14 Variant Oʻzgarmas tok generatori


Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining‘ sxemasi


Download 66.95 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi66.95 Kb.
#224015
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-v

Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining‘ sxemasi

Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorida uyg‘otilish protsessi qanday hosil bo‘ladi. Mashina zavodda tayyorlangandan keyin uning magnit zanjiri magnitlab qo‘yiladi. Buning uchun uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan - ajratilganda stator qutblari o‘zaklarida va yakor o‘zagida kuchsiz magnit maydon qoladi. Mashinaning magnit zanjirida qoladigan kuchsiz magnit maydon qoldiq magnitlanish maydoni deb ataladi. Agar yakor aylantirilsa Fq qoldiq magnitlanish oqimi yakor cho‘lg‘amining parallel tarmoqlarida juda kuchsiz Yek elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning o‘zi yakorga ulangan uyg‘otish cho‘lg‘ami zanjirida boshlang‘ich tok hosil qilish uchun yetadi. Boshlang‘ich uyg‘otish toki qutblarni magnitlaydi. Uyg‘otish oqimi Fu oshadi, shu bilan birga yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi ham oshadi. Bundan keyin uyg‘otish toki yana ko‘payadi, magnit oqimi va elektr yurituvchi kuch unga bog‘liq holda oshib boradi. Shu tariqa parallel uyg‘otishli generatorda uyg‘otish protsessi hosil bo‘ladi.

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling