14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1075312
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MA\'RUZA



14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari 
Reja 
1.Eritmada, blokda, qattiq fazada, emulsion va suspension polimerlanish. 
2.Eritmada, massada va fazalararo muhitda polikondensatlanish 
 
Polimerlashning amaliy usullari  
Polimerlashning quyidagi asosiy amaliy usullari mavjud: 
1. Massada (blokda); 
2. Eritmada; 
3. Emulsiyada; 
4. Qattiq fazada. 
Barcha polimerizatsion jarayonlarni ikki katta guruhga – gomogen va 
geterogen jarayonlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga hosil bo‘lgan polimerning 
o‘z monomerida yoki erituvchida to‘liq eriydigan sharoitda massada va erituvchida 
polimerlashni kiritilsa, ikkinchi guruhga hosil bo‘lgan polimerning alohida faza 
ko‘rinishida ajrab chiqishi bilan hamda ham suvda, ham organik muhitdagi 
dispersion polimerlanishning turli xillarini amalga oshiriladigan massadagi va 
erituvchidagi polimerlanish jarayonlarini kiritish mumkin. Geterogen sharoitlarda, 
dastlabki holatda reaksion sistemalar massadagi va erituvchidagi polimerlanishga 
o‘xshab gomogen bo‘lsa ham gaz fazali va qattiq fazali polimerlanish jarayonlari 
rivojlanadi. Keyingi vaqtlarda gazsimon yoki suyuq monomer organik yoki 
noorganik tabiatli qattiq sirtlarda polimerlanadigan geterogen sistemalar muhim 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Massada polimerlash sanoatda polimer olishning eng keng tarqalgan 
usullaridan hisoblanadi. Bu usuldan sanoatda etilen, stirol, metilmetakrilat va 
boshqa monomerlarning polimer va sopolimerlarini olishda foydalaniladi. 
Polimerlashning bu usuli komponentlarning minimal soni bilan – faqat monomer va 
initsiator ishtirokida yoki initsiator o‘rniga yuqori energiyali nurlardan foydalanib 
amalga oshirilishi mumkin. Mazkur holat massada polimerlashni amalga 
oshirishning asosiy afzalligini belgilaydi. Massada polimerlab olingan polimerlar 
reaksion aralashmaga har xil komponentlar bilan kiradigan ifloslantiruvchilarning 
yo‘qligi hisobiga yuqori darajadagi tozaligi bilan farq qiladi. YAna bir afzalligi 
shundaki, texnologik jarayonlarda oqava suvlarning yo‘qligi, polimerizatsion 
muhitdan polimerni ajratib olish bosqichining yo‘qligidir. 
Massada polimerlash jarayonining asosiy kamchiligi jarayon tezligini va hosil 
bo‘layotgan polimerlarning molekulyar-massaviy xarakteristikalarini boshqarishni 
murakkablashtiradigan 
reaksiya 
issiqligini 
tortib 
olishning 
qiyinligidir. 
Monomerning kichik konversiyalarida massada polimerlash jarayonlarining o‘ziga 
xos 
kinetikasi 
radikal 
polimerlashning 
klassik 
qonuniyatlari, 
yuqori 
konversiyalarida esa gel-effektning namoyon bo‘lishi bilan tushuntiriladi. 
Massada yoki blokda polimerlashdan taxtalangan tiniq organik shisha yoki 
suyuqlantirib qayta ishlanadigan kukunsimon polimer olish maqsadida 
metilmetakrilat va stirolni radikal polimerlashda foydalaniladi. Mazkur usul bilan 
polivinilxlorid qatronlar olish uchun sanoatda vinilxorid ham polimerlanadi. 


Eritmada yoki lokli polimerlash reaksiya issiqligini samarali tortib olishni 
ta’minlaydi va jarayonni oson boshqarish imkonini beradi. SHunga qaramay 
eritmada polimerlash jarayoni blokda polimerlashga nisbatan sanoatda kamroq o‘z 
o‘rnini topgan. Bu avvalo reaksion aralashmadan polimerni ajratib olishga 
sarflanadigan katta harajatlar bilan bog‘liq. Ko‘proq bu usul olinadigan polimer lok 
ko‘rinishida ishlatilganda qo‘llaniladi.Bu reaksiyani amalga oshirish uchun 
monomer, agar kerak bo‘lsa, uzatish agenti ham inert erituvchida eritiladi. Radikal 
polimerlanish initsiatorlari ham reaksion aralashmada eritiladi, ionli initsiatorlar va 
koordinatsion katalizatorlar ham eritiladi yoki suspenziyalanadi. Inert erituvchining 
ishtirok etishi reaksion aralashma qovushqoqligining ortishini nazorat qilishni 
engillashtiradi va issiqlik o‘tkazishni yaxshi ta’minlaydi. 
Mazkur usulning asosiy kamchiligi shundaki, qanday inert erituvchi tanlab 
olingan bo‘lmasin, doimo erituvchiga zanjir uzatish ehtimolligi mavjud bo‘ladi va 
bu ancha yuqorimolekulyar mahsulotlar olishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, 
hosil bo‘lgan polimerni erituvchidan uni bug‘latib yoki reaksion aralashmaga 
cho‘ktiruvchi qo‘shish bilan polimerni cho‘ktirib ajratish zarur bo‘ladi; keyin esa 
polimerni bu komponentlarning qoldiqlaridan butunlay tozalashdek murakkab ishni 
bajarish talab etiladi. Ba’zi holatlarda, yuqorida aytilganidek, ayniqsa, agar tayyor 
mahsulot polimerning eritmasi holida ishlatiladigan bo‘lsa, bu usul boshqalariga 
nisbatan ustunlik qiladi. Masalan, bu qator elimlar, adgezivlar, izolyasiyalovchi 
qoplamalar olishda yoki polimer o‘z monomerida erimay reaksiya davomida 
cho‘kmaga tushganda qo‘l keladi. 
Sanoatda bu usul akrilnitrilni radikal polimerlaganda va izobutilenni kation 
polimerlaganda ishlatiladi. Blok-sopolimerlar ham odatda eritmada polimerlash 
usuli bilan olinadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling