14-mavzu: O`zbekiston poytaxtlari


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1590071
Bog'liq
14-mavzu O`zbekiston poytaxtlari.



14-mavzu: O`zbekiston poytaxtlari. 
Reja 
1. O`zbekiston SSRning dastlabki poytaxti- Buxoro, Samarqand. 
2. Poytaxtning Toshkentga ko`chirilishi. 
Tayanch so’zlar va iboralar: 
Buxoro, Samarqand, poytaxtlar, O‘zbekiston, “
Old Tashkent, 
O‘rta Osiyo 
idoralari, Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri, Akvapark 
 
O‘zbek davlatchiligi solnomasida O‘zbekiston nomli davlatning tarixi 1925-yil 
17-fevraldan boshlanadi. Shu kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek 
Sovetlarining birinchi ta’sis qurultoyida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilingan. 
Mamlakatning ilk poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. 
“O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan 2012-yilda chop etilgan “O‘zbekiston 
tarixining muhim sanalari” kitobida qayd etilishicha, 1925-yil aprel oyida poytaxt 
Buxorodan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. Oradan besh yil o‘tib, 1930-yilda 
poytaxt yana o‘zgargan-Toshkent 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan 
keyingi davrda esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda. 
Telegramdagi “
Old Tashkent
” kanalida O‘zbekiston poytaxtini Samarqanddan 
Toshkentga ko‘chirish to‘g‘risidagi tarixiy qaror surati e’lon qilindi. 
Hujjatda yozilishicha, mazkur qaror “O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘ro 
Jumhuriyati Sho‘rolar Markaziy ijroiya qo‘mitasi” (o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat 
organlaridan biri) tomonidan Toshkentning mamlakatdagi eng yirik iqtisodiy va 
sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini, O‘zbekistonning “bosh paxta rayoni-
Farg‘ona vodiysi” bilan aloqa qilish va unga rahbarlik qilish Toshkentdan qulayroq 
bo‘lishini, Toshkentda bo‘lgan O‘rta Osiyo idoralari bilan O‘zbekiston hukumat 
idoralari bir shaharda turib “yaqin ittifoqda bo‘lishini nazarda tutib” qabul 
qilingan. 
87 yil avval imzolangan qarorning yana bir e’tiborga molik jihati-u mamlakat 
Konstitutsiyasiga-da o‘zgartirish kirita oladigan o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat 
organlaridan biri tomonidan o‘zbek tilida va O‘zbekistonda 1929-1940-yillarda 
amalda bo‘lgan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi (yanalif)da 
yozilgan. Hujjatga, jumladan, O‘zSSR Sho‘ro Markaziy Ijroqo‘mi raisi, o‘sha 
vaqtda 45 yoshda bo‘lgan Yo‘ldosh Oxunboboyev imzo chekkan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6 moddasida “O‘zbekiston 
Respublikasining poytaxti-Toshkent shahri” deya tarif berilgan. Ushbu modda 
Toshkent shahrini mamlakatimizning poytaxti sifatidagi huquqiy maqomini 
mustahkamlab beradi. 
Mustaqillikning 26-yili mobaynida butun mamlakatning hamda poytaxt 
Toshkentning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yilning 24 noyabr kuni 
Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida mamlakatimiz birinchi Prezidenti 
tomonidan Toshkentni Vatanimizning yuragi va oltin ostonasi deb ta’riflaganlari, u 
kishining “Toshkent timsolida O‘zbekistonni, O‘zbekiston timsolida Toshkentni 
ko‘ramiz” degan so‘zlariga e’tibor qaratar ekanlar, “Toshkent – Sharq darvozasi”, 


“Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri”, degan ta’riflar yoniga keyingi yillarda 
“Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”, “Toshkent – yashash uchun eng qulay 
shahar” degan e’tiroflar qo‘shilganini hamda buni nainki xalqimiz, ayni vaqtda 
dunyo ahli ham tan olmoqda deya ta’kiblab o‘tdilar 
Darhaqiqat, mustaqil davlat poytaxti azim Toshkent mamlakatda olib 
borilayotgan tub siyosiy va iqtisodiy islohotlarning markazi bo‘lib qoldi. 
Mustaqillik yillarida poytaxtimizning har jabhada yurtimiz markazi sifatidagi 
o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 
Xalqaro savdo ko‘rgazma majmuasi (1998 yil) qurib bitkazildi. U 
“Interkontinental” mehmonxonasi (1998 yil) va bir yil keyin qurilgan O‘zbekiston 
Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki, xalqaro Biznes markazi hamda “Toshkent 
Plaza” savdo markazidan tashkil topgan. Bu me’moriy ansambl O‘zbekiston 
poytaxtining zamonaviy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib qoldi. Uning 
shimol tomoniga hozirgi zamon talablariga javob beruvchi Bolalar bog‘i va 
“Akvapark” (1995 yil) joylashgan. Shoh ko‘chada 1997 yil tennis kortlari va usti 
yopiq suv havzalari bo‘lgan noyob sport majmuasi paydo bo‘ldi. U еrda nufuzli 
xalqaro va respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Shoh ko‘cha uzra balandligi 375 
metrlik teleminora bo‘y cho‘zgan. Unda tomosha maydonchalari va restoran 
mavjud(2). 
Zamonaviy ko‘priklar va yo‘llar, transport katnaydigan ostki va ustki 
inshootlar estakadalar hamda qulay o‘tish yo‘laklari ishga tushirildi. Yaqin yillarda 


barpo etilgan, shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Poytaxt” biznes markazi, 
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston MTRK 
Media markazi va ko‘plab muhtasham mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda. 
Qurilgan inshootlar siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy sohani rivojlantirishda nafaqat 
mamlakatimiz uchun, balki qo‘shni davlatlar hamda xorijiy davlatlar uchun ham 
markaz 
vazifasini 
o‘tamoqda. 
Ko‘p davlatlarda, odatda, davlat hokimiyati va oliy organlari, markaziy 
tashkilotlari, xorijiy davlatlar elchixonalari mamlakat poytaxtida joylashgan. Shu 
qatorda, O‘zbekistonning iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi hisoblangan 
Toshkent shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, 
qo‘mitalar sud hokimiyatining yuqori organlari, turli sohadagi davlat va nodavlat 
tashkilotlar 
markazlari, 
shuningdek, 
ko‘plab 
xalqaro 
tashkilotlarning 
vakolatxonalari 
mavjud. 
Toshkent – qadimiy tarixiy asoslarga ega shahardir. Shahar 2200 yillik davrda 
shakllanib, rivojlanib taraqqiy etgan. Toshkent to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar 
Yunon olimlari asarlarida, xitoy manbalarida shahar sifatida e’tirof etilgan. 
Milodiy IV asrlarda Toshkent hududi Choch va Iloq davlati hududlari tarkibiga 
kirgan. Tarixiy yozma manbalarda Choch, Shosh, Shoshkent deb yuritilgan. 
Toshkentning barcha yutuqlari bu O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiy 
etganligining munosib ko‘rsatkichidir. Shularni inobatga olib, 2009 yil 
mamlakatimizda 
poytaxtimizning 
2200 
yilligi 
keng 
nishonlandi. 
Yillar davomida Toshkentning xalqaro obro‘-e’tibori ancha o‘sdi. Bu еrda 40 dan 
ortik elchixona ochilgan, boshqa diplomatik missiyalar, ko‘plab obro‘li xalqaro 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Toshkent Sietl (AQSH), 
Marokash (Marokash) singari xorij shaharlari bilan birodarlashgan. Bu еrda 
Markaziy Osiyo davlatlari, MDH mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvlari 
muntazam o‘tib turadi. Turli xalkaro simpoziumlar, syezdlar, seminarlar tez-tez 
o‘tkaziladi. 1998 yil Toshkent shahrida YUNЕSKO Ijroiya qo‘mitasining 155 
sessiyasi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlab 
turishda va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Shanxay Hamkorlik 
Tashkilotining ahamiyati katta bo‘lmokda. Toshkentda faoliyat ko‘rsatib turgan 
SHHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmasi terrorizm, diniy ekstremizm va 
ayirmachilikka qarshi kurash mexanizmining samarali bo‘g‘ini bo‘lib qoldi. (3) 
2007-yilda ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) 
Toshkentni islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilishi mamlakatimizda islom 
madaniyati va ma’naviy qadriyatlarni tiklash hamda saqlash yuzasidan amalga 
oshirilayotgan ishlar natijalarining xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofidir (4) . 
O‘zbekiston poytaxtida temir yo‘l vokzallari, xalqaro aeroportlar, avtovokzallar va 
avtostansiyalar mavjud bo‘lib, bulardan “I.Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro 
aeroporti muhim ahamiyatga ega. Bu еrdan dunyoning ko‘plab davlatlariga reyslar 
amalga oshiriladi. 
Poytaxtdan muhim avtomobil yo‘llari boshlanadi. Ular orasida eng yiriklari 
Katta O‘zbekiston trakti va Toshkent halqa yo‘lidir. Shahar aholisi va poytaxt 


mexmonlariga qator transportlar: avtobuslar, mikroavtobuslar, taksi va metro 
xizmat qiladi. Jamoat transporti parki asosan jahonning еtakchi kompaniyalari 
ishlab chiqargan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan zamonaviy avtomobillardan 
tashkil topgan. O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni uchta: “Chilonzor”, 
“O‘zbekiston”, 
“Yunusobod” 
yo‘nalishlarini 
tashkil 
etadi. 
Toshkent O‘rta osiyoda aholisi soni ko‘p bo‘lgan shaharlar qatoriga kiradi. 
Ma’muriy-hududiy bo‘linishi bo‘yicha 11 ta tumandan iboratbo‘lib, umumiy 
maydoni 334,8 kilometr kvadratni tashkil etadi. Axoli soni esa 2,4 milliondan 
oshadi. 
Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
markazi hisoblangan Toshkent Konstitutsiyada o‘zining huquqiy jihatdan 
ahamiyatini namoyon qilgan. Poytaxt maqomini Konstitutsiyada mustahkamlanishi 
Toshkentning ma’muriy markaz sifatidagi o‘rnini belgilab beradi. 

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling