14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


Buyuk Britaniya 60-70 yillarning ikkinchi yarmidagi xalqaro munosabatlar tizimida


Download 381 Kb.
bet13/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

Buyuk Britaniya 60-70 yillarning ikkinchi yarmidagi xalqaro munosabatlar tizimida.
Iqtisodiy rivojlanishning yomonlashib borish sharoitida Buyuk Britaniyaning Yevropa integratsiyasida qatnashuvi tashqi siyosatdagi asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. G.Vilson bu muammoni 1965 yil yanvar oyida Londonda U.Cherchillning dafn marosimida qatnashayotgan Fransiya prezidenti de Goll bilan norasmiy uchrashuvi vaqtida muhokama qildi. Fransiya rahbari bu gal ham Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor“ga qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Ammo, ilgarigi “temir veto”dan farqli o‘laroq, de Goll bu muammoning barcha iqtisodiy jihatlarini atroflicha muhokama qilish kerakligini bayon qildi. Buyuk Britaniyaning Yevropa “oltiligi” bilan to‘la uyg‘unligini ta’minlash uchun de Gollning fikricha, London Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan imtiyozli iqtisodiy munosabatlardan voz kechishi va jahon moliyaviy bozori talablariga mos holda o‘zining qishloq xo‘jaligini tartibga solishi kerak edi. De Goll hokimiyat tepasidan ketganidan so‘ng g‘alabaga bo‘lgan ishonch yana oshdi. Fransiyaning yangi prezidenti J.Pompidu va uning hukumati integratsion jarayonlarning faollashuvi, jumladan “Yagona Yevropa”ning kengayishi tarafdori edi. 1969 yilning oxiridan Buyuk Britaniyaning YeIHga a’zo bo‘lishi shartlari haqida muzokoralar boshlandi.
E.Xit juda uzoq davom etgan “Evropa uchun kurash” jarayonining tezroq nihoyasiga yetishini xohlar edi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati tizimiga qo‘shilishi haqidagi siyosiy qarorga 1971 yil may oyida E.Xitning Pompidu bilan uchrashuvi chog‘ida erishildi. Keyingi muzokoralarda Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga kirishi shakli ham aniq belgilandi. Besh yilga mo‘ljallangan “moslashish davri”ni o‘tkazish ko‘zda tutilayotgan edi. Buyuk Britaniya va YeIH o‘rtasida savdo-sotiqqa oid bojlar miqdorini yiliga 20% dan qisqartirib borishi aytildi. Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga qo‘shilishi shakli masalasidagi asosiy muammo valyuta-moliya sohasiga tegishli edi. Buyuk Britaniyaning Hamjamiyatiga bosqichma-bosqich kirib borishi hisobga olingan holda uning umumiy byudjetga to‘lovlari 1973 yilda 100 million funt sterlingdan 1980 yilga borib 300 million funt sterlinggacha ko‘tarilishi kerak edi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya “Umumiy bozor”ga kirayotganida Hamjamiyat byudjetining 8%ini, 1977 yilda 19%, 1980 yilga kelib esa 24%dan ko‘prog‘ini to‘lashi kerak edi.
Keskin bahs-munozaralardan so‘ng 1971 yil 28 oktyabrda umum palatasi ko‘pchilik 356 ta ovoz bilan integratsion loyihani qo‘llab-quvvatladi. 1972 yil 22 yanvarda Bryusselda Buyuk Britaniyaning 1973 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Hamjamiyati tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
1973 yil 1 yanvarida Buyuk Britaniya Yevropa Hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Ammo, leyboristik partiyaning so‘l qanoti va konservatorlar - “evroskeptik”lar ilgarigidek Buyuk Britaniyaning YeIHga a’zolik prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni talab etishardi. Bu talabning jarchisi J.Kollagen bo‘ldi.
Uzoq cho‘zilgan “Evropa uchun kurash”ga 1975 yil 5 iyunda bo‘lgan referendum nuqta qo‘ydi. Referendum a’zolarining uchdan ikki qismi mamlakatning Yevropa Hamjamiyati tarkibida bo‘lishini yoqlab ovoz berishdi. Ammo, bosh vazir lavozimiga Kollagen kelgandan so‘ng Britaniya diplomatiyasi Hamjamiyat byudjetiga to‘laydigan mablag‘lar miqdorini kamaytirishga harakat qildi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati bilan yaqinlashuvi Londonning Vashington bilan “maxsus” munosabatlariga salbiy ta’sir etdi. Atlantik hamfikrlikni rad etmagan holda G.Vilson AQShning “kichik sherigi” rolini bajarishdan voz kechdi. AQShning 60-yillardagi o‘ta avantyuristik siyosati Londonda unga nisbatan nafratni kuchaytirgandi. Ingliz-Amerika munosabatlarining sovushiga Londonning Vetnamga harbiy kuchlarini jo‘natishdan bosh tortganligi sabab bo‘ldi. O‘z navbatida Amerika diplomatiyasi Buyuk Britaniyaning Gonkong, Malayya va Fors qo‘ltig‘ida o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y- harakatlarini qo‘llab-quvvatlamadi.
Xitning hokimiyati davrida ham Ingliz-Amerika munosabatlaridagi sovuqlik o‘zgarmadi. Ikkala mamlakat manfaatlari to‘qnash kelishiga hech qanday asos bo‘lmasada, lekin diplomatik qarama-qarshiliklar tez-tez bo‘lib turardi. 1971 yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi davrida Buyuk Britaniyaning betaraf turishga va kerak bo‘lsa vositachi bo‘lishga urinishiga qaramasdan AQSh Pokistonni qo‘llab-quvvatladi. O‘sha vaqtda AQSh Xitoy bilan o‘ziga xos siyosiy muloqot yurgizib, Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyodagi manfaatlarini hisobga olmadi. O‘z navbatida Buyuk Britaniya ham 1965 va 1973 yillarda Yaqin Sharqda yuz bergan halqaro inqirozlar vaqtida AQShning arablarga qarshi tutgan keskin pozitsiyasidan o‘zini uzoqda tutdi. 1974 yilda leyboristlar hokimiyat tepasiga qaytganidan so‘ng Ingliz-Amerika munosabatlarida ko‘zga tashlanarli iliqlik boshlandi.
XX asrning 60-yillarida Sovet-Britaniya munosabatlari juda sovuq xarakterga ega bo‘ldi. Bu munosabatlardagi normallashish tashqi ishlar vaziri Duglas-Xyumning 1973 yilda va yangi bosh vazir Vilsonning 1974 yilda Moskvaga tashriflaridan so‘ng ro‘y berdi. Keyingi yillarda London nafaqat G‘arbiy Germaniyaning “ko‘priklar o‘rnatish” siyosatini qo‘lladi, balki Umumevropa xavfsizlik tizimining shakllanishida ham faol qatnashdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo‘yicha kengashni tayyorlashning oxirgi bosqichida Buyuk Britaniya delegatsiyasi samarali faoliyat ko‘rsatdi. 1975 yil 1 avgustda Bosh vazir G.Vilson boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan birgalikda Xelsinki yig‘ilishining so‘nggi aktiga imzo qo‘ydi. Bosh vazir lavozimiga J.Kollagen kelgan paytlarda Britaniya tashqi siyosatida SSSR bilan iqtisodiy hamkorlik, qurolsizlanishini qo‘llab-quvvatlash, Umumevropa Xavfsizligini ta’minlash masalalari ustun keldi.
Britaniya pozitsiyasiing uchinchi dunyo mamlakatlarida susayganligi Hindiston-Pokiston urushi davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. 1965 yil bahorida Londonning vositachilik harakatlariga qaramasdan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy harakatlarning oldini olishga muvaffaq bo‘linmadi. Faqatgina sentbrga kelib bu mamlakatlar BMTning urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi talabiga quloq solishdi. Ikki davlat o‘rtasidagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilish SSSR tomonidan amalga oshirildi. 1966 yil 10 yanvarda Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan Tinchlik ta’minlandi. Biroq, Hindiston-Pokiston o‘rtasidagi yangi to‘qnashuv 1971 yil dekabrida ro‘y berdi. SSSR bu gal ochiqchasiga Hindistonni qo‘llab-quvvatladi va BMT Xavfsizlik Kengashining urush harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini bajarmadi. AQSh Pokistonga yordam berdi. Hindiston armiyasining g‘alabasi Bangladesh mustaqil davlatining tashkil topishiga olib keldi. Pokiston shu davrdan boshlab AQShning strategik hamkoriga aylandi, Hindiston esa SSSR bilan yaqinlashdi, Buyuk Britaniyaning esa bu mintaqadagi ta’siri ancha pasayib ketdi.
Britaniya diplomatiyasining Yaqin Sharq inqirozini bartaraf qilishga bo‘lgan urinishlari ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Buyuk Britaniyaning bu mintaqadagi manfaatlari asosan Suvaysh kanalidan foydalanish va Yamandagi protektorat taqdiri bilan bog‘liq edi. 1962 yilda Shimoliy Yamanda inqilob ro‘y berdi. Fuqarolar urushiga yirik arab davlatlari ham qo‘shildi (Misr respublikachilarni, Saudiya Arabistoni monarxistlarni qo‘llab-quvvatladi). Buyuk Britaniya bu voqealardan amalda uzoqlashib, Janubiy Yamandagi boshqaruvini (hukmronligini) saqlab qolishga harakat qildi. Janubiy Yamanda 1962 yili 17 ta Britaniya protektoratlari uyushmasi asosida Janubiy Arabiston Federatsiyasi tashkil qilingan edi. Ammo, bir yil o‘tmasdan bu yerda ham ozodlik harakatlari boshlandi. Milliy frontning qurolli otryadlari Britaniya harbiy qismlariga qarshi harakatlarni boshladi. 1964 yilda hokimiyat teppasiga kelgan leyboristlar hukumati Yaman muammosini huquqiy yo‘l bilan hal etishga urinib ko‘rdi. Janubiy Yamanga suverenitet berish jarayoni 1968 yilga kelib yakunlandi.
60-yillarning oxirida Arab-Isroil munosabatlari ham keskinlashdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil qo‘shinlari Misr-Suriya birlashgan harbiy kuchlariga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Isroil uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan “olti kunlik urush” mintaqadagi vaziyatni yana keskinlashtirdi. 1970 yilgacha, ya’ni Nosirning vafotigacha Misrning sovetparast hokimiyati AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan tayangan Isroilga qarshi turib keldi. Britaniya diplomatiyasi esa faol pozitsiyadan voz kechdi. Aynan, 1967 yil oxirida Vilson hukumati “Suvayshdan sharqdagi”dagi mintaqalarni “tark etganligini” amalda e’lon qildi. Bu Londonning sobiq imperiyachilik global siyosatdan butunlay voz kechganligini bildirardi.
1973 yildagi Arab-Isroil urushi vaqtida Buyuk Britaniya Yevropaning boshqa mamlakatlari qatori urushni to‘xtatish va masalani muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘ldi. Hatto Isroilda ishlatilayotgan Britaniya harbiy texnikalariga ehtiyot qismlar jo‘natilishiga emborga ham qo‘ygan edi. Biroq, oxir-oqibatda London AQShning gegemonistik siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlashga o‘tdi, bu esa 1979 yilda Kemp-devid shartnomasining imzolanishiga olib keldi.
60-70 yillarning ikkinchi yarmida Millatlar Hamdo‘stligining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy asoslari takomillashtirildi, uning tarkibi kengayishda davom etdi. Hamdo‘stlik faoliyati umumiy qoidalarining to‘laroq tavsifi 1971 yil Hamdo‘stlik tamoyillarining Singapur deklaratsiyasida berildi. Unda yozilishicha, “Hamdo‘stlik - bu mustaqil suveren davlatlarning ko‘ngilli birlashmasi bo‘lib, bu davlatlarning har biri o‘z siyosati uchun javobgar, ammo, ular o‘z millati va xalqlari umumiy manfaatlari uchun xalqaro yakdillik va tinchlik yo‘lida o‘zaro maslahatlashadilar va bellashadilar”. Hamdo‘stlik faoliyatining asosiy shakllari “maslahatlar, muhokamalar va hamkorlik” deb ataldi. Deklaratsiyada ko‘rsatilishicha, Hamdo‘stlikka a’zolik to‘la ixtiyoriydir va Hamdo‘stlikka qabul qilingan har qanday davlat uning tarkibida qolish, jumladan, undan chiqish masalalarini o‘zi mustaqil hal qiladi.
Hamdo‘stlikning yangi a’zolari uchun irqiy muammo va mustamlakachilikka qarshi harakatlar masalasi juda muhim edi. Singapur deklaratsiyasi Hamdo‘stlikning eng muhim maqsadlaridan biri sifatida mustamlakachilikka va irqchilikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashni e’lon qildi. Deklaratsiya Hamdo‘stlik a’zolariga o‘z davlati hududida irqchilikka qarshi faol kurash olib borish, hamda irqiy kamsitishga yo‘l qo‘yayotgan har qanday mamlakatni qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini yukladi.
Sobiq mustamlakalar hududidagi milliy va irqiy to‘qnashuvlar isloh qilinayotgan hamdo‘stlik uchun eng og‘ir muammo bo‘ldi. 1967 yil kuzida Nigeriyaning federal hukumati Buyuk Britaniyadan ayirmachi (separatist)larga qarshi kurashda ko‘mak so‘radi. Ammo, London bunga shoshilmadi. Londonning sustkashligidan norozi bo‘lgan Nigeriya federal hukumati SSSRga murojaat qildi. 1969 yil martida Vilsonning shaxsan o‘zi Nigeriyadagi tinchlikni barqarorlashtirish uchun u yerga borishga majbur bo‘ldi. 1970 yilga kelib to‘qnashuv bartaraf etildi.
Britaniya hukumati Janubiy Rodeziyadagi voqealarga nisbatan o‘zining ojizligini yanada ko‘proq namoyish qildi. 1964 yilda Yan Smitning irqchi rejimi hokimiyat tepasiga keldi va bir yildan so‘ng mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. Vilson hukumati Rodeziyadagi irqchi hatti-harakatlarini qoraladi, biroq, muammoni hal qilishda kuch ishlatish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. Afrikaning Hamdo‘stlik tarkibidagi davlatlari Smit rejimiga nisbatan qat’iy chora ko‘rishni talab etishdi. Vilsonning 1966 va 1968 yillarda Smit bilan yakkama-yakka uchrashuvlari hech qanday natija bermadi. Rodeziya hukumati Janubiy Afrika Respublikasiga tobora yaqinlasha borib, u yerdagi aparteid rejimi xususiyatlaridan nusxa ola boshladi. Tez orada Rodeziya muammosini bartaraf qilishga oid tashabbusni AQSh diplomatiyasi o‘z zimmasiga oldi. Bu masalaga esa 1979 yilda M.Tetcher boshchiligidagi yangi Britaniya hukumati uzil-kesil nuqta qo‘ydi.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling