14-Mavzu: Pedagogik texnika va o’qituvchi mahoratini takomillashtirish yo’llari Reja


Nutq, talaffuz diksiyasini pantomimik va mimik harakatlar bilan uyg’unlashtirish


Download 83.5 Kb.
bet11/12
Sana09.01.2022
Hajmi83.5 Kb.
#261147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-mavzu Pedagogik texnika va o’qituvchi mahoratini takomillashtirish yo’llari (2-soat) 2ecd058a2e987990dc2c05b34dee9bf7

Nutq, talaffuz diksiyasini pantomimik va mimik harakatlar bilan uyg’unlashtirish

Nutqning cho’ziqligi, davomiyligi alohida so’zlarning talaffuzi, uning ritmik tezligini tashkil etadi.Uning tezligi o’qituvchining individual xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, V-XI sinflarda 1 minutda 60 so’z, X sinflarda 75 so’z bayon qilinganda o’quvchilarning yaxshi o’zlashtirishga erishishi aniqlangan.

O’quv materiallarining murakkab qismi, bo’limlarini asta-sekinlik bilan, qolganlarini esa ritmik tezlik bilan uyg’unlikda tushuntirilishi lozim. O’quvchi qanchalik hayajonlansa, o’qituvchi shuncha sekin va xotirjam vaziyatda gapirishi katta samara beradi. Nutq jozibadorligi va boyligini oshirish uchun maxsus mashqlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bular: nafas olishni tashkil qilish, talaffuzini o’rganish, nutq sur’atini boshqarish, ovoz bog’lanishlarini mustahkamlash va boshqalardir. O’qituvchi nutqi tiniq, mazmunli, jarangli, aniq, o’quvchilar diqqatini o’ziga tortadigan, fikrlashga da’vat etuvchi, o’quvchini to’lqinlantiruvchi, uning uyqusini keltirmaydigan bo’lishi lozim.

Agar nutq tezligiga ritm deyilsa, uning cho’ziq yoki qisqalik jihatdan muayyan o’lchovga egaligiga vazn deyiladi. Masalan, she’riy asarlarning vazni: aruz, barmoq,oqshe’r kabilar.

O’qituvchi o’z nutqini, talaffuz va diksiyasini pantomimik, mimik harakatlar bilan uyg’unlashtira olsa va shuning bilan birga chuqur kasbiy bilimlar zahirasiga ega bo’lsa, bunday o’qituvchini mohir usta, ustoz o’qituvchi deb atash mumkin.




Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling