14-variant Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati nimada?


Investitsiyalar kirimini hisobga olish tartibi


Download 58.79 Kb.
bet5/8
Sana23.04.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1389882
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Қобилжонов Шохислом Бухгалтерия

Investitsiyalar kirimini hisobga olish tartibi.


Yangi hisobvaraqlar rejasiga ko`ra joriy investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan:
qimmatli qog`ozlar;
qisqa muddatga berilgan qarzlar;
boshqa joriy investitsiyalar;
Uzoq muddatli investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun esa :

  • qimmatli qog`ozlar;

  • avlod korxonalarga investitsiyalar;

  • qaram korxonalarga investitsiyalar;

  • xorijiy kapitali mavjud korxonalarga investitsiyalar;

  • boshqa uzoq muddatli investitsiyalar kabi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan.

Investitsiyalarni sotib olish muomalalari yuqorida keltirilgan hisob-varaqlarning debeti va xarajat hisobvaraqlarining krediti bo`yicha aks etti-riladi.


1-misol. Vaqtinchalik bo`sh mablag`idan 1 yilgacha muddat ichida unumli foy-dalanishni ko`zda tutgan «A» kompaniyasi tez rivojlanib borayotgan boshqa bir kompaniyaning nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 500 ta aktsiyasining har birini 1100 so`mdan, «Sek`yur invest» brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Bu xizmat uchun brokerlik tashkilotiga shartnoma summasining 5% miqdorida, bank xizmati uchun esa 1 % miqdorida xaq to`ladi. Shunga ko`ra qisqa muddatli investitsiyaning xarid qiymati 583000 so`mni tashkil qildi.
[ 550000 +( 550000 x 5 % ) +(550000 x 1% )= 583000 co`m]
Bu xo`jalik muomalasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
a) Pul mablag`lari o`tkazilganda
Dt «Brokerlik tashkiloti» 577500
Dt «Bank xizmati» 5500
Kt «Pul mablag`lari» 583000

b) Investitsiyalar qabul qilib olinganda
Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 583000
Kt «Brokerlik tashkiloti» 577500
Kt «Bank xizmati» 5500

Investitsiyalar kirimi korxona ta`sischilari tomonidan qilingan badal sifatida ham yuzaga kelishi mumkin.




Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling