14-mavzu: O`zbekiston poytaxtlari
Download 396.88 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu O`zbekiston poytaxtlari.
14-mavzu: O`zbekiston poytaxtlari. Reja 1. O`zbekiston SSRning dastlabki poytaxti- Buxoro, Samarqand. 2. Poytaxtning Toshkentga ko`chirilishi. Tayanch so’zlar va iboralar: Buxoro, Samarqand, poytaxtlar, O‘zbekiston, “ Old Tashkent, O‘rta Osiyo idoralari, Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri, Akvapark O‘zbek davlatchiligi solnomasida O‘zbekiston nomli davlatning tarixi 1925-yil 17-fevraldan boshlanadi. Shu kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining birinchi ta’sis qurultoyida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilingan. Mamlakatning ilk poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan 2012-yilda chop etilgan “O‘zbekiston tarixining muhim sanalari” kitobida qayd etilishicha, 1925-yil aprel oyida poytaxt Buxorodan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. Oradan besh yil o‘tib, 1930-yilda poytaxt yana o‘zgargan-Toshkent 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan keyingi davrda esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda. Telegramdagi “ Old Tashkent ” kanalida O‘zbekiston poytaxtini Samarqanddan Toshkentga ko‘chirish to‘g‘risidagi tarixiy qaror surati e’lon qilindi. Hujjatda yozilishicha, mazkur qaror “O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘ro Jumhuriyati Sho‘rolar Markaziy ijroiya qo‘mitasi” (o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri) tomonidan Toshkentning mamlakatdagi eng yirik iqtisodiy va sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini, O‘zbekistonning “bosh paxta rayoni- Farg‘ona vodiysi” bilan aloqa qilish va unga rahbarlik qilish Toshkentdan qulayroq bo‘lishini, Toshkentda bo‘lgan O‘rta Osiyo idoralari bilan O‘zbekiston hukumat idoralari bir shaharda turib “yaqin ittifoqda bo‘lishini nazarda tutib” qabul qilingan. 87 yil avval imzolangan qarorning yana bir e’tiborga molik jihati-u mamlakat Konstitutsiyasiga-da o‘zgartirish kirita oladigan o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri tomonidan o‘zbek tilida va O‘zbekistonda 1929-1940-yillarda amalda bo‘lgan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi (yanalif)da yozilgan. Hujjatga, jumladan, O‘zSSR Sho‘ro Markaziy Ijroqo‘mi raisi, o‘sha vaqtda 45 yoshda bo‘lgan Yo‘ldosh Oxunboboyev imzo chekkan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6 moddasida “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti-Toshkent shahri” deya tarif berilgan. Ushbu modda Toshkent shahrini mamlakatimizning poytaxti sifatidagi huquqiy maqomini mustahkamlab beradi. Mustaqillikning 26-yili mobaynida butun mamlakatning hamda poytaxt Toshkentning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida mamlakatimiz birinchi Prezidenti tomonidan Toshkentni Vatanimizning yuragi va oltin ostonasi deb ta’riflaganlari, u kishining “Toshkent timsolida O‘zbekistonni, O‘zbekiston timsolida Toshkentni ko‘ramiz” degan so‘zlariga e’tibor qaratar ekanlar, “Toshkent – Sharq darvozasi”, “Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri”, degan ta’riflar yoniga keyingi yillarda “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”, “Toshkent – yashash uchun eng qulay shahar” degan e’tiroflar qo‘shilganini hamda buni nainki xalqimiz, ayni vaqtda dunyo ahli ham tan olmoqda deya ta’kiblab o‘tdilar Darhaqiqat, mustaqil davlat poytaxti azim Toshkent mamlakatda olib borilayotgan tub siyosiy va iqtisodiy islohotlarning markazi bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida poytaxtimizning har jabhada yurtimiz markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xalqaro savdo ko‘rgazma majmuasi (1998 yil) qurib bitkazildi. U “Interkontinental” mehmonxonasi (1998 yil) va bir yil keyin qurilgan O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki, xalqaro Biznes markazi hamda “Toshkent Plaza” savdo markazidan tashkil topgan. Bu me’moriy ansambl O‘zbekiston poytaxtining zamonaviy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib qoldi. Uning shimol tomoniga hozirgi zamon talablariga javob beruvchi Bolalar bog‘i va “Akvapark” (1995 yil) joylashgan. Shoh ko‘chada 1997 yil tennis kortlari va usti yopiq suv havzalari bo‘lgan noyob sport majmuasi paydo bo‘ldi. U еrda nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Shoh ko‘cha uzra balandligi 375 metrlik teleminora bo‘y cho‘zgan. Unda tomosha maydonchalari va restoran mavjud(2). Zamonaviy ko‘priklar va yo‘llar, transport katnaydigan ostki va ustki inshootlar estakadalar hamda qulay o‘tish yo‘laklari ishga tushirildi. Yaqin yillarda barpo etilgan, shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Poytaxt” biznes markazi, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston MTRK Media markazi va ko‘plab muhtasham mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda. Qurilgan inshootlar siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy sohani rivojlantirishda nafaqat mamlakatimiz uchun, balki qo‘shni davlatlar hamda xorijiy davlatlar uchun ham markaz vazifasini o‘tamoqda. Ko‘p davlatlarda, odatda, davlat hokimiyati va oliy organlari, markaziy tashkilotlari, xorijiy davlatlar elchixonalari mamlakat poytaxtida joylashgan. Shu qatorda, O‘zbekistonning iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi hisoblangan Toshkent shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar sud hokimiyatining yuqori organlari, turli sohadagi davlat va nodavlat tashkilotlar markazlari, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari mavjud. Toshkent – qadimiy tarixiy asoslarga ega shahardir. Shahar 2200 yillik davrda shakllanib, rivojlanib taraqqiy etgan. Toshkent to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar Yunon olimlari asarlarida, xitoy manbalarida shahar sifatida e’tirof etilgan. Milodiy IV asrlarda Toshkent hududi Choch va Iloq davlati hududlari tarkibiga kirgan. Tarixiy yozma manbalarda Choch, Shosh, Shoshkent deb yuritilgan. Toshkentning barcha yutuqlari bu O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiy etganligining munosib ko‘rsatkichidir. Shularni inobatga olib, 2009 yil mamlakatimizda poytaxtimizning 2200 yilligi keng nishonlandi. Yillar davomida Toshkentning xalqaro obro‘-e’tibori ancha o‘sdi. Bu еrda 40 dan ortik elchixona ochilgan, boshqa diplomatik missiyalar, ko‘plab obro‘li xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Toshkent Sietl (AQSH), Marokash (Marokash) singari xorij shaharlari bilan birodarlashgan. Bu еrda Markaziy Osiyo davlatlari, MDH mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvlari muntazam o‘tib turadi. Turli xalkaro simpoziumlar, syezdlar, seminarlar tez-tez o‘tkaziladi. 1998 yil Toshkent shahrida YUNЕSKO Ijroiya qo‘mitasining 155 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlab turishda va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining ahamiyati katta bo‘lmokda. Toshkentda faoliyat ko‘rsatib turgan SHHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmasi terrorizm, diniy ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurash mexanizmining samarali bo‘g‘ini bo‘lib qoldi. (3) 2007-yilda ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilishi mamlakatimizda islom madaniyati va ma’naviy qadriyatlarni tiklash hamda saqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijalarining xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofidir (4) . O‘zbekiston poytaxtida temir yo‘l vokzallari, xalqaro aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar mavjud bo‘lib, bulardan “I.Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti muhim ahamiyatga ega. Bu еrdan dunyoning ko‘plab davlatlariga reyslar amalga oshiriladi. Poytaxtdan muhim avtomobil yo‘llari boshlanadi. Ular orasida eng yiriklari Katta O‘zbekiston trakti va Toshkent halqa yo‘lidir. Shahar aholisi va poytaxt mexmonlariga qator transportlar: avtobuslar, mikroavtobuslar, taksi va metro xizmat qiladi. Jamoat transporti parki asosan jahonning еtakchi kompaniyalari ishlab chiqargan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan zamonaviy avtomobillardan tashkil topgan. O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni uchta: “Chilonzor”, “O‘zbekiston”, “Yunusobod” yo‘nalishlarini tashkil etadi. Toshkent O‘rta osiyoda aholisi soni ko‘p bo‘lgan shaharlar qatoriga kiradi. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi bo‘yicha 11 ta tumandan iboratbo‘lib, umumiy maydoni 334,8 kilometr kvadratni tashkil etadi. Axoli soni esa 2,4 milliondan oshadi. Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazi hisoblangan Toshkent Konstitutsiyada o‘zining huquqiy jihatdan ahamiyatini namoyon qilgan. Poytaxt maqomini Konstitutsiyada mustahkamlanishi Toshkentning ma’muriy markaz sifatidagi o‘rnini belgilab beradi. Download 396.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling