14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi
“Yangi industrial jamiyat” konstepstiyasi
Download 61.08 Kb.
|
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-hozir.org
“Yangi industrial jamiyat” konstepstiyasiIkkinchi Jahon urushidan keyin sof institustionalizm biroz susaydi, ammo Jon Kennet Gelbreyt (1909 yil tug’ilgan) asarlarida bir muncha o’zgargan shaklda qayta tiklandi. Uning «Yangi industrial jamiyat» nomli asosiy asari iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va roliga bag’ishlangan. Texnostruktura deganda, J.K. Gelbreyt fikriga ko’ra, texnologiyalar bo’yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o’z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik korporastiyalarning me’yorl ishlashini ta’minlash uchun kerak bo’lgan narsalar tushuniladi. J.K.Gelbreyt fikri bo’yicha, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xatti- harakati murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi yirik korporastiyalar bilan aniqlanadi. Zamonaviy korporastiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalariga emas va hatto menejerlarga ham emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo’ladi. Texnostruktura vakillari ishlab chiqarish to’g’risida o’ziga xos professional bilimga va qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarga ega. Albatta, rasmiy jihatdan muhim qarorlar, qoidaga ko’ra, kompaniyaning etakchi menejerlari direktor va uning o’rinbosarlarining alohida huquqi hisoblanadi. Lekin barcha qarorlarni qabul qilish deyarli 100 foiz axborotlarga bog’liq. Axborotlar esa texnostruktura «nazorati» ostida bo’ladi. Texnostrukturaning hukmronlik qilish sababini J.K. Gelbreyt tarixiy o’xshashlik nuqtai nazaridan asoslab berishga harakat qiladi. Industrial jamiyatgacha bo’lgan davrda asosiy ishlab chiqarish omili er hisoblangan, negaki u ancha noyob resurs sifatida bo’lgan. Shuning uchun real hokimiyat er egalariga qarashli bo’lgan. Buyuk geografik kashfiyotlar va sanoat to’ntarilishi natijasida er resurslari o’zining noyoblik xususiyatini yo’qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi omili kapital kelib chiqadi. Hokimiyat kapital egalari qo’liga o’tadi. Zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – axborot, fan-texnika bilimi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo’lida. T.Veblen o’z nazariyasida, texnokratiya jamiyatda oldingi qatorlarda bo’lish kerak deb aytgan bo’lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga oshirildi deb tasdiqlaydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim hodisalarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to’g’ridan-to’g’ri va bevosita natijasi deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya, uning fikriga ko’ra, hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo’lgan yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi rejalashtirishdir. Korporastiyalarni boshqaruvchi texnostruktura ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish va bitimlar tizimi (xom ashyo, asbob ukunalar, ilmiy va konstruktorlik ishlamalarni etkazib berish bo’yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik «chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida muttasil va har tomonlama korporastiyalararo shartnomalar tuzuladiki, ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo’lishini ta’minlaydi. Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi, zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqarilib turiladi. J.K. Gelbreyt o’zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bozor tizimini» ekspluatastiya qilishda (mayda va o’rta biznesni), davlat amaldorlari bilan qo’shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy resurslardan foydalanishdagi isrofgarchilikda, bozorga ta’sir ko’rsatishning monopolistik uslublarini qo’llashda aybladi. Yirik korporastiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog’langan va undan naf ko’radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib turilishini qayd qilib o’tadi. U, shuningdek, mayda va o’rta tadbirkorlikni va ijtimoiy texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni, qishloq xo’jaligini, san’atni) davlatning qo’llab quvvatlashini talab qilib chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash, uning fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga bo’lgan ishonchini uyg’otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy investistiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi, eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko’radigan inflyastiyani to’xtatish uchun ham zarur. Hukumat korporastiyalar bilan nufuzli kasaba uyushmalarining o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoniga aralashuvi va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib turishi kerak. Download 61.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling