14-mavzu: Sonlarni yaxlitlash qoidalari va taqribiy sonlar ustida amallar. Absolyut va nisbiy xato Reja
Download 114.96 Kb. Pdf ko'rish
|
14-maruza
14-mavzu: Sonlarni yaxlitlash qoidalari va taqribiy sonlar ustida amallar. Absolyut va nisbiy xato Reja 1. Sonlarni yaxlitlash qoidalari 2. Taqribiy sonlar ustida amallar. 3. Miqdorlarning taqribiy qiymatlari. Tayanch iboralar: Yaqinlashish xatoligi, taqribiy son, sonlarni yaxlitlash, absolut qiymat. Yaqinlashish xatoligi. Amaliy masalalarni yechishda ko’pincha turli miqdorlarning taqribiy qiymatlari bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Taqribiy qiymatlar, odatda, ko’p miqdordagi narsalarni, masalan, o’rmondagi daraxtlar sonini sanashda; asboblar yordamida turli kattaliklarni, masalan, uzunlik, massa, temperaturani o’lchashda; sonlarni yaxlitlashda hosil qilinadi. Bir necha misollar qaraymiz: 1. Mustaqil O’zbekistonning birinchi pochta markasi o’zbek shoirasi Mohlaroyim Nodiraga bag’ishlangan bo’lib, 2million nusxada muomalaga chiqarildi; 2. Sinfda 36 nafar o’quvchi bor; 3. O’zbekistonda 10 000 dan ortiq umumta’lim maktablari,litseylar, kollejlar bor; 4. Navoiy-Nukus temiryo’lining uzunligi 342km; 5. Ishchi kassadan 70 600 so’m pul oldi; 6. So’nggi yillarda O’zbekistonda g’alla ekini maydonlari 300 ming gektarga ko’paydi; 7. Toshkentdan Buxorogacha bo’lgan masofa 500 km; 8. Bir kilogram bug’doyda 30 000 dona dona bug’doy doni bor; 9. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa 1,5* km;
10. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ida 12 ta yulduz bor.
2, 5, 10- misollarda miqdorlarning qiymatlari aniq qolgan hollarda esa taqribiy. 1-masala. O’quvchilardan biri maktabda nechta o’quvchi o’qishi haqidagi savolga ’’1000 ta’’ deb javob berdi,ikkinchi o’quvchi esa aynan shu savolga ’’950ta’’ deb javob berdi. Agar maktabda 986 nafar o’quvchi o’qisa, kimning javobi aniqroq? Birinchi o’quvchi 14taga ,ikkinchisi esa 36 taga adashdi.Demak, birinchi o’quvchining javobi aniqroq. Shuni takidlaymizki, birinchi holda o’quvchilar sonining aniq va taqribiy qiymatlari orasidagi farq (ayirma)manfiy: 986-1000=-14 Ikkinchi holda esa musbat: 986-950=36 Amaliy jihatdan taqribiy qiymatning aniq qiymatdan u yoki bu tomonga chetlashishini, ya’ni aniq qiymat bilan taqribiy qiymat orasidagi ayirmaning modulini (absolut qiymatini) bilish muhimdir. Miqdorning aniq qiymati bilan uning taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduli yaqinlashishning absolyut xatoligi deyiladi. Shunday qilib, agar a-aniq qiymati x ga teng bo’lgan miqdorning taqribiy qiymati bo’lsa, u holda absolyut xatolik |x-a| ga teng bo’ladi. Yaqinlashishning absolyut hatoligi ko’pincha oddiygina qilib xatolik deyiladi. 2-masala. Uchburchak burchaklari yig’indisini transportir yordamida topishda 180 0 natija hosil qilindi. Bu yaqinlashishning absolyut hatoligi qanday? Uchburchak burchaklari yig’indisining aniq qiymati 180 0 ga teng, taqribiy qiymati 182 0 ga teng. Shuning uchun absolyut xatolik
|180 0 -182
0 |=|-2
0 |=2
0
ga teng. 3-masala. 3/7 soning 0,43 o’nli kasrga yaqinlashish xatoligini toping. Mashqlar. 393. Misollarda keltirilgan sonlardan qaysilari miqdorlarning aniq qiymatlari,qaysilari esa taqribiy qiymatlari bo’ladi: 1) bitta obi non 500 so’m turadi; 2) 12 varaqli daftar 60 so’m turadi va qalinligi 3 mm; 3) bir yilda avtomobil zavodi 200 mingta avtomobil ishlab chiqaradi. 394. O’quvchi kitob enini masshtabli chizg’ich bilan o’lchashda 16,2 sm dan 16,4 sm gacha oraliqdagi natijalarni hosil qiladi. 1) kitob enining aniq qiymatini aytish mumkinmi? 2) kitob enining bir nechta taqribiy qiymatini ko’rsating. 395. 4/9 soninig: 1) 6/13; 2) 1/2; 3) 0,3; 4)0,44; 5) 0,43; 6) 0,45 soniga yaqinlashishning absolyut xatoligini toping. 396. Quyidagi sonlarning yaqinlashish xatoligini toping: 1) 0,1975 sonining 0,198 soni bilan; 2) -3,254 sonining -3,25 soni bilan; 3) -8/17 sonining -1/2 soni bilan; 4) 22/7 sonining 3/14 soni bilan. 397. a son x sonning taqribiy qiymati bo’lsin. Agar 1) x= 5,346,
Download 114.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling