14-Mavzu: Menejer madaniyati va ish uslubi. R e j a


Download 24.74 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi24.74 Kb.
#1386776
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу

12.4. Raxbar fazilatlari
Fazilat – bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi xamda xar xil xulk - atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuk moddalarga ko’p jixatdan boglik ekanligi tajribada kuzatilgan.
Kadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida kon asosiy o’rinni ishgol etsa, bunday odam xarakatchan, yengil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta koladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan vokealarga darxol va ishtiyok bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchakchak kishilar) deb atagan. Bu lotincha «sangvinis», ya‘ni «kon» degan so’zdan kelib chikkan.
Sangviniklar tuygu «jushkin» xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Ular:

  • yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

  • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;

  • bir turda bajariladigan ishlarni yoktirmaydigan;

  • yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;

  • xushchakchak;

  • xarakatlari shiddatli;

  • nutki tez;

  • kelajakka ishonch bilan karaydigan;

  • so’zini anik va ma‘noli kilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.

Agar kishida shillik xukumron o’rin tutsa unday kishilar ogir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barkaror, vokealar va xayot taassurotlariga lokayd karaydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Kadimgi yunonlar shillikni «flegma» deyishgan.
Flegmatiklar:

  • ta‘sirchanligi sust bo’ladi;

  • bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;

  • faolliklari kam;

  • yangi sharoitga kiyinchilik bilan moslashadilar;

  • xarakatlari va nutklari sust;

  • ko’ngilsiz xodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;

  • sabr-tokatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan xayajonlanmay gaplashadilar.

Gippokratning fikricha, agar kishida za‘faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, kat‘iy, xarakatchan bo’ladi. Bu toyifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (koni kizik kishilar) deb atagan. Kadimgi yunonlar safroni «xoley» deyishgan.
Xoleriklar – ko’tarinki ruxda ishlay oladigan, karshiliklarni yenga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavki kayfiyatining buzilishi bilanok tez o’zgarishi mumkin. Ular serjaxl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshkalardan gapining oxangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Raxbar va boshka kishilarga nisbatan o’zini to’gri tutadi.
Nixoyat Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning axvoli, ruxiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’prok moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan kattik kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug shifokor melanxoliklar deb atagan. Kadimgi yunonlarda «melanxolik» so’zi «kora safro» degan ma‘noni bildirgan.
Melanxoliklar:

  • o’ta ta‘sirlanuvchi xususiyatga ega;

  • tez tolikadigan va o’ziga ishonmaydigan;

  • tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;

  • nixoyatda arazchan;

  • juda oz kuladigan;

  • faolligi sust, tortinchok, kamgayrat;

  • arzimagan sabablarga ko’zlaridan yosh okib ketaveradigan;

  • yangi xodimlar bilan kiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.


Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling