14-seminar Omonov Zafar 0-1a-19
Download 20.17 Kb.
|
ITT seminar 14 Omonov Zafar 0-1a-2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otish vaqtini olchov boyicha tasniflash
- Yangi va eski aralashmasi.
- Muqobillik . Bu hodisalarning kop qirrali rivojlanish omili va rivojlanishning eng maqbul variantini tanlash imkoniyatini korsatadi. Mos kelmaslik.
- 2.Ozbekiston bozor iqtisodiyotiga otish konseptsiyasining mohiyatini tushuntiring JAVOB
- 3.Narx liberallashuvi jarayoni deganda nimani tushunasiz JAVOB
- 4.Raqobat, erkinlik tadbirkorlik va shaxsiy manfaatlar uchun shart-sharoitlar yaratish nimani anglatadi JAVOB
- 5.Ochiq iqtisodiyotni shakillantirish tushunchasuni yozing. JAVOB
- 6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima uchun davlatning togridan togri aralashuvini cheklash zarur JAVOB
- 7.Ozbekistonda otish davri iqtisodiyotini natijalari qanday JAVOB
- 8.Ozbekiston rivojlanishi strategiyasining bosh goyasi. JAVOB
14-seminar Omonov Zafar 0-1a-19 1.O'tish iqtisodiyoti o'zi nima? JAVOB: O'tish iqtisodiyoti - iqtisodiyotdan markazlashgan, rejalashtirishga o'tish davridagi oraliq davlat. Ushbu o'tish natijasida ushbu tizimning poydevorini tubdan o'zgartirish amalga oshiriladi, bu o'tish iqtisodiyotining yangi xususiyatlarini va rivojlanish xususiyatlarini hamda rivojlanish xususiyatlarini prinsplarini belgilaydi. O'tish vaqtini o'lchov bo'yicha tasniflash mahalliy - ma'lum bir tumanda, mintaqada yoki mamlakatda. global - global iqtisodiyotda yoki hatto butun tsivilizatsiyada sodir bo'ladigan universal o'zgarish jarayoni. O'tish iqtisodiyotining ikki turi farqlanadi. tabiiy evolyutsiya islohotchi inqilobchi O'tish iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari Reproduktsiya jarayonining inertsiyasi (inertiya) - oldingi bosqichga doimiy qarab turish tufayli iqtisodiy shakllar va munosabatlarni tezda yangilariga almashtirishning iloji bo'lmaydi Yangi shakllar, elementlar va iqtisodiy institutlarning rivojlanishi O'tish iqtisodiyotiga xos bo'lgan asosiy xususiyatlar O'zgaruvchanlik. O'tish davri iqtisodiyoti muvozanatni buzadigan o'zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyat o'tish davri iqtisodiyotining har qanday turiga xos bo'lib, jarayonning rivojlanish dinamikasini va iqtisodiy tizimning rivojlanish istiqbollarining noaniqligini ta'minlaydi. Yangi va eski aralashmasi. O'tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari uy-joy xo'jaligining yangi va eski shakllari o'zaro uyg'unlikda namoyon bo'ladi, bu jarayon chindan ham boshlanganligi, davom etayotganligi va ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu jarayonning qaytarib bo'lmasligidan dalolat beradi. Muqobillik. Bu hodisalarning ko'p qirrali rivojlanish omili va rivojlanishning eng maqbul variantini tanlash imkoniyatini ko'rsatadi. Mos kelmaslik. Bu xususiyat iqtisodiyotning faoliyat ko'rsatishi bilan bog'liq emas, chunki jamiyat qatlamlari va ularning orqasida joylashgan xo'jalik sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar. Qarama-qarshiliklarning kuchayishi shu qadar kuchliki, inqilobiy qo'zg'olonlar va ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. Tarixiylik. O'tish iqtisodiyotining o'zi tarixiy xususiyatga ega, bu shubhasiz mintaqaning xususiyatlariga bog'liq. Bu shuni anglatadiki, iqtisodiy jarayonlarning bir xil shakllari har bir mamlakatda har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. 2.O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tish konseptsiyasining mohiyatini tushuntiring? JAVOB: O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan, ochiq demokratik davlat barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» 1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular: 1.O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bular dehqonchilikni sug’oriladigan erda olib borilishi, erni hosilbay ijaraga olib ishlov berish, ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoa bo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’zini boshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish va mayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va hokazolardan iborat. Tom-orqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi. 2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim asosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq. 3.O’ziga xos sotsial-demografik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibida yoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi (migratsiya-si) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarziga kuchli ta’sir ko’rsatadi. 4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmush tarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi — uning haqiqiy boyligidir. 5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhur Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQSh dollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi. Bulardan tashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uning o’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi. O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bu kontseptsiya O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan. «O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksini topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Davlat — bosh islohotchi. Qonunlarning ustuvorligi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish. O'zbekistonning iqtisodiy islohotlarida dunyo uchun ochiq bo'lgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish asosiy vazifa edi. Islohotlarning yakuniy maqsadi: barqaror ijtimoiy va bozor iqtisodiyoti va ochiq tashqi siyosat bilan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish. O'zbekistonda tanlangan islohotlarning asosiy strategiyasi - bu davlat tomonidan demokratlashtirilgan, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishdir. 3.Narx liberallashuvi jarayoni deganda nimani tushunasiz? JAVOB: Narx liberallashuvi deganda davlat tomonidan bozordagi narxlarga aralashmaslik tushuniladi. Davlat sun’iy narxni cheklash ya’ni maksimal narx o’rnatishi mumkin (price ceiling) (misol go’sht narxi yurtimizda) , ikkinchisi minimal narx o’rnatishi mumkin ya’ni price floor. Bunga misol minimal oyliklar. Liberal narx deganida yana bojlardan holi va chet el tovarlariga aksiz soliqlar solinmasdan hamma sotivchilar uchun bir xil sharoit tushuniladi. 4.Raqobat, erkinlik tadbirkorlik va shaxsiy manfaatlar uchun shart-sharoitlar yaratish nimani anglatadi? JAVOB: Raqobat, erkin tadbirkorlik va shaxsiy manfaatlar uchun shart-sharoitlar yaratib berish nafaqat davlat balki butun xalq uchun foydali bo`ldi. Chunki erkin tadbirkorlikka yo`l ochilishi tufayli xalqning moddiy ahvoli ancha o`zgardi, albatta yaxshi tomonga, qolaversa, raqobat bor joyda mahsulot sifati yaxshilandi. Shu asnoda export bob mahsulotlar soni oshdi va chet el bilan aloqalar yaxshilandi 5.Ochiq iqtisodiyotni shakillantirish tushunchasuni yozing. JAVOB: Mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin: ko'milgan iqtisodiyotga nisbatan mamlakatlar (eksport ulushi YaIMning 10 foizidan kam); nisbatan ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlar (eksport ulushi YaIMning 35 foizidan ko'p); birinchi ikki mamlakat o'rtasida joylashgan mamlakatlar. Ushbu mezondan kelib chiqqan holda, eng ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlar Gonkong, Singapur, yangi Zelandiya, Shveytsariya, eng kam ochiq — Shimoliy Koreya, Kuba. Biroq, yalpi ichki mahsulotga eksport ulushi iqtisodiy tizimning ochiqligining yagona ko'rsatkichi emas. Iqtisodiyotning ochiqlik darajasini o'lchash uchun ishlatiladigan ko'rsatkichlar sifatida ko'pincha qo'llaniladi. 6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima uchun davlatning to'g'ridan to'g'ri aralashuvini cheklash zarur? JAVOB: Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi buni totalitar tizimlar misolida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Birinchidan, ma'muriy buyruqbozlik asosida ma'lum bir firmalar yoki individlar o'z erkinliklarini yo'qotishi mumkin. Albatta, davlat islohoti ko'pgina o'zboshimchaliklarni bartaraf qilishga yechim bo'ladi lekin davlat doimiy aralashuvi bozor iqtisodiyoti takomillashuvi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. 7.Ozbekistonda o'tish davri iqtisodiyotini natijalari qanday? JAVOB: Ўзбекистонда бозор муносабатларига ўтиш йўли ижтимоий- йўналтирилган бозор иқтисодиётини шакллантиришга қаратилган. Бу йўлни амалга оширишга, иқтисодиётни тубдан ислоҳқилишга Президентимиз И.Каримов томонидан ишлаб чиқилган қуйидаги бешта муҳим тамойил асос қилиб олинган: иқтисодиётни мафкурадан холи қилиш, унинг устунлигини таъминлаш; ўтиш даврида давлатнинг бош ислоҳотчи бўлиши; бутун янгиланиш ва тараққиёт жараёни қонунларга асосланиши,қонунлар устунлигинингтаъминланиши; бозор муносабатларига ўтиш билан бир қаторда аҳолини ижтимоий ҳимоялаш соҳасида кучли чора-тадбирларни амалга ошириш. бозор муносабатларини босқичма-босқич қарор топтириш. Бозор муносабатларига ўтишда бу тамойилларнинг ҳаммаси ҳам муҳим аҳамиятга эгадир, лекин уларнинг ичида бозор иқтисодиётига босқичма- босқич ўтиш тамойили алоҳида эътиборга лойиқ. Чунки тегишли ҳуқуқий негизни, бозор инфратузилмаларини яратиш, одамларда бозор кўникмаларини ҳосил қилиш, янги шароитларда ишлай оладиган кадрларни тайёрлаш учун вақт керак бўлади. 8.O'zbekiston rivojlanishi strategiyasining bosh g'oyasi. JAVOB: O’zbekiston rivojlanishi o’zining yo’li mavjud, unga ko’ra davlat -bosh islohotchi va iqtisodiyot siyosatdan ustunligi aytilgan. Bundan so’ng yurtimizda “O’zbek modeli” mavjud unda yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bo’yicha hamma rejalar kiritlgan. Hamda 2017-yilda asos solingan Harakatlar strategiyasi ham bizga qanday rivojlanish kerakligi boyicha korsatma boladi. Download 20.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling