14-Mavzu: boshqaruv usullari reja
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari
Download 54 Kb.
|
14-Мавзу
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari bu - ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini, mehnat omillarini o’rganishga asoslangan usullardir.
O’z mohiyatiga ko’ra, boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisoBga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir. Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullar "Ijtimoiy menejment" va "Menejment psixologiyasi"ga asoslanadi. Ijtimoiy menejment insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko’riB chiqadi. Menejment psixologiyasi kishilarning Boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan xodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yishda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va xokazolarda qo’llaniladi. Biz yaxshi bilamizki psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, harakter va mijoz kiradi. Ijtimoiy psixologiya— bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir. Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal qilishga karatilgan: * jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay st – soitlarni yaratish; * namunali an’analarni qo’llab – quvvatlash va milliy urf – odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam berish; * ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, ma’naviy- ma’rifiy o’sish, malaka oshirish; * kishilarning madaniy va ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirish; * sog’lom ijtimoiy – psixologik muhitini vujudga keltirish * ishlab chiqarish samaradarligi va ish sifatini oshirish uchun st – soitlarni vujudga keltirish. Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo’lishini talab qiladi. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling