14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


K.Ettli hukumatining ichki siyosati


Download 381 Kb.
bet6/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

K.Ettli hukumatining ichki siyosati.
Klement Ettli uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilk bor parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan leyboristik hukumatni boshqardi. U “o‘nglar” va “so‘llar” o‘rtasidagi eng maqbul munosabatni o‘rnatib, partiyaning eng obro‘li kishilarini o‘z atrofida to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Hukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb qilindi.
Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli hukumati bir qancha eng murakkab muammolarga duch keldi. Xom ashyoning doimiy tanqisligi ishlab chiqarish turg‘unligiga bir joyda depsinib turishiga olib kedi. Oziq-ovqat zaxiralari tugash arafasida edi: 1954 yilgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, benzin va eng zarur mollar aholiga kartochkalar yoki norma asosida tarqatildi. Ehtiyoj mollari bozori aholining xaridorlik qobiliyatining pasayishi ta’sirida qotib qolgan edi. Leyboristlar bu muammolarning yechimini iqtisodiyotda rejalashtirishni keng joriy etish va davlatning ijtimoiy dasturlarni qabul qilishida deb hisobladi. Davlat boshqaruvining asosiy sohalari transport, ko‘mir, po‘lat quyish sanoati va energetika bo‘ldi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida 1947 yilda hukumat to‘rt yillik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturini qabul qildi. Bu dasturda minimal narxlarni muzlatish va maydonlarning hosildorligini hamda chorvachilik samaradorligini oshirish uchun fermerlarga subsidiyalar (pul mablag‘lari) berish ko‘zda tutilgan edi. Hukumat iqtisodiy siyosatining asosiy qismi iqtisodiyotning eng muhim sohalarini milliylashtirishdan iborat bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi birinchi jiddiy qadam 1946 yil fevralida qo‘yildi, ya’ni, Ingliz banki milliylashtirildi. 1946 yildan 1948 yilgacha bo‘lgan davrda temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi, transport, kabel va telegraf aloqasi, hamda ko‘mir qazish va elektrotexnika sanoati davlat mulkiga aylantirildi. 1948 yilda hukumat gazni, 1949 yilda temir va po‘lat ishlab chiqarishni milliylashtirishga rozilik oldi. Bu siyosat natijasida davlat sektori o‘z qo‘liga sanoatning 20% ini birlashtirdi.
Leyboristlar hukumati ijtimoiy siyosat bobida katta faoliyat ko‘rsatdi. 1927 yildagi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi va ularning norozilik namoyishlari o‘tkazishga bo‘lgan huquqlari tiklandi. 1946 yilda qonunlar paketi qabul qilindi va unga Milliy sug‘urta Akti, sanoat xodimlarini himoya qilish Akti va milliy sog‘liqni saqlash Akti kirardi. 1948 yilda paket milliy qo‘llab-quvvatlash vazirligini yaratish to‘g‘risidagi hujjat bilan to‘ldirildi. Bu qonunlarga ko‘ra barcha aholiga qarilik nafaqasini (erkaklarga 65, ayollarga 60 yoshdan keyin va ishsizlik nafaqasini to‘lash) kasallik, homiladorlik, o‘lish paytida moddiy yordam berish kafolatlangan edi. Sug‘urta fondlari sug‘urtalanganlarning to‘lovlari (35 %), hamda tadbirkorlar to‘lovlari va davlat tomonidan moliyalash hisobidan shakllandi. Islohot natijasida jami davlatning ijtimoiy sug‘urta xarajatlari 2,5 marta ko‘paydi.
Milliy sihat-salomatlik Aktiga ko‘ra aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish joriy qilindi, sohaning yagona boshqaruv tizimi tashkil qilindi. Aholiga dori-darmonlar, protez va ko‘zoynaklarni bepul tarqatish ko‘zda tutildi. Mamlakatda 2 milliondan ortiq munitsipal (shahar) uylar qurildi. Davlat uy-joy narxlarining urush davridagi qiymatini ushlab turish yo‘li bilan ijara to‘lovi hajmini qat’iy nazorat ostiga oldi. 1947 yildagi shahar va qishloqlarni rejalashtirish to‘g‘risidagi Aktga ko‘ra shahar hokimiyat organlari ularga topshirilgan ob’ektlarni rivojlantirish rejalarini tuzishlari kerak edi.
Ta’limni isloh qilish loyihalarini keng muhokama qilinishiga qaramasdan leyboristlar 1944 yilda “Milliy hukumat” tomonidan qabul qilingan “Batler qonuni”ga biror-bir o‘zgarish kiritmadi. Unga ko‘ra Buyuk Britaniyada uch yo‘nalishli ta’lim tizimi joriy qilingan edi (zamonaviy o‘rta maktablar, grammatik o‘rta maktablar va texnik o‘rta maktablar). Ta’lim tizimining bu bo‘limlarining hammasida ham davlat, ham xususiy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatardi. “Batler qonuni” “ko‘ngilli maktablar”ni ham qonuniylashtirgan edi. Bu maktablar asosan ko‘ngilli to‘lovlarga tayanadigan diniy maktablardan iborat edi. 1944 yildagi Akt ijrochi hukumat va mehnat boshqaruv organlariga bu sohani boshqarishda katta vakolatlar berardi. “Batler qonuni”ga ko‘ra o‘quvchilarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish joriy qilingan edi. Uni to‘ldiruvchi yagona qonun 1947 yilda chiqdi. Unda maktabni tugatish yoshi uzaytirilgan edi. Endi bolalar maktabni 15 yoshda tugatar edilar.
Leyboristlar hukumatining faoliyati 1948 yildayoq urushdan oldingi iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mamlakatdagi ijtimoiy holatni ancha barqarorlashtirishga erishishga imkon berdi. Sanoat mahsulotining yillik o‘sishi 6% ni tashkil etdi. 50-yillarning boshiga kelib ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 1937 yilga nisbatan 1/3 marta o‘sdi. Lekin keng davlat boshqaruviga keskin o‘tilishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtirdi va bu sohaga kiritilayotgan sarmoyalarning qisqarishiga olib keldi. Hukumatning o‘zi o‘z dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash borasida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Passiv savdo balansi, importga bog‘liqlikning oshishi, harbiy qarzlarning to‘lanishi valyuta zahirasining keskin kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga iste’mol mollari taklifining chegaralanishi o‘sayotgan pul massasi bilan birgalikda kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi. O‘z navbatida inflyatsiya investitsiya bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarishi yo‘lidagi yengib bo‘lmas to‘qmoqqa aylanib qoldi.
1945 yildayoq Buyuk Britaniyada moliyaviy tizimning ishdan chiqish xavfi yaqqol bo‘lib qolgandi. Avgust oyida AQSh hech qanday ogohlantirishsiz lend-liz bo‘yicha mahsulot kiritishni to‘xtatib qo‘ydi. Endi Buyuk Britaniya import to‘lovlarni dollarda amalga oshirishi kerak edi. Buning uchun yetarli valyuta zaxiralari bo‘lmaganligi sababli Ettli hukumati funtni dollarga erkin almashtirishni joriy etish majburiyatini olgani holda AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi.
Moliyaviy tizimning barqarorlashuvidagi umidlar 1946 yildayoq puchga chiqdi. AQShda narxlarni tartibga solib turishning bekor qilinishi eksport mahsulotlarining keskin qimmatlashishiga olib keldi. Buyuk Britaniya olingan qarzni bir yil ichida sarflab bo‘ldi. 1947 yilning iyul oyida hukumat funtni dollarga erkin almashtirishni joriy qilgan paytda, buni ta’minlash uchun zaxiralar atigi bir oyga yetar edi. Mamlakat o‘tkir moliyaviy inqirozga yuz tutdi. Hukumat oziq-ovqat importini kamaytirishga majbur bo‘ldi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Iqtisodiyot vaziri Stafford Kripps davlat tomonidan ijtimoiy xarajatlarni keskin kamaytirishni ko‘zda tutuvchi qattiq iqtisodiy dasturni taqdim etdi. Ammo, Buyuk Britaniyaning Marshall rejasiga qatnashishiga katta umid bog‘langan edi. Bu loyiha doirasida Buyuk Britaniya 2,3 milliard dollar olardi.
Moliyaviy barqarorlashtirishning yana bir yo‘li deb “sterling mintaqasini” tuzish hisoblanardi. Uni 1944-1945 yillarda milliy valyutalari kursi funtga “biriktirilgan” mamlakatlar tashkil qilishgan edi. Ammo, 1949 yildagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSh sterling mintaqasi mamlakatlaridan import qilishni qisqartirdi va u yerda dollar va oltinga bo‘lgan talab oshib ketdi hamda buning natijasida Britaniya g‘aznasi funt sterlingni katta xajmlarda almashtirish zaruratiga duch keldi. Buyuk Britaniyaning o‘zida esa oltin va valyuta zaxiralari juda kam edi. Oltin va valyutaning chetga oqib ketishini to‘xtatish uchun leyboristlar hukumati 1949 yil sentyabrida funt sterlingni 30,5% devalvatsiya (muomaladagi qog‘oz pulning qiymatini tushirish) qildi. Funt kursi 4,03 dan 2,8 dollarga tushirildi. 1950 yilda hukumat Marshall rejasida qatnashishni to‘xtatishga qaror qildi, chunki amerika yordamining sharti bo‘lgan ichki bozordagi erkin valyuta-moliya operatsiyalari milliy iqtisodiyot barqarorligiga jiddiy tahdid solardi. Albatta, funt sterlingning qadrsizlanishini faqat Ettli hukumatining xatosi deb bo‘lmaydi, biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni og‘irlashtirdi. Moliyaviy inqiroz hukumat obro‘sining keskin pasayishiga olib keldi. Leyboristlarning tashqi siyosat sohasidagi xatolari ham xuddi shunday salbiy natijalarga olib keldi.




Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling