi faqat 2 ta. Yong'oqchalari ellipssimon, uch qirrali yoki dumaloq. O'rta Osiyoda 34 turi, O'zbekistonda 14 turi o'sadi. Marmarak (S. sclarea). Poyasi tik, qattiq, to'rt qirrali, oddiy yoki shoxlangan, bo'yi 50—100 sm. Barglari yirik, qarama-qarshi joylashgan, tuxumsimon, asosi yuraksimon, cheti qo'sh kungirali. Gultoji och pushti-binafsha rangli. Adir va tog'larda, dalalarda va bog'larda tarqalgan. Efir moyli va dorivor o'simlik (3.39-rasm). Kiyiko't (Zi/iphora) turkumi. Turkum vakillari bir va ko'p yillik o'tlardan tashkil topgan. Kosachasi ingichka naysimon, 13 tomirli, bo'g'zi tukli. Gultoji 2 labli, ichi tukli, halqasiz. Changchisi 2 ta. Efir moyiga boy, shuning uchun xushbo'y. O'rta Osiyoda 10 ta, O'zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Dorivor kiyiko't (Z. clinopodiodes). Ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi bir nechta, ingichka, scrshox, asosi biroz yog'ochlangan, bo'yi 20— 70 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, nashtarsimon yoki tor nashtarsimon. To'pguli kallaksimon. Gultoji och binafsha rangli. Mevasi silliq yong'oqcha. O'zbekistonda adir va tog' yonbag'irlarda keng tarqalgan. Efir moyli dorivor o'simlik. Ish tartibi. Yasnotka guli lupada tekshiriladi. Gultoji qizil yoki pushti tusli, 2 labli bo‘lib qo‘yi lab orqaga qayrilgan, ustki lab qalpoqsimon joylashgan. Bu qalpoqsimon lab ko‘tarilganda uning ostida (panasida) to‘rtta changchi borligi ko‘rinadi, bulardagi changdonlar juft-juft bo‘lishib birining ustiga biri o‘rnashgan, mana bular orasida tumshuqchasi to‘rtta ajralgan uzun yoysimon urug‘chi ustunchasi joylashadi. Gultoj tikkasiga yorilsa, qo‘yi lab tojbargning bitta katta va ikkita ensiz bigizsimon yon bo‘laklaridan iboratligi ma’lum bo‘ladi, ya’ni quyi lab o‘zaro qo‘shilishib ketgan uchta tojbargdan tashkil topgan. 4 ta changchidan 2 tasi qisqa bo‘lib, ustki lab ichiga birikkan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon, qiyshiq, 5 ta nishtarsimon tishchasi bor, chetlari kiprikchali, sirti oqish, yotiq tuklar bilan qoplangan. Kosacha yorilsa uning ichidagi urug‘chi ko‘rinadi, urug‘chi tumshuqchasi to‘rt bo‘lakli, tugunchasi ustki. Tuguncha belidan ko‘ndalangiga kesilsa, uning to‘rt uyali ekanligi, har uyada bittadan urug‘ kurtak borligi ko‘rinadi. Mevasi teskari tuxumsimon to‘rtta yong‘oqchadan iborat. Yasnotka o‘ti, g‘o‘za, beda, zig‘ir dalalarida, shuningdek bog‘larda, partov erlarda va ariq bo‘ylarida ko‘p o‘sadigan begona o‘simlik. Xulosa. Daftarga yasnotka gulining diagrammasi chizilib, formulasi yoziladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling