14 Mavzu: O’quv xonalarining yoritilishi, isitilishi, va shamollatishiga qo’yilgan gigienik talablar
Download 129.32 Kb.
|
Bolalar gigeynasi
14 Mavzu: O’quv xonalarining yoritilishi, isitilishi, va shamollatishiga qo’yilgan gigienik talablar. o’quv xonalarini yoritili va isitislishi haqida tushuncha o’quv xonalarini gigiyenik baholash Quyosh nurining inson organizimiga bo’lgan biologic ahamiyati juda katta. Uning tetiklashtiruvchi, organizmning turli kasalliklarga bo’lgan qarshiligini orttiruvchi ta’siri hammaga ma’lum. Quyosh nuri almashinuv jarayonlarini yaxshilab, to’g’ri o’sish va rivojlanishga zamin yaratadi. Quyosh nuri almashinuv jarayonlarini yaxshilab, to’g’ri o’sish va rivojlanishga zamin yaratadi. Ultrabinafsha nurlari bola terisidagi provitamin “D” ni faoliyatsiz xolatidan faol holatga o’tkazib, suyaklarning o’sishi va shakllanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yorug’lik psixologik ahamiyatga ega: yoruqlikning kerakli miqdorda bo’lishi ko’tarinki, xursandchilik kayfiyatini yuzaga keltiradi. Quyosh spektridagi ultrabinafsha nurlarining bakteriosid ta’siri ma’lum. Bu esa tashqi muhitning sog’lomlashtirishda muhim gigiyenik omil bo’lib xizmat qiladi. Bolalar muassasalarida oriyentatsiyasi (kun tomonlariga nisbatan bo’lgan joylashuvi) quyosh radiatsiyasida kelib chiqqan holda aniqlanadi. Barcha iqlim mintaqalarda maqsadga muvofiq eng yaxshi oriyentatsiya bo’lib janubiy, janubiy- sharqiy oriyentatsiya hisoblanadi. To’g’ri tushgan yorug’likning ko’zni oluvchi ta’sirini bartaraf etish maqsadida bizning IV iqlim mintaqalarida o’quv va ishlab chiqarish ustaxonalarining derazalari quyoshdan himoya qiluvchi moslamalar bilan to’siladi. Gigiyenisistlar tomonidan olib borilayotgan kuzatishlar o’quvchilarning bir qismida (20-30 %) asosan uzoqni ko’ra olmaslik bilan bog’liq bo’lgan ko’rish faoliyati pasayishi kuzatiladi. Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiya xastaligi bolalarning yoshiga bog’liq ravishda miqdor jixatdan ortib boradi. Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida boshqa sabablar qatorida yorug’likning yetishmasligi ham katta ahamiyatga ega. Barcha ko’rish funksiyalari yorug’lik yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi va uning yanada pasayishi bilan bu o’zgarishlarning kuchayib borishi isbotlangan. Mazkur ma’lumotlar bolalar muassasalarida ko’zning faoliyati uchun maksimal yaxshi sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidlaydi. Tabiiy yorug’lik yetarli, bir maromda bo’lishi va ortiqcha yorug’ bo’lmasligi kerak. Xonalarda tabiiy yorug’likni to’la- to’kis baholay oladigan ko’rsatkich tabiiy yoruglik koefsentidir (T.Yo.K.). Xonalarni pardozlashda, mebel va jixozlarga rang berishda oq rang-90%, sariq-80%, ko’k-70%, yashil-60%, to’q yashil-22% gacha quyosh nurlarini qaytarishini esda tutish lozim. Gigiyena talablariga javob beradigan yorug’likni ta’minlashda yorug’lik darajasi hamda ko’rish maydonida yorug’likning tekis va taqsimlanishiga ham talablar qo’yiladi. Barcha o’quv xonalari (o’quv sinflari, laboratoriya (tahlilxonalar, ustaxonalar) tabiiy yorug’ bo’lishi lozim. O’quv xonalarining chuqurligi 6 m dan yuqori bo’lganda o’ng tomonlama biroz yoritilgan qurilmali quyoshdan himoya etadigan qurilmalar ishlatilgan , yon tomonlama lеntali, chap tomondan yorug’ tushishi – bu tabiiy yorug’likning eng yaxshi turidir. To’siq mavjud bo'lgan o’ng tomonlama sal tushgan yorug’likning uzunligi poldan 2,2 m dan va shiftdan 0,5 m dan kam bo'lmasligi kеrak (Shiftning balandligi 3 m bo'lganda). -rеaktsion bo'lmagan dahlizlarning o’tish joylarini, yuvinish xonalarini, shuningdеk, sport zallaridagi yеchinish xonalarini ikkinchi nur bilan yoritishga ruxsat etiladi; -kasb hunar tеxnika kollеjlari turli xonalarining tabiiy yoritish darajalari (jadval–7) "Tabiiy va sun'iy yoritish" talablariga mos kеlishi lozim; -sinf xonalarida dеrazalardan ancha uzoqlashgan nuqtadagi xonada tabiiy yorug’lik koeffitsеnti 1,5 % dan kam bo’lmasligi zarur.
-yorug’likning mе'yoriy darajalarini ta'minlash uchun 50 m maydonli o’quv xonasida LPO – 01 – 2x 40 24,2 VT/m kvadrad quvvatli 12 lampa (svеtilnik) bo’lishi kеrak, 66 m kvadrad maydonli o’quv xonalari va laboratoriyalarida LPO – 01 – 2 x 40 16 ta lampa; 66 m kvadrad maydonli chizmachilik xonalarida 36,4 Vt/m kvadrad quvvatli LPO – 01 – 2 x 40 24 ta lampa (3 qator); Download 129.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling