14-mavzu. Investitsiyalar hisobi reja
Download 60.96 Kb.
|
Investitsiyalar hisobi
Qimmatli qog‘ozlar - hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.5
Investitsiya jarayonining barcha subyektlari chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor qiymatlariga ega. Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan xaridor bilan xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan miqdor. Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha ko‘rinishdagi qiymatga ega bo‘lishi mumkin: bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat, emissiya qiymati, balans qiymati (haqiqiy tannarx), bekor qilinish qiymati, garov qiymati, iste’mol qiymati. Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul ifodasidagi yoki tegishli ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib oluvchi to‘lashga rozi bo‘lgan sotuvchi esa shu narxga rozi bo‘lgan narxni bildiradi, bunda sotib oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur bitimning ahamiyati tomonlari bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘ladilar. Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va qimmatli qog‘ozlarning bozordagi aylanuviga ahamiyatli hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan qiymatdir. Bu qiymat faqat ma’lumot sifatida kapital ulushi yoki qarzni miqdorini ko‘rsatadi. Nominal qiymati - chiqarilgan xavfsizlikning belgilangan qiymati. Nominal qiymat - qimmatli qog‘ozlarning blankida ko‘rsatilgan qiymatidir.6 Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi bozorda sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasida farq qshmatli qog‘ozlarni tarqatuvchm diler firmalarining xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha sotib oladilar va investorlar orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar. Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi. Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri keladigan real (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati. Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda garov sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb, asosan, qimmatli qog‘oz garovga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga aytiladi. Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda. Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan 21-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarning rejasi” buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ularni narxini nominal narxgachayetkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi qimmatli kog‘ozlar qiymatini o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Ammo, 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya hisobining milliy standarti va 39-sonli “Moliyaviy instrumentlar” nomli xalqaro moliyaviy hisobot standartida asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan “eng kami” va “haqiqiy bozor qiymati” bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz bo‘ladi va uning nominal qiymati - bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas. Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq, negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar qiymatini uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida. Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi mumkin. Qayta baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan belgilanadi. Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga) o‘tkaziladi. Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni qo‘llashni belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo‘yicha. Eng past qiymat bo‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning xaqiqiy qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo‘lsa, ana shunisi orqali aks ettirishni ko‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham xarid qilingan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatini aniqlash imkon bermaydi va aktsiyalarning investorga tegishli bo‘lgan qismida emitent-kompaniyani xususiy kapital miqdorini aniqlab bera olmaydi. Download 60.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling