14-Mavzu: Maktab-pedagogik tizim sifatida. Reja


Download 25.77 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi25.77 Kb.
#1550099
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-ma\'ruza


14-Mavzu: Maktab-pedagogik tizim sifatida.
Reja:
1.Maktabning ta'lim - tarbiya jarayoni.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
3. Umumta’lim maktabini boshqarish.
Umumta’lim maktabini boshqarish
1. Maktabni davlat – jamoatchilik tomonidan boshqarish demokratiya, oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar va maktab xodimlarini birlashtiruvchi maktab jamoasi o‘z vazifasini ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar), mahalla qo‘mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. Maktabni boshqarish jamoaning o‘zini-o‘zi boshqarish va yakkaboshchilik asosida Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan tasdiqlangan va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoniga va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi. U tajribali va qobiliyatli mutaxassislar orasidan, jamoa fikrini hisobga olgan holda, maktab o‘z tasarrufida bo‘lgan xalq ta’limining yuqori organi tomonidan tayinlanadi.
Maktab direktorining vazifalari
Maktab direktori quyidagi vazifalarni bajaradi:
davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi;
o‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, uning borishi va natijalarini, maktab dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi, maktab ishlarining sifati va samaraliligiga, bolalikni va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini, o‘quvchilarning ovqatlanishiga javob beradi, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
o‘rinbosarlarni tanlab, joy-joyiga qo‘yadi, ularning vazifalarini belgilaydi, maktab pedagogik kadrlarini joy-joyiga qo‘yadi, kabinet va ustaxona mudirlarini, ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar) va o‘quvchilar fikrini hisobga olgan holda sinf rahbarlarini tayinlaydi, ma’muriyat va pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi (shartnoma asosida);
Maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy qismini va tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda uning mazmunini belgilaydi, o‘qitish va mehnatga tayyorlash ixtisosini tanlaydi, maktabning ish tartibini pedagogning tarifikatsiya qilingan ishining umumiy miqdorini o‘zgartirmay o‘quv haftalari va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini, 1-sinfga bolalar qabul qilish (6-7 yosh) ni, o‘quvchilar kiyimi formasining zaruriyati va turini belgilaydi;
navbatdagi malaka toifalarini tasdiqlaydigan maktab pedagogika xodimlarining attestatsiya komissiyasiga rahbarlik qiladi;
maktab pedagogika xodimlarining ijodiy o‘sishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Pedagoglarning tashabbuslari, ijodiy izlanishlari va tajriba-eksperimental ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quvchilar va pedagoglarning ijodiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabning ilmiy-tekshirish, ishlab chiqarish, kooperativ tashkilotlar, mahalla qo‘mitalari, ijodiy uyushmalar bo‘limlari va boshqa davlat hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini belgilaydi;
maktabgacha ajratilgan moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi, istiqboldagi masalalarni hal etish va maktabni rivojlantirish uchun budjet mablag‘larini, shuningdek, maktab fondi mablag‘larini oqilona taqsimlashni ta’minlaydi;
ish yuritishning va maktab hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini hamda hisobotning o‘z vaqtida bo‘lishini ta’minlaydi;
Maktab kengashi, mahalliy hokimlik oldida o‘z faoliyati uchun javob beradi va ularga vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi.
Maktab direktorining huquqlari
Maktab direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Maktab (pedkengash) kengashiga maktabning ish rejasi va o‘quv rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish, o‘quv rejalari, dasturlariga o‘quv ixtisosiga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish, o‘quvchilarning o‘quv yil davomidagi va sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlaridagi bilimlarini tekshirish shakllarini, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vositalari hamda usullarini aniqlash (belgilangan davlat andozalarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan);
eng qobiliyatli va iqtidorli maktab bolalarini tanlash maqsadida o‘quvchilarni test sinovidan o‘tkazish, bir necha chuqur o‘rgatiladigan sinflarning X-XI sinflariga tanlov asosida o‘quvchilar qabul qilish;
maktabga zarur bo‘lgan jihozlarni va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxona, tashkilot, kooperativlar va shaxslar orqali chakana savdo tarmoqlaridan sotib olish, ijaraga olish, buyurtma berish, naqd pulsiz va vositachi do‘konlarda mayda ulgurjini limitga hisoblamay olish;
yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni taklif etgan holda ta’limga qo‘yilgan majburiy talablar darajasini ko‘tarish maqsadida ayrim fanlar chuqur o‘rganilganda o‘quv rejasidan tashqari qo‘shimcha kurslar tashkil qilish;
har xil turdagi qurilish ishlarini, maktabni joriy tuzatish, jihozlash, uning xonalari, inshootlari va shu kabilarini yaxshi saqlashga oid ishlarni bajarish uchun tashkilotlar, muassasalar va shaxslar bilan, shuningdek, o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzish;
moliyaviy ta’minlashning turli manbalaridan foydalanib, maktabning o‘z fondini tashkil qilish;
to‘lov qog‘ozlari bo‘yicha va chek daftarlari bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobotini mustaqil ravishda olib borish, mavjud ortiqcha anjomlar va asbob-uskunalarni sotish;
Maktab (pedkengash) kengashi bilan kelishgan holda maktab fondidan olinadigan mablag‘larni tejash hisobiga ijodiy ishlovchi o‘qituvchilarning ish haqiga ustamalar belgilash;
attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘qituvchilarga yuqori toifa berilishi haqida takliflar kiritish hamda pedagogika xodimlarini viloyat va respublika malaka oshirish kurslariga, stajirovkaga (shu jumladan, chet ellarga), aspiranturaga tavsiya etish;
maktabning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishda va o‘qishda alohida yutuqlarga erishgan o‘qituvchilarni, o‘quvchilarni va maktabning boshqa xodimlarini mukofotlarga (shu jumladan, moddiy) tavsiya etish, zarur hollarda ularni jazolash;
o‘quv-ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilish, alohida tadbirlar o‘tkazish uchun zarur mablag‘larni to‘plab boshqa maktablar, o‘quv-tarbiya, ilmiy va maktabdan tashqari muassasalar bilan birlashmalar tashkil etish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan o‘qituvchilar va o‘quvchilar almashish to‘g‘risida, qo‘shma muassasalar tashkil etish haqida, qo‘shma tadbirlar (konferensiyalar, maktab lagerlari va boshqalar) o‘tkazish to‘g‘risida chet el ta’lim o‘quv yurtlari bilan shartnomalar tuzish;
maktabning o‘quv-tarbiya faoliyatidagi kundalik masalalarni hal qilish uchun zaruriyatga qarab maktabning barcha xodimlarini yoki ularning ayrim toifalarini to‘plab majlis o‘tkazish;
o‘z o‘rinbosarlarining, pedagoglarning ish faoliyatlari haqidagi hisobotlarini tinglash, Maktab pedagogika kengashi muhokamasiga ularning vakolatlarini davom ettirishlari yoki to‘xtatishlari to‘g‘risida takliflar, shuningdek, ular ishini takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
maktab Ustavi, Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda o‘tayotgan Maktab (pedkengash) kengashi ishini to‘xtatish.
3. Maktabni o‘z-o‘zini boshqarishning yuqori organi maktab jamoasining konferensiyasi (umumiy yig‘ilish) hisoblanadi.
Hal qiluvchi ovoz bilan delegatlar konferensiyaga II-III bosqich maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va maktabning boshqa xodimlari jamoasi, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillarining yig‘ilishlarida har uch toifadan teng holda saylanadilar.
Konferensiya har yili kamida bir marta o‘tkaziladi.
Konferensiya:
Maktab kengashini, uning raisini to‘g‘ridan to‘g‘riyashirin ovoz berish yo‘li bilan saylaydi, ularning vakolat muddatlarini belgilaydi;
maktab Ustavini qabul qiladi va unga zarur o‘zgartirishlar kiritadi; maktabni rivojlantirishning, o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
o‘qitish qaysi tilda olib borilishini aniqlaydi, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar jalb etadi;
zarurat tug‘ilgan taqdirda maktabning turli ish yo‘nalishlari bo‘yicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalar, shtablar, kengashlar tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Konferensiyalar oralig‘idagi davrda o‘z-o‘zini boshqarish yuqori organi vazifasini Maktab kengashi bajaradi.
Maktab kengashi:
maktab jamoasi konferensiyasi qarorlari bajarilishini tashkil etadi, jamoa a’zolarining takliflari va tanqidiy fikr-mulohazalarining qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi;
maktabni rivojlantirish rejasini tasdiqlaydi;
direktor bilan birgalikda davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek, ota-onalar (ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar) bilan bir qatorda davlat va jamoat tashkilotlari o‘quvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi;
metodik va pedagogik kengashlar taqdimiga ko‘ra maktab ta’limini ta’minlashning tarkibiy qismini belgilaydi, o‘qitish va mehnatga tayyorlash ixtisoslarini tanlaydi;
maktab ish tartibini, pedagogning tarifikatsiya qilingan umumiy ish hajmini o‘zgartirmasdan o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘uloti davomiyligini, 1-sinfga qabul qilish yoshini, o‘quvchi kiyimi formasining zarurati va ko‘rinishini belgilaydi, tegishli xalq ta’limi boshqarmasi organlari bilan kelishilgan holda birinchi, shuningdek, navbatdagi sinflar sonini aniqlaydi;
budjet mablag‘larini sarflash hisobotlarini ko‘rib chiqadi, mablag‘ bilan ta’minlashning turli manbalaridan foydalanib o‘z fondini shakllantiradi, maktabning budjet va budjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi;
ayrim pedagoglar, maktab direktori va uning o‘rinbosarlarining ishi haqidagi hisobotlarni tinglaydi, egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yoki nomuvofiqliklari munosabati bilan ularning vakolatlarni uzaytirish yoki to‘xtatish haqida, shuningdek, ularning ishini takomillashtirish yuzasidan konferensiyaga takliflar kiritadi;
amaldagi qonunchilik doirasida pedagog xodimlar va maktab ma’muriyatining kasb va lavozim faoliyatiga asossiz aralashishdan himoya qiluvchi zarur chora-tadbirlar ko‘radi, maktab jamoasi mustaqilligini cheklovchi har qanday ma’muriy buyruqbozlikka yo‘l qo‘yilmaydi va mazkur masalalar bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Maktab kengashi ma’muriyat, o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi.
Uning barcha qarorlari o‘z vaqtida maktab jamoasi, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikka ma’lumot uchun yetkaziladi.
Maktab kengashi tarkibiga pedagog xodimlar, II va III bosqich o‘quvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillari kiradi. Kengashdagi vakillik normasi va Kengash tarkibining umumiy soni konferensiya tomonidan belgilanadi. Navbatdagi saylovlarda Kengash tarkibining odatda kamida uchdan bir qismi yangilanadi.
O‘quv yurti direktori lavozimi bo‘yicha Kengash raisi hisoblanadi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Maktab kengashi o‘z tarkibidan byuro, bahsli masalalar va taftish komissiyalarini saylashi mumkin.
Maktab kengashi bir yilda kamida 4-marta yig‘iladi. Maktab kengashi a’zolari o‘z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Maktab jamoasi konferensiyasi o‘z a’zolarini muddatidan oldin kengash tarkibidan chiqarishi mumkin.
Agar Kengash yig‘ilishida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa va qatnashchilarning uchdan ikki qismi ovoz bergan bo‘lsa Maktab kengashi qarori qonuniy hisoblanadi.
Maktab kengashining o‘z vakolati doirasida va qonunchilikka mos ravishda qabul qilgan qarorlarini bajarish ma’muriyat va maktab jamoasining barcha a’zolari uchun majburiydir.
Maktab kengashi a’zosi kiritgan har qanday taklif, agar bu taklifni Kengash a’zolarining uchdan bir qismi qo‘llab-quvvatlasa, u mazkur taklifning muhokama qilinishini talab etishi mumkin.
Maktab kengashi bilan ma’muriyat o‘rtasida yuzaga kelgan munozarali masalalar maktab jamoasi konferensiyasi (umumiy majlisda) yoki xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi kengashida hal qilinadi.
Pedagogik kengash:
ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar)ning turli variantlarini muhokama qiladi, o‘quv-tarbiya jarayoni uslublari, shakllari va ularni amalga oshirish usullarini tanlaydi; pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, pedagogika tajribalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, sinov-eksperiment ishlarining borishi va yakunini muhokama qiladi, o‘quv yurtining ilmiy-tadqiqot institutlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar bo‘limlari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘nalishlarini belgilaydi;
o‘quvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ning fikr-mulohazalarini hisobga olib maktab pedagogika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi, o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish haqida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi malaka (attestatsiya) komissiyalariga takliflar kiritadi;
maktab pedagog xodimlarini shahar, viloyat va respublika pedagogika o‘qishlariga, malaka oshirish kurslariga, (shu jumladan, chet elga), aspiranturaga, shuningdek, turli mukofotlarga tavsiya etadi.
Pedagogika kengashi huzurida fanga oid va boshqa seksiyalar, birlashmalar tashkil etilishi mumkin.
5. Maktabda amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘z Ustavlari va Nizomlari asosida bolalar, o‘smirlar va yoshlarning jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.
Barcha jamoat tashkilotlari maktab Ustavida nazarda tutilgan o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabda demokratiya va oshkoralikni rivojlantirish, majburiyatlarni bajarishga erishish va o‘quvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun g‘amxo‘rlik qilishga da’vat etilgandir.
Jamoat tashkilotlarining vakillari Maktab (pedkengash) kengashi, direktor o‘tkazadigan majlislarda muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda qatnashish hamda maktab ma’muriyatidan o‘quv-tarbiya jarayoni haqidagi zarur axborotlarni olish, pedagoglarning attestatsiyadan o‘tishida ularning o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi istaklarni aytish huquqiga egadirlar. Pedagogika jamoasi, maktab va bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar tashkilotlarining rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch, mas’uliyat va hamkorlik asosiga quriladi.
6. Maktablarda hujjatlarni yuritish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktab hujjatlarini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga binoan amalga oshiriladi.
Maktab hisoboti davlat statistika organlari talablariga muvofiq taqdim etiladi. Davlat va jamoat organlari tomonidan boshqa xil hisobotlarni talab qilish taqiqlanadi.
7. Maktabda barcha tekshiruv ishlari faqat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmalari bilan kelishilgan va maktab direktori, Kengashi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
8. Maktab Ustav asosida ish olib boradi.
Maktab Ustavida Ushbu Nizomda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar, tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan berilgan qo‘shimcha vakolatlar, shuningdek amaldagi qonunga zid kelmaydigan va maktab faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar belgilanadi.

Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling