14-mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq Reja
Аylanmadan olinadigan soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʼlash tartibi
Download 33.75 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari 1 (2022yil)
3. Аylanmadan olinadigan soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʼlash tartibi
Aylanmadan olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 1-jadval Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari1 (2022yil)
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, soliq solish maqsadlarida, o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha asosiy faoliyat turi savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi. Savdo faoliyati deganda – qayta sotish maqsadida harid qilingan tovarlarni sotish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan, ularni mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; komissioner (ishonchli vakil) tomonidan vositachilik (topshiriq) shartnomalari bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; tayyorlov va ta’minot – sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish; Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, realizatsiya qilish va tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. Umumiy ovqatlanish asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat) hisoblangan yuridik shaxslar Kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‘lovchilari hisoblanadilar. Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinar edi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritilar edi. Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir. Aylanmadan olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin aylanmadan olinadigan soliq summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi. Aylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay; Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo‘yicha Soliq kodeksi 463-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar Soliq kodeksi 350-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qolingan hisobot yili tugaganidan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlaganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda yozma bildirish taqdim etishlari shart. Download 33.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling