14 savol Buxoro sharq maktabining maqom ijrochiligini rivojlantirishdagi o`rni
Download 16.05 Kb.
|
14 savol Ijrochilik mahorati
14 savol Buxoro sharq maktabining maqom ijrochiligini rivojlantirishdagi o`rni 1921-yiIda Buxoroda Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan birinchi “Sharq musiqa maktabi” ochildi. Ma’lum vaqtgacha * 'Fitrat o‘zi rahbarlik lavozimida faoliyat olib bordi. Ko‘p asrlik milliy musiqa merosimizni saqlab qolish, iste’dodli yoshlardan yetuk mutaxassislami tayyorlashdek oliy maqsad ila maktabga “Shashmaqom”dan saboq berish uchun Ota Jalol Nosirov, Domia Halim Ibodov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Abdurahmon Umarov kabi ustozlarni ishga taklif qildi. 1925-yili yangi o‘quv yilidan boshlab “ Buxoro davlat Sharq musiqa maktabi”ning o‘quv dasturiga yevropa nota yozuvi, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi kabi yangi fanlar hamda yevropa cholg‘ularida ijro etishni o‘rgatish kabi o‘zgartirishlar kiritildi. Fitratning sanʼatshunoslikka oid xizmatlari ham tahsinga sazovordir. U 1921-yil Buxoroda Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda, xonandalar) bilan birga Viktor Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab „Shashmaqom“ kuylarini to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota Jalol va ota G‘iyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga olinib, nashr etildi. 1923-yili A.Fitratning tashabbusi bilan V.Uspenskiy Buxoroda maqom bilimdonlari Ota Jaloliddin Nosirov, Ota G'iyos Abdug'ani va Domla Halim Ibodovlardan «Shashmaqom» turkumini yozib oldi va u 1924-yili «Olti musiqali poema «Shashmaqom» norni bilan Moskvada nashr etildi. Taniqli hofiz Shorahim Shoumarovdan «Farg'ona-Toshkent maqomlari» (1920—1930-y.), 1940-yillari katta ashula va zikr aytimlarini yozib oldi. 2003-yil noyabr oyida «Shashmaqom» YUNESKO tomonidan «Insoniyatning og'zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olinishi, ushbu noyob xalqimiz xazinasini nafaqat saqlash va himoya qilish, balki yanada rivojlanishi va yuksalishiga olib kelmoqda. Download 16.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling