14-mavzu: sanoat mashina va jihozlari to‘G‘risida umumiy ma’lumotlar


Download 71 Kb.
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi71 Kb.
#1209014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu

Ekstensiv foydalanish – bu mashina va jihozdan sifat ko‘rsatkichlarini e’tiborga olmasdan vaqt bo‘yicha foydalanishni ifodalaydi.
Intensiv foydalanish esa mashina va jihozdan ish rejimi bo‘yicha samarali foydalanishni bildiradi.
Mashina va jihozlardan vaqt bo‘yicha foydalanish ishlab chiqarishdagi texnologik va tashkiliy jihatlarga hamda mashina va jihozni ish holatida (sozlikda) saqlashga bog‘liq. Mashina va jihozdan intensiv (jadal, samarali) foydalanish esa ish parametrlarining optimal qiymatida (materiallarni uzatish, tezlik, ish organlarining zo‘riqishi va boshqalar) ishlash rejimi bilan ifodalanadi.
Mashina va jihozlardan foydalanish samaradorligini quyidagilar belgilaydi:



  1. Ish jihozining parametrlari;

  2. Tezlik, quvvat, yonilg‘ini tejashi;

  3. Ishonchlilik – uzoq vaqt buzilmay ishlash remont (ta’mirlash)ga yaroqlilik.

Mana shuning uchun ham hozirda kasb – hunar kollejlarida o‘qiyotgan yoshlar sanoat – mashina va jihozlarning vazifasi, tuzilishi, ularni tashkil etuvchi detallar va ularning materiallari, mashina va jihozlarning ish prinsipi, ularni ishlatish, zarur hollarda qismlar hamda detallarga ajratish, nosozliklarni aniqlash, ta’mirlash va qayta yig‘ish usullarini chuqur o‘rganishlari kerak. Bularni yaxshi bilmasdan turib mashina va jihozlardan samarali foydalanish mumkin emas.


Har qanday ob’ekt (uzel, mashina agregati) aniq bir tuzilmaga ega, ya’ni detallarining o‘zaro joylashuvi, shakli va ular yuzalarining o‘lchami, bir – biriga tutatish jihati o‘zaro aloqasi yoki munosabati bilan xarakterlanuvchi birgalikda ishlovchi uzellar va detallar konstruksiyasidan iborat bo‘ladi.
Sanoat mashina va jihozlari odatda o‘ta og‘ir ekspluatatsion sharoitlarda foydalaniladi. Ular qayta ishlanayotgan materiallarning yuqori harorati, o‘zgarib turuvchi kuchli zo‘riqishlar ostida ishlaydi. Mashina va jihozlarning bunday o‘ziga xos ish sharoiti hamda o‘zaro birikkan detallar orasida sodir bo‘ladigan ichki tabiiy hodisalar (ishqalanish, yeyilish kabi) mashina va jihozlar ekspluatatsion xossalarning o‘zgarishiga, texnik holatining yomonlashuviga va nosozliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mashina va jihozlar detallarining nosozligi ularning boshlang‘ich shakli, o‘lchami, massasi, material strukturasi va mexanik xossalarining o‘zgarishi bilan, shuningdek, tutash yuzalar sifatining o‘zgarishi va detallarning o‘zaro joylashuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Detallarning o‘zaro joylashuvidagi buzilishlar o‘q va vallardagi markazlash, parallellik va tiklik (perpendikulyarlik)ning izdan chiqishi oqibatidir.
Tutash joylardagi nosozliklar ko‘pincha o‘tqazishlar zazorlarni bajarishdagi noaniqliklar va mashina elementlari birikmalarining bo‘shab ketishi natijasida ham yuzaga keladi.
Qo‘zg‘almas birikmalarda o‘tqazishlarning noto‘g‘ri bajarilishi tarang tortish kattaligining o‘zgarishiga va detallarning siljishiga olib keladi. Qo‘zg‘aluvchan birikmalarda o‘tqazishlarning noto‘g‘ri bajarilishi dinamik zo‘riqishlar paydo bo‘lishi va ularning kuchayishiga, tutash detallar haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, bunday holat tishli uzatmalarda radial va yon zazor tirqishlarning kattalashuviga; sharnirli birikmalarda vtulka va val bo‘yinchasi orasidagi zazorning kattalashuviga olib keladi.
Qotirilgan birikmalarning bo‘shab ketishi dimamik kuchlar (zo‘riqishlar)ning ko‘payishiga, asosiy detallar bikirligining yo‘qotilishiga yoki mashina va jihozlar birikmalaridagi germetiklikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Mashina va jihozlar ekspluatatsion xossalarining o‘zgarishiga detallarning yeyilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Detallarning yeyilishi ishchi tezliklarni, quvvatni, aylantiruvchi momentni, energiya va foydalaniladigan materiallar sarfini o‘zgartirib yuboradi, mashina ish unumdorligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini pasaytiradi.
Sanoat mashina va jihozlaridagi ana shunday ko‘ngilsiz nosozliklarning oldini olish, ishga yaroqsiz holatga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga texnik xizmat ko‘rsatib borish va maxsus reja asosida ta’mirlash (remont) ishlarini olib borish ko‘zda tutiladi. Rejali asosda oldindan ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari tizimini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun esa mashina va jihozlar detallarining emirilish qonuniyatlari asoslarini yaxshi bilish kerak.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling