14 Mavzu: Polimerlarni qayta ishlash. Reja


Download 126.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.10.2023
Hajmi126.48 Kb.
#1696885
Bog'liq
14 mavzu Polimerlarni qayta ishlash



14 - Mavzu: Polimerlarni qayta ishlash. 
Reja: 
1. Presslash usuli yordamida qayta ishlash. 
2. Ekstuziya usulida qayta ishlash. 
3. Kalandirlash usulida qayta ishlash. 
Polimerlardan xalq xo’jaligining qariyb barcha soxalari uchun isteьmol 
buyumlari 
tayyorlanadi. 
Polimerlarni 
va 
ular 
asosida 
tayyorlanadigan 
aralashmalarni qayta ishlash uchun qo’llaniladigan apparatlar ilgari ko’rib o’tilgan 
apparatlardan tuzilishi bilan farq qiladi. CHunki yuqori molekulyar birikmalar juda 
yopishqoq bo’ladi. SHuning uchun ularni mashinalarda oddiy aralashtirish o’rniga 
surkash, ezish, kukun, talqon qilish, vallar orasidagi ingichka teshik orqali bosib 
chiqarish yoki maxsus aralashtirgichlarda aralashtirish fleralardan o’tkazish 
kabilardan foydalaniladi. Bu esa kattagina energiya sarflashga olib keladi. Bunday 
mashinalarni harakatga keltirish uchun yuzlab hatto minglab klovatli 
elektromotorlardan foydalaniladi.
Masalan, rezolli smoladan fenoplast olinadi. Buning uchun paxta gazlama, 
shisha tolasi, qog’oz kabilarga suvsiz smolaning spirtdagi eritmasi (lak) yoki 
emultson smola shimdiriladi, bereza (qayin) shiponidan maydalaridan bir necha 
qavat qilib kleylanib fanera tayyorlanadi. So’ngra material quritiladi, varaqlar 
shaklida kesiladi, varaqlar bir-birisining ustiga qo’yiladi yoki birgalikda o’raladi. 
150-170
0
S haroratda va 70- 150 atmosfera bosimda gidrovlik preslovchi 
apparatlarga siqilib preslanadi. Bunda varaqlar pachkasi bog’lami presslash 
apparatining plitalari oralig’iga yoki presformaga joylashtiriladi.
Plitalar bug’ bilan yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Presslashning davomiyligi 
buyumning qalinligiga bog’liq har bir millimetr qalinlikka 3-4 minut vaqt kerak 
bo’ladi. SHunday yo’l bilan quyidagilar olinadi: a) paxta gazlamadan tekstolit 
olinib, undan shovqinsiz podshipnillar, shesternalar, shikiflar-(uzatma tasmasini 
harakatga keltiruvchi g’ildirak), quvurlar, elektroizolyatsiya uchun plitalar, 
mashinaning turli kismlari tayyorlanadi; b)shishatekstolit olinadi undan 
avtomabillarning kuzovlari samaliyotlarning turli kisimlari motorli kayiklarning 
binosi kuvirlar va boshkalar tayorlanadi v)(qog’ozdan) - getenaks olinadi, u turli 
xildagi elektrotexnika qisimlari tayorlashda, devor va mebillarni bezovchi qoplama 
pilastinalari va boshkalarda foydalaniladi. g) fanera shiponidan – yog’och qavatli 
plastikalar yoki plitalar olinadi u devorlarni bezashda, mashina qismlari,
podshipniklar , samalyot qismlari , mebellar va boshqalarda ishlatiladi. Ularning 
uzilishga mustahkamligi 400 kg\sm
2
gacha bulib po’lat mustaxkamligiga yaqin 
buladi. Rezol smolalar faolit olish uchun xam xizmat qiladi. Faolit kupgina ishkor 
va kislotalarga xamda organik erituvchilarga o’ta chidamli bo’lib, kimyoviy ishlab 
chiqarishlarda keng foydalaniladi. Smola asbest bilan ba’zan grafit bilan yoki qum 
bilan maxsus aralashtirgichlarda aralashtirilib, aralashma valьtslarga (juvalaydigan, 
yeyadigan mashina) qayta ishlanadi. Sungra shnek-mashinalarda(tuzilishi 
chuvalchansimon press apparatiga o’xshaydigan apparat) quvurlar yoki kalandrlarda 
plastik listlar ( varaqlar) tayyorlanadi, undan nasoslarning qismlari, rektifikatsiya 
minoralari, jumraklar, aralashtirgichlar ( va xokozolar) tayerlanadi. Olingan 


buyumlar qizdirish bilan qotiriladi. Yeg’och tayerlashda va kesishda xosil 
bo’ladigan chiqindi, qipiqlar emulьtsion smola bilan aralashtirilib, presslanib DSP ( 
drevenostrujechnыe plitы) olinadi, qaysikim ular uylarni pol qilishda, devor 
panellari (yig’ma inshoat yoki binolarning aloxida tayerlagan bir qismi) potoloklar 
va boshqalar olinishda ishlatiladi. 
Novolak smolalar termoreaktiv bo’lmaganligi uchun asosan presslanuvchi 
materialar olish uchun ishlatiladi. Bunda buyum issiq xolda presslash yo’li bilan 
tayerlanadi. 
Presslanuvchi materiallar – bu smola,to’ldiruvchilar, qotiruvchilar, bo’yoqlar 
aralashmasi bo’lib, to’ldiruvchining tuzilishiga qarab ular tolasimon 
pressmateriallar yoki paxta tuklari, momuqlari, asbest, gazlama qiyqimlari kabilarga 
xamda preslanuvchi kukunga ( presporoshok) bo’linadi, presporoshoklar bu smola 
kukuni va to’ldiruvchi (yog’och kukuni, kaolin, ba’zan slyuda, grafit, kvarts uni 
kabilar) aralashmasi. 
Presporoshok olish uchun novolak smolasi dastlab odatdagi maydalagichlarda 
so’ngra sharli maydalagichlarda maydalanib kukun holda maydalangan 
to’ldiruvchilar bilan aralashtiriladi. Aralashma bir jinsli bo’lish uchun uni 90-120 
0
S da valьts apparati yoki shnek- mashinalar orqali o’tkaziladi, (bunda smola 
suyuqlanadi) va kukun holga keltirib maydalanadi. So’ngra undan presslash orqali 
ma’lum og’irliklarda tabletkalar olinadi. Aralashmada smola 40-50 %, urotropin 5-
7% ni tashkil qiladi.
Buyumlar gidrovlik press apparatida presslanadi. Termoplastik 
polimerlardan masalan etilenni qayta ishlashni ko’rib o’taylik. Ma’lumki polietilen 
yuqori chastotali toklarda ham izolyatsion material sifatida unga teng keladigani 
yo’q. U kimyoviy reagentlarga ham o’ta chidamli. 
Polietilen oson qayta ishlanadi buning uchun polietilenni oksidlanishdan 
himoyalash va yoriqlikning ultrabinafsha nurlari ta’sirida himoyalash maqsadida 
unga stalbilizator (turgunlovchi-benzofenonning xosilasi yoki kurum kushib kayta
ishlanadi.kayta ishlash boshka termoplasstik polimerlar kabi bosim ostida
ekstruziya usilida shnek-mashinada (ekstruderda) elektir tokida kizdirish orkali 
(kuvirlar, plenkalar va xakozolar) xamda kuvyuchi mashinalarda qo’yish usulida
amalga oshiriladi. 
SHunga o’xshash usullarda blok usulida olingan polistroldan bosim ostida 
plenkalar, iplar olinadi, bosim ostida quyish usuli bilan radiotexnika uchun qismlar, 
uy- ro’zg’or buyumlari olinadi. Polivinilxlorid ikki xil usulda qayta ishlanadi. 
a) polimerga 2-3 % turg’unlovchi (polimerning sekin-asta parchalanishidan 
ajralib chiquvchi vodorod xloridini bog’lab olish uchun) – qo’rg’oshin karbonati 
yoki kaltsiy stearati qo’shilib, 170
0
S da yeyadigan uskunada yoyiladi(juvalanadi) 
so’ngra uni kalandrda yupqa plyonkaga aylantiriladi va bo’laklab kesiladi, 
bo’laklarni bir nechasini ustma-ust qo’yilib qizdirib bosish orqali viniplast varaqlari 
olinadi. Bular korroziyaga chidamli material sifatida kimyoviy apparatlarni 
elektrolizyorlarni yuzasini qoplashda hamda quvirlar, nasos qismlari va boshqalarni 
tayyorlashda ishlatiladi. Viniplastning uzilishga mustahkamligi 500-700 kg/sm
2
ga 
teng.


b) Ayniqsa plastikat keng sohalarda ishlatiladi, uni olish uchun polimerga 40-
50 % plastifikator, 20 % to’ldiruvchi (amorf kremnezem kaolin) va turg’unlovchi 
qo’shilib yoygichda yoyuvchi (apparat ) yoyiladi, kalandrdan varaqlar olinib undan 
linoleumlar, 
suniy 
chorm, 
oyoq 
kiyimlarining 
tagliklari(podoshlar), 
ho’llanmaydigan plaщlar, tasmalar, sumkalar, klyonkalar va boshqalar tayyorlanadi, 
shnek – mashinada bosish yo’li bilan elektr o’tkazgichlarning (provadalarning)
izolyatsiyalari kabi qobiqlari, quvurchalar va hokazolar tayyorlanadi.
Toza kauchik buyum tayyorlashga yaramaydi. CHunki u uzilishga chidamsiz, 
elestikligi kam, yuqori haroratda yopishib qoladi, past haroratda esa murt, sinuvchan 
bo’ladi. SHuning uchun kauchikni turli organik va noorganik mahsulotlar bilan 
aralashtirilib so’ngra undan polifabrikatlar va tayyor mahsulotlar shakliga keltiriladi. 
SHundan keyin vulkanlanadi va rezina buyumlar olinadi. Rezina o’zining ajoyib 
xossalariga ega bo’lganligidan xalq xo’jaligining turli sohalarda keng ishlatiladi. 
Kauchikni turli organik va noorganik moddalar bilan aralashtirish yoyuvchi 
apparatlarda valtslarda yoki yopiq rezina aralashtirgichlarda olib boriladi. Valьtslar 
(-rasm) bu bir-birisiga qarab aylanuvchi ichi bo’sh ikkita g’ildiraklardan iborat 
bo’lib, ichki bo’shlig’ida sovuq suv aylanib uni sovutib turadi, g’ildiraklarning 
uzunligi 1,5 – 2 m tashki yuzasi 0,5 -0,65 m bo’lib po’latdan yoki oq cho’yandan 
yasalgan, g’ildiraklar orasidagi tirqishni oldingi g’ildirakni uyoq-buyoqqa surish 
bilan 3 dan 10 millimetrgacha o’zgartirish mumkin. SHu tirqishga avval kauchik 
solinadi, ishqalanish tufayli u qizib yumshaydi. So’ngra unga pasta-yumshatgich, 
tezlatgich, aktivlovchilar aralashmasi qo’shiladi, undan so’ng qurum va boshqa 
to’ldiruvchilar qo’shiladi va oxirda oltingugurt solinadi. Aralashtirilgach hosil 
bo’lgan rezina aralashmasi (massasi 150 kg gacha aralashtirish vaqti 40 minutgacha) 
varaqlar shaklida kesiladi. Yopiq rezina aralashtirgich apparati katta unumdorlikka 
ega. Uning kamerasida (bo’lmasida) 1 bir-birisiga qarab turli tezliklarda bo’rtmasi 
bo’lgan ikkita po’latdan yasalgan rotor (mashinalarning qobiqlari ichida joylashgan 
aylanuvchi qismi) 2 aylanadi, rotorlar oralig’idagi tirqishga aralashma 
surtiladi.(aralashma massasi 200 kg gacha). Kamera yuqorisidagi zatvor (ochib 
yopuvchi mexanizm, qulf) 3 bilan mahkam yopiladi va suv bilan sovutiladi. 
Aralashtirish 5-10 minut davom etadi. Bunda harorat 100-120
0
S gacha ko’tariladi, 
vaqtidan ilgari vulkanlanmasligi uchun oltingugurt aralashtirish tugashiga 0,5 minut 
qolganda kiritiladi. Ostki zatvor 6 chetga surilib aralashma tukib olinadi. 

Download 126.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling