14-mavzu. Investitsiya faoliyatini kreditlash 1-topshiriq. Korxonaning kreditga layoqatliligini asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarini aniqlang. Javob


Download 26.81 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi26.81 Kb.
#114778
Bog'liq
BI 72 Yuldashev Muhammad 14-16 mavzular



14-MAVZU. INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH

1-topshiriq. Korxonaning kreditga layoqatliligini asosiy va qoshimcha korsatkichlarini aniqlang.

Javob: Bank mijozi kreditga layoqatligi deganda mijozning o’z qarz majburiyatlari bo’yicha to’liq va o’z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushiniladi.

Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog’liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o’z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to’lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o’z mijozlari moliyaviy holatini, to’lovga qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.

Jahon amaliyotida, xususan AQShda banklar tomonidan, mijoz kreditga layoqatliligini baholashda "five c", "besh si" qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar:


  • character (mijoz xarakteri);

  • capacity (moliyaviy sharoiti);

  • capital (kapital yoki mol-mulk);

  • colletarial (ta’minlanganlik);

  • conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat).

Mijoz xarakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, ma’suliyatliligi, olingan qarzni to’lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushiniladi.

Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlar quyidagilar:

1. Qoplash koeffitsienti;

2. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti;

3. Likvidlik koeffitsienti;

Qo’shimcha koeffitsientlar:

1. Aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsienti;

2. O’z aylanma mablag’lari mavjudligi;



3. Foyda va rentabellik koeffitsientlari.

2-topshiriq. Mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda korxona balansini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli quyidagi keltirilgan moddalar balansning qaysi bo’limiga kirishini aniqlang va jadvalda (+) belgisi bilan belgilang.

Moddalar

Majburyatlar

O’zmablaglarining manbaalari

Uzoq muddatli aktivlar

Joriy aktivlar




Maqsadli tushumlar







+










Debitor qarzdorlik













+




Budjetga soliqlar bo’yicha avans to’lovlari













+




Ustav kapitali







+










Sotib olingan xususiy aktsiyalar










+







Qisqa muddatli bank kreditlari




+













Ishlab chiqarish zahiralari













+




Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarz




+













Qimmatli qog’ozlar










+







Kassadagi pul mablag’lari













+




Kapital qo’yilmalar










+







Joriy majburiyatlar




+













Kelgusi davr to’lovlari uchun zahiralari







+










Taqsimlanmagan foyda







+









3-topshiriq. Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering.

  1. Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. Banklar qaytarishlik, bank foiz toʻlovi va muddatlilik shartlarida oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobidan kreditlar beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, koʻchmas mulkni garovga olish, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor

  2. Annuitet tulov – kreditning foiz va asosiy qarz tulovi har oyda o’zgarmas bir xil chiquvchi tulov shakli.

  3. Diffirinsiallashgan tulov – kreditning foiz tulovi har oyda asosiy qarzning kamayib borishiga hisoblanuvchi va har oyda umumiy tulov miqdori kamayib boruvchi tulov turi.

  4. Kreditning bahosi – unga hisoblanadigan foiz miqdori.

  5. Ipoteka krediti – kuchmas mulk obektlarini kreditlovchi kredit shakli.

  6. Kreditlash tamoyillari – kreditni olish uchun qarzdor tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan shartlar majmui. Bular: tulovlilik, qaytarishlilik, taminlanganlilik, maqsadlilik va boshqalar.

  7. Kredit shartnomasi – qarzdor va kreditor o’rtasida imzolanuvchi huquqiy kuchga ega bo’lgan hujjat.

  8. Qayta moliyalash stavkasi – Markaziy bank tomonidan e’lon qilinuvchi asosiy hisob stavkasi.

  9. Kreditor – qarzga beruvchi shaxs yoki yuridik shaxs.

  10. Likvidlik koeffitsienti – korxonaning tulov qobilyatini ko’rsatuvchi ko’rsatkich.

  11. Qoplash koeffitsienti – Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya’ni u kreditlash chegarasini ko’rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga etarliligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich 2 va undan yuqori bo’lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo’lsa, kreditlash foydasiz bo’lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi.

  12. Mustaqillik koeffitsienti – Ushbu koeffitsient 0.6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo’lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsient 30 %dan, ya’ni 0,3 dan kam bo’lmasligi lozim. Bu ko’rvsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo’yicha o’z mablag’lari manbalari ya’ni, balans passivining birinchi bo’linmasi summasi jami passiv summasiga bo’linadi. Nolikvid balanslarga ega bo’lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi.

15-MAVZU. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING LIZING MEXANIZMI

1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.

O’zbekistonda lizingni rivojlanish darajasi qanday?



Javob: Bugungi kunga kelib lizing xizmatlari noyob kashfiyot bo’lmay qolgan, bunday moliyalash usulining borligi haqida tadbirkorlik olami vakillarining barchasi bilishadi. Bizning mamlakatimizda yuzdan ortiq lizing beruvchilar mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi tijorat banklari hamda lizing korxonalari hisoblanadi. Bunday lizing korxonalar nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning viloyatlarida ham joylashgan.

Amalda bajarilgan ishlar bilan birgalikda lizingga berilayotgan obyektlarning umumiy narxi ham oshmoqda. Shunday qilib, mamlakatimizda o’rtacha yillik lizing to’plamining o’sish darajasi 25-30 %dan kam bo’lmasdan, joriy yilning to’qqiz oyi tahliliga ko’ra, lizing jarayonlarining umumiy qiymati ikki trillion so’mdan ortiq miqdorga teng, bu esa o’tgan yilgi korsatkichdan 24,4 %ga ko’proq.

Lizingga sotiladigan obyektlar (mahsulotlar) ro’yxati ham kengaymoqda: agar o’n yil oldin lizing to’plamining eng katta qismi qishloq xo’jaligi texnikasi bilan to’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu texnika bilan bir qatorda, lizingga texnologik asbob-uskunalar, transport vositalari hamda ko’chmas mulk beriladi.

Xalqaro lizingning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati.



2-topshiriq. Lizing jarayoni ishtirokchilari

Ishlab chiqaruvchi

3 shaxs hisoblanadi, lizing beruvchi ishlab chiqaruvchidan lizing obektini sotib olib, uni ijarachiga lizingga beradi.

Lizing beruvchi

Lizing obektini lizingga beruvchi tomon hisoblanadi

Ijarachi (lizing oluvchi)

Lizing beruvchidan ustama haq tulash sharti bilan lizng obektini ijaraga oluvchi tomon

3-topshiriq. Lizing muomalalarining quyidagi turlarining har biriga ta’rif bering:

  1. Operativ lizing – lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan to’lov hisobiga, shartnomada belgilangan ma’lum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi. Operativ lizingda lizing predmeti uni to’liq amortizatsiya muddati o’tib bo’lgunga qadar bir necha marotaba lizingga berilishi mumkin.

  2. moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan to’lov va lizing predmeti to’liq amortizatsiya muddatiga teng bo’lgan muddatga ma’lum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir.

  3. renting – mashina va uskunalarni keyinchalik sotib olmaslik sharti bilan qisqa muddatga (1 yilgacha) ijaraga olish.

  4. sof lizing – bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.

  5. to’liq lizing –

  6. ba’zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing – faqatgina ma’lum bir tarmoqqa beriluvchi lizing.

  7. qaytariluvchi lizing – moliyaviy lizing turi bo’lib, bunda lizing predmeti sotuvchisi bir vaqtning o’zida lizing oluvchi sifatida namoyon bo’ladi.

4-topshiriq. O’zbekiston Respublikasining lizing faoliyati bilan bog’liq me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganing.

Javob: O’zbekiston Respublikasining 14 aprel 1999 yil qabul qilingan ―Lizing to’g’risida‖gi Qonunida lizing tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: ―Lizing ijara munosabatlarining alohida to’ri bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchunchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo’yish maqsadida mol – mulkni (lizing obyektini) oladi.

2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan ―O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan ―Lizing to’g’risida‖gi Qonunda lizingning faqat moliyaviy turi qoldirilgan.

Moliyaviy lizingning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: lizing oluvchida lizing to’lovlarini olishdagi tavakkalchiligi va mulkni ma’naviy eskirish xatari lizing oluvchi o’z mablag’lari hisobiga olgandagiga qaraganda yuqori bo’lishi, ayrim hollarda esa bank krediti evaziga sotib olgan mulkka nisbatan lizingga olingan mulk bahosining yuqori bo’lishi, oshirib yuborilgan lizing to’lovlari mahsulot bahosining oshib ketishi va uning raqobatbardoshligini kamayishiga olib kelishi mumkin.

6-topshiriq. O’zbekistonda lizing faoliyatiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni misollar orqali asoslang.

Ijobiy tomonlar: mamlakatda ishlab chiqarish va iqtisodiyot rivojlanadi. Mamlakatda tovar aylanmasi hajmi oshadi. Korxonalar o’z ish faoliyatini yaxshilashga muhim sharoit yaratadi. Lizing kompaniyalari va bank o’rtasida raqobatni kuchytiradi.

Salbiy tomonlari: mamlakatdagi import hajmini oshirib yuborishi mumkin. Baanklardan kam foiz taklif qilib banklarni sindirib quyishi mumkin. Yana mamlakatda jinoiy faoiyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda ichki nazoratni ta’minlay olmaslik mumkin.


16-MAVZU. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH
1-topshiriq. Test savollari

1. Loyihaviy moliyalashtirishning qanday turlari bor?

a. O’z-o’zini moliyalashtirish va kreditlash

b. Parallel va bosqichma-bosqich moliyalashtirish

c. Parallel va perpendikulyar moliyalashtirish

d. Venchurli va riskli moliyalashtirish
2. Sindikatli kreditlash …

a. Venchurli moliyalashtirishning bir ko’rinishi

b. Loyihaviy moliyalashtirishning bir shakli

c. Tijorat kreditining bir shakli

d. Riskli moliyalashtirishning bir shakli

3.Banklarning kelishuv tuzib, bir loyihani kreditlash uchun birlashishi qanday ataladi?

a. Kredit uyushmasi

b. Bank assotsiatsiyasi

c. Bank uyushmasi

d. Bank sindikati

4. Sindikatli kreditlashdagi risklar banklar o’rtasida qanday taqsimlanadi?

a. Sindikatning barcha ishtirokchilari o’rtasida teng miqdorda

b. Sindikatda qatnashish ulushiga qarab

c. Barcha risklarni etakchi bank o’z bo’yniga oladi

d. Sindikatli kreditlashda investitsiya risklari minimal bo’ladi
5.Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning asosiy xususiyati...

a. Loyihalarni moliyalashtirishning turli usullari

b. Chet el investitsiyasini jalb etgan holda loyihalarni moliyalashtirish

c. Loyihalarni uzoq muddatli kreditlash

d. Loyiha ishtirokchilari o’rtasida risklarni taqsimlagan holda loyihani moliyalashtirish

6. Loyihaviy moliyalashtirishning qaysi turida har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini tuzadi va loyihaning o’ziga tegishli qismini moliyalashtiradi?

a. Sindikatli kreditlash

b. Mustaqil parallel moliyalashtirish

c. Bosqichma-bosqich loyihaviy moliyalashtirish

d. Venchurli moliyalashtirish

2-topshiriq. Berilgan sxemani O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda loyihaviy moliyalashtirishning o’rnini ko’rsatib, to’ldiring.
Loyihaviy moliyalashtirishning maqsadi:

Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish

Loyihaviy moliyalashtirishning vazifalari:

loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo’limlarga bo’lib o’rganish kerak;

 loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to’liq tahlildan o’tkazish shart bo’ladi;

 loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo’ladi;

 rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borish;

Loyihaviy moliyalashtirishning sabablari:

Yirik hajmli investitsion loyihalarning mavjudligi;

Riskning turli xil kredit tashkilotlari o’rtaasida taqsimlanishi


Loyihaviy moliyalashtirishning turlari

Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi:

1. Parallel moliyalashtirish;

2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish;

Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda ―Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish‖ deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi. Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko’p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo’lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o’z vaqtida kreditni qaytarishiga qo’shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo’shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to’lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo’ladi.

Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirishning quyidagi ko’rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko’p qo’llaniladi:

- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o’ziga tegishli bo’lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha);

- ko’pchilik bo’lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to’planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.



Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo’yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo’yicha ko’plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko’p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so’ng tashabbuskor bank shartnoma bo’yicha qarzdorga nisbatan o’z talabini boshqa kreditorga beradi.

3-topshiriq. Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering.

  1. Loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo’lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog’liq risklarni qisman yoki to’liq o’z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o’rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.

  2. Qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz bo’lgan loyihaviy moliyalashtirish -

  3. Qarz oluvchiga nisbatan to’liq regressli loyihaviy moliyalashtirish

  4. Qarz oluvchiga nisbatan cheklangan regressli loyihaviy moliyalashtirish

  5. Sindikat - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag’iga xizmat ko’rsatuvchi bank hisoblanadi.

  6. Sindikatlashgan kreditlar - bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir.

  7. Yetakchi bank – sindikatlashgan kreditlashda asosiy bank hisoblanadi va u krditlash ulushini maksimum 25 foizini tashkil etadi.

  8. Ishtirokchi bank – sindikatlashgan kreditda ishtirokchi boshqa banklar majmui.

  9. Parallel loyihaviy moliyalashtirish – bu tur moliyalashtirish amaliyotda ―Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish‖ deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi.

  10. Bosqichma-bosqich loyihaviy moliyalashtirish - Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi.

  11. Yirik investitsiya loyihasi – bank capital hajmining 25 foizidan katta bo’lgan investitsion loyihalar.

  12. Birinchi darajali bank kapitali - I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.  I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha kapitalni o‘z ichiga oladi.

Download 26.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling