14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


Buyuk Britaniya XX asrning 70-yillari boshida. E.Xitning “yangi konservatizmi”


Download 381 Kb.
bet11/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

Buyuk Britaniya XX asrning 70-yillari boshida. E.Xitning “yangi konservatizmi”.
Konservatorlar partiyasi muxolifatda bo‘lgan davrida uning mafkuraviy doktrinasi va tashkiliy tuzilishi tubdan o‘zgardi. Bu yo‘nalishdagi birinchi qadam partiya rahbarini saylash huquqi parlamentdagi partiya fraksiyasi deputatlariga berilishi bo‘ldi. Bunday saylovlar ilk bor 1965 yilda bo‘lib o‘tdi. Asosiy kurash uch nomzod o‘rtasida bo‘lib o‘tdi - Edvard Xit, Redjinald Modling va Enok Pauell. Har uchala siyosatchi ham 50-yillarning boshida partiya orasida “Yagona millat” nomli guruhni tuzish bilan tanilgan konservatorlar yangi avlodi vakillari hisoblanar edilar.
1966 yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatga qaramasdan konservatorlar partiyasi asta-sekin o‘z mavqelarini mustahkamlab bordi. 1967 yildan boshlab u hukumat mahalliy organlari va parlamentga qo‘shimcha saylovlarida ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo, partiyaning rahbariyatidagi ahvol tobora keskinlashib borayotgan edi. Keskin to‘qnashuv 1967 yilda ro‘y berdi. Unda “1922 yil qo‘mitasidagi” “orqa kursichilar” “narxlar va daromadlar” siyosatiga qat’iy qarshi chiqishdi. Ammo, Xit, Modling va Makleodlar, aksincha hukumatning bunday siyosatini qo‘llab-quvvatlashdi. Buning natijasida Xit partiya rahbari E.Dyu Kanning lavozimidan chetlashishi va uning o‘rniga o‘zining tarafdori A.Barbar tayinlanishiga erishdi. 1967 yilda “yashirin kabinet” tarkibidan tori “eski gvardiyachilarining” oxirgi vakillari ham chetlashtirildi.
Konservatorlar partiyasining rahbariyatidagi ixtiloflar Xitning shaxsiy obro‘sini ancha tushirib yubordi. 1970 yil yanvar oyida ijtimoiy fikr so‘rovi natijasiga ko‘ra saylovchilarning 44%i Xitni yomon rahbar deb va faqat 31%i yaxshi rahbar deb baholashgan. 1970 yilgi parlament saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng Xit xavfli raqiblarni yo‘qotishga kirishdi. Hukumat tarkibiga Dyu Kann va Pauellar kiritilmadi. R.Modling o‘zining ilgarigi obro‘sini yo‘qotdi. 1972 yilda esa hukumatdan umuman chetlashtirildi. Ya.Makleod moliya vaziri lavozimini egalladi, ammo, bir oydan so‘ng olamdan o‘tdi. Mahkamadagi asosiy mavqelarni Xitning sodiq tarafdorlari egallashdi. Yangi hukumat tarkibida K.Joze va M.Tetcherlar rahbarligida partiya o‘ng qanotining kam sonli vakillari egalladilar. Saylovdagi g‘alabadan ko‘p o‘tmasdan Xit va partiyaning parlamentdagi fraksiyasi o‘rtasida ham yaxshi munosabatlar o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan Xit hukumat siyosati masalalarida parlamentdagi partiya fraksiyasi bilan umuman maslahatlashmay qo‘ydi.
Parlament islohoti davlat boshqaruvi tizimidagi tashkiliy yangilanishlar bilan birga o‘tkazildi. Xitning rahbarlik davrida vazirliklarning tuzilishi yanada oydinlashdi va ularning soni kamaytirildi. Hukumatning moliyaviy sohadagi vakolatlari oshirildi. Hukumat har yili mahalliy hokimiyat organlari moliyaviy holatini taftish (reviziya) qilish va “noto‘g‘ri xarajatlar” uchun kengash a’zolari va boshqa mansabdor shaxslardan jarima undirish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalliy boshqaruv tizimining o‘zi esa 1972 yildagi qonunga muvofiq ancha tartibga solindi. Grafliklar soni qisqartirilib ularning hududlari kattalashtirildi. Mahalliy hokimiyat vakolati barcha darajalarda kengaytirilgan va unifikatsiyalashtirilgan (bir shaklga keltirish) edi. 1972 yildagi qonunga muvofiq mahalliy ijrochi hokimiyat rahbarlari vazifasini o‘tab kelgan kengashlar rahbarlarining vakolatlari biroz kengaytirilgan edi.
Davlat boshqaruvining islohoti Angliya hamda Uelsga taalluqli bo‘ldi. Qiyinchilik, o‘ziga xos ma’muriy tuzilishga ega bo‘lgan Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada yuzaga keldi. Oldingi leyboristik hukumatdan farqli o‘laroq Xit bu mintaqalarning o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi berilishini xohlamadi. Shotlandiyada ma’muriy islohotlarni o‘tkazish ishi to‘xtatilgan edi. 1972 yildan boshlab Shimoliy Irlandiyada Londonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishi joriy qilingan edi. Mahalliy hukumat barcha vakolatlardan mahrum qilindi. Shimoliy Irlandiyaning siyosiy muhtoriyati rasman bekor qilinmagan bo‘lsa-da, uning hududida favqulodda qonunchilik amal qila boshladi. Uning mazmunini 1973 yildagi “Shimoliy Irlandiya to‘g‘risidagi” va 1974 yildagi “Terrorizmning oldini olish to‘g‘risidagi” qonunlar tashkil qildi. Favqulodda qonunchilikning terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan faoliyati butun Birlashgan qirollik hududiga yoyildi.
Kat’iy choralarning ko‘rilishi Olster muammosini hal qilolmadi. Shimoliy Irlandiyadagi Britaniya harbiy qismlari ozchilikni tashkil etgan katoliklar tomonidan bosqinchilar armiyasi sifatida qabul qilindi va terroristik harakatlar nishoniga aylandi. Ijtimoiy kayfiyatni keskin o‘zgartirgan hodisa 30 dekabr 1972 yilda bo‘lib o‘tgan “qonli yakshanba” bo‘ldi. Unda ingliz qo‘shinlari qo‘zg‘algan katoliklarga qarata o‘t ochdi va Londonderrida 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldilar. Bunga javoban g‘azablangan olomon Dublindagi Britaniya elchixonasiga bostirib kirib uni butunlay yoqib yubordi. Shundan keyin Irlandiya respublikasi armiyasi (IRA) sulh tuzishdan qat’iyan bosh tortdi va amalda ingliz hukumatiga qarshi terroristik urushni boshladi. Faqat 1972-1975 yillarda Shimoliy Irlandiyada 475 kishi o‘ldirildi. Keskinlikni bartaraf etish maqsadida Britaniya hukumati mamlakat tarixida ilk bor referendum o‘tkazishga qaror qildi.
1973 yil 8 martda Shimoliy Irlandiya fuqarolariga Olsterning Birlashgan qirollik tarkibidan chiqib Irlandiya Respublikasiga qo‘shilishiga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoni berildi. Ammo, referendumning siyosiy samarasi nihoyatda past bo‘ldi. Ko‘pchilikni tashkil etgan protestantlar ajralishga qarshi chiqdi, ozchilik bo‘lgan katoliklar esa referendumga boykot e’lon qildi.
Buyuk Britaniya va Irlandiya hukumatlari Olster muammosini yechish uchun so‘nggi marta 1973 yilning dekabrida urinib ko‘rishdi. Muzokara Sanningdeyl shartnomasini tuzish bilan yakunlandi. Unda Irlandiya Respublikasi va Shimoliy Irlandiyaning vazirlari va parlamentlaridan iborat davlatlararo maslahat organi - Irlandiya Kengashi tuzildi. Ammo, bu shartnomaning ratifikatsiyasi protestant ekstremistlarning chiqishi tufayli puchga chiqdi.
M.Tetcher rahbarligida ta’lim sohasida islohot o‘tkazildi. Ta’lim muassasalariga ta’lim jarayoni mazmunini tanlash va uning shakllarini belgilash bo‘yicha to‘la erkinlik berildi. Tetcher o‘quvchilarning talabalari, qobiliyati va imkoniyatiga asoslangan eng differensial (individuallashgan) ta’lim modelini joriy qilmoqchi edi. Uning fikricha, xususiy ta’lim muassasalari davlat maktablarini butunlay siqib chiqara olmaydi, ammo, ular ta’lim tizimining elitor (nufuzli) qismi bo‘lib kelishi kerak. Davlat maktablariga kelsak, ularni ta’minlash uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari keskin kamaytirildi. Oliy maktablarda ham bu xarajatlar kamaytirildi, ammo, bu talabalar sonining keskin pasayishiga olib keldi. Konservatorlar ta’lim sohasini kommersiallashtirishga (tijoratlashtirishga) o‘tkazish haqida ochiqchasiga gaptrmasalarda, biroq, amalda bunga to‘la sharoit yaratib berildi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish (erkinlashtirish) bo‘yicha Xit hukumati soliqqa tortish tizimini isloh qilish choralarini ko‘rib chiqdi. To‘g‘ri soliqlarni kamaytirish va egri soliqlarni oshirish iqtisodiyotning “real sektori”ni rag‘batlantirishi, sanoat ishlab chiqarishiga qo‘yilgan sarmoyalar rentabelligini (samaradorligini) oshirish kerak edi. Har bir funt sterlingdan daromad solig‘i miqdorini 6 pensdan kamaytirish samarali natija berdi. Bu so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta amalga oshirildi. Aholining eng kam ta’minlangan qatlami (deyarli 10 million kishi) daromad solig‘idan umuman ozod qilingan edi. Yirik korporatsiyalarning olayotgan foydasiga solinadigan soliqlar hajmi ancha kamaytirildi. Kompaniyalarni alohida daromadlariga qarab soliqqa tortish tizimi yagona soliq stavkasi bilan almashtirildi. Bu esa eng samarali va raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilarga afzallik berdi. Dastlabki sarmoya qo‘yuvchilar uchun soliq imtiyozlari oshirildi.
To‘g‘ri, sarmoya qo‘yishlar dinamikasining o‘sishi ishonchsizligicha qolaverdi. 1970 yilda ichki investitsiyalar oldingi yilgi ko‘rsatkichdan 2,5% ko‘p edi, ammo 1971 yilda biroz orqaga chekinish ro‘y berdi. 1972 yilda esa sarmoya qo‘yishlar 1%ga oshdi. Bunday vaziyatda hukumat yirik investitsion dasturlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi, bu esa sanoatga sarmoya qo‘yishda davlat hissasini 50% (1964 yilda-45%)gacha oshirishni talab qilardi. Bu 1973 yildayoq ishlab chiqarish 7% ga o‘sishini ta’minladi. Ammo, shu bilan bir vaqtda davlat qarzlari ham oshib ketdi.
Britaniya iqtisodiyotiga 70-yillar boshida ro‘y bergan xalqaro valyuta tizimini tubdan o‘zgartirish ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon moliyaviy bozorining liberallashuvi Yevropa valyuta hududiga dollarning bosimini yanada kuchaytirdi. Barqaror bo‘lmagan Britaniya moliya bozori turli chayqovchilik hujumlari uchun qulay bo‘lib qoldi. Bu esa inflyatsiyaning yana o‘sishiga sabab bo‘ldi. 1972 yil iyulida muomalaga kiritilgan funt sterlingning “erkin suzishi”dan so‘ng, uning kursi tez pasayib keta boshladi. 1972 yil noyabrda Xit hukumati o‘z iqtisodiy strategiyasini tubdan o‘zgartirishi va “inflyatsiyaga qarshi siyosat”ning yangi bosqichga o‘tishini ma’lum qildi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatning faollashuvidan tashqari, hukumat yana sanoat ishlab chiqarishini faol boshqarishga qaytishga majbur bo‘ldi. Milliy manfaatlar uchun muhim hisoblangan sohalardagi xususiy korxonalarga va subsidiyalar (pul bilan yordam) berish tiklandi. Bu dotatsiya (korxonalarga davlat tomonidan sog‘lomlashtirish uchun beriladigan pul mablag‘i) vositalari esa, ishlab chiqarishni yangilash uchun emas, balki bandlik darajasini saqlab turish uchun ishlatildi. Natijada, hukumat samaradorlik darajasi eng past korxonalarni nafaqat qo‘llab-quvvatlash, balki ularni milliylashtirishga (bu siyosat “cho‘loq o‘rdaklar”ni qo‘llab-quvvatlash nomini oldi) majbur bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi sohalariga ham dotatsiya ajratildi. Hukumat faolligi sanoat ishlab chiqarishining o‘sish dinamikasini saqlab qolishga imkon berdi. Ammo, jahon bozorida Buyuk Britaniya pozitsiyasi yomonlasha bordi. 1973 yilda uning jahon eksportidagi urushi 6,6%gacha pasaydi.
Bunday sharoitda Buyuk Britaniyaning YeIHga qo‘shilish uchun uchinchi urinishining muvaffaqiyatli bo‘lishi katta ahamiyat kasb etdi. 1973 yil 1 yanvardan boshlab Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining to‘la huquqli a’zolariga aylanishdi. Ammo, birlashishning iqtisodiy samarasi uzoq istiqbolda namoyon bo‘lishi mumkin edi. Hozircha Britaniya hukumatiga jiddiy yon bosishlar jumladan, ingliz ichki bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxlarni ancha oshirish, Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tuzilgan savdo kelishuvlarini YeIH talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, xalqaro savdoda zahira valyutasi sifatida funt sterlingdan foydalanishdan voz kechish, YeIH byudjetiga Buyuk Britaniya a’zolik to‘lovining miqdorini oshirish kafolatlarini berishiga to‘g‘ri keldi. Natijada, Britaniyaning “Umumiy bozor”ga qo‘shilishi boshida mamlakat to‘lov balansining yaxshilanishiga emas, balki yomonlashuviga olib keldi.
1971 yil oxirida Britaniya iqtisodiyoti yana bir jiddiy imtihonga duch keldi. Neft inqirozi- “yonilg‘i shoki” deb atalgan inqiroz iqtisodiyotni xastalantirib qo‘ydi. Oktyabr oyida OPEK neftning har barrali narxini misli ko‘rilmagan darajada 3 dollardan 18,65 dollargacha oshirish haqida qaror qabul qildi. Bu G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini global yonilg‘i inqiroziga duchor qildi. Yonilg‘i inqirozi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni oshirish xalq xo‘jaligining barcha sohalarida mahsulot tannarxining, shuningdek, ulgurji va chakana savdo narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Sotib olish qobiliyati va talabning pasayishi hamda investitsiyaning kamayishi inqirozning chuqurlashishiga sabab bo‘ldi.
O‘zining neftga bo‘lgan ehtiyojining 2/3 qismini O‘rta Sharqdan import qilinuvchi Buyuk Britaniya inqirozdan katta talofat ko‘rdi. Bu vaziyatda Xit navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazishga qaror qildi.




Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling