14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
14-yanvar-tadbir-senariy-maktabim.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan himoyasi – muqaddas burch
- 4-boshlovchi
- Asadbek
- Dilshod
- Mo`minmirzo
- RAQS RAQS RAQS RAQS
- TAQLID TARANNUM III- SHART Arg`amchada uchish
- VATAN HAQIDA QO‘SHIQ
- Hamma
http://maktabim.uz sayti mahsuloti. Telegram kanalimiz: telegram.me/maktabimuz
@maktabimuz
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan Qurolli kuchlar tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan “O`zbegim o`g`lonlari ” bellashuv tadbiri SSENARIYSI 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli va aziz o'quvchilar! Vatanimizning mard va jasur o'g'lonlari! Shunqor yigitlar! 2-boshlovchi: - Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo'shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar! 3-boshlovchi: Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan « Vatan himoyasi – muqaddas burch» shiori ostidagi “O`zbegim o`g`lonlari” bellashuv tadbirimizga xush kelibsiz. 4-boshlovchi: Mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana - Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi bilan chin qalbdan barchangizni tabriklaymiz.
nishonlamoqda. Bu bayram el-yurtga sadoqat bayramidir. Bu bayram o’z mohiyat-e'tibori bilan avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni, O’zbekiston ahlining jangovar soha namoyondalariga bo’lgan chuqur ehtiromini aks ettiradi. 2-boshlovchi: Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorona mehnati xavfsizligining kafolatidir.
o`zaro bellashadilar. Bellashuvda sinfimizning 7 nafar jasoratli o`g`lonlari ishtirok etadilar. 2-boshlovchi: bellashuvimiz 4 shart asosida bo`lib o`tadi 3-boshlovchi: endi sahnaga bellashuvimizning ishtirokchilari bo`lmish “O`zbegim o`g`lonlarini taklif qilamiz”. Keksalar dardiga darmon yigitlar, Barnolar tilida doston yigitlar. Chaqindek charaqlab ko‘kni qoq yorib, Parvozi burgutdek osmon yigitlar.
……
1-boshlovchi: Marhamat yigitlar so`z sizlarga.
http://maktabim.uz sayti mahsuloti. Telegram kanalimiz: telegram.me/maktabimuz
@maktabimuz
Yigitlar qo`shiqqa o`ynashadi. Asadbek : do`stlar kelinglar avval salomlashib olaylik. Bexruz : xa to`g`ri Mo`min : kelinglar hamma o`ziga o`xshagan o`quvchilar bilan salomlashsin Xurshid : oooo zo`r fikr lekin avvalombor aziz ustozlarimizga Hamma : ASSALOM Abdullo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum qaddi qomati kelishgan, bo`ylari uzungina, moda yarataman sochini peshonasiga tushirib olgan yigitlar. Dilshod : Assalomu aleykum Assalomu aleykum bo`ylari past bo`lsayam mushtlashishni yaxshi ko`radiganlar Bexruz : Assalomu aleykum Assalomu aleykum tanaffuslarda qizlarni sochidan tortib keyin esa qizlar hujumidan tirik chiqqan yigitlar Jasur : Assalomu aleykum Assalomu aleykum o`rtog`I bilan urushib ko`zini qizartirib ko`zimda allergiyasi bor deydigan o`quvchilar Xurshid : Assalomu aleykum Assalomu aleykum karidorlarda yugurib charmagan, Dono Ibragimovnaning kabinetlariga bir necha bor tashrif buyurgan, tushuntirish xatlarini dona dona qilib yozganlar.
formang yo`q deganda manaku deb Jaketini ko`rsatadiganlar. Mo`minmirzo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum sportga oshno hamda bir ishni qilib qo`yib men qilmadim deydiganlar.( Mo`-mi-n kechirasan san maktabimizda tanhosan) Asadbek : hurmatli maktabimiznig aziz o`quvchilari mexribon ustozlar barchangizni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz. Marhabo : Assalomu aleykum qadrli tadbir qatnashchilari barchangizni 14- yanvar vatan himoychilari kuni bilan tabriklagan holda bellashuvimiz shartlari va hakamlar hay`ati a`zolari bilan tanishtiramiz. Demak,
1- SHART Ma`naviyat jasorati 2- SHART: Tosh ko`tarish 3- SHART: Arg`amchida uchish 4- SHART: Bayram salatini tayyorlash Marhamat
hakamlar hay`ati a`zolari : …………………………………………………………………………………………………………… ……………………………………… Demak I SHART Hozir har biringizga iboralar aytiladi va siz shu iboralarni serma`no qilib izohlab berishingiz kerak. http://maktabim.uz sayti mahsuloti. Telegram kanalimiz: telegram.me/maktabimuz
@maktabimuz
1 ishtirokchiga …………………………………. 2 ishtirokchiga ……………………………………………. Marhamat ishtirokchilarimiz fikrlari baholangunga qadar musiqali tanaffuz. RAQS RAQS RAQS RAQS Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Raxmat . Sizlarga yaxshi kayfiyat tilagan holda II SHARTni boshlaymiz. Bu shartda yigitlarimiz vatan himoyasiga qanchalik darajada jismonan tayyor ekanliklarini namoyish qiladilar. Shunday qilib II shartimiz TOSH KO`TARISH. 1- raqamli ishtirokchimizdan sahna qolishlarini va qolgan ishtirokchilardan sahnani tark etishlarini so`raymiz. Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz.
arg`amchada ucha olishini sinovdan o`tkazamiz. Marhamat 1- ishtirokchi keling. Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz.
Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. IV- SHART Bizning mard-u maydon o`g`lonlarimiz nafaqat vatan posboni balki oila qo`rg`onidirlar. Oxirgi shartimizda yigitlarimiz 7 minut ichida bayram salatini tayyorlashlari kerak. Marhamat. Salat tayyor bo`lguncha she`rlar aytiladi. Halovat izlaydi hatto qushlar ham, Bexavotir joyga quradi uya. Uyi tinch, yurti tinch har bitta odam, Shukrona aytadiVatanni suya.
Hamid Olimjonlar kuylagan Vatan, Ruhlari hali ham tinchlik bermaydi. Aylanay Oybegim aytgan so‘zidan, Yurtim “tuprog‘ida oltin gullaydi”…
Hamma sharofatlar mustaqillikdan, Bugunda o‘zbekni dunyo taniydi. Qodiriy, Cho‘lponu Usmon Nosirlar, Bu kunni bir kelib ko‘rsa qaniydi.
Shubha qilganlarga Temur da’vati, Kelib bir ko‘rsinlar imoratlarni. O‘zni tutgan elim buyuk savlati, Ko‘rsin bunda kechgan jasoratlarni…
http://maktabim.uz sayti mahsuloti. Telegram kanalimiz: telegram.me/maktabimuz
@maktabimuz
Ollohga beadad shukurlar bo‘lsin, Vatanim osuda kechirgin hayot. Xurlikning bolasi o‘ynasin, kulsin, Kuylasin hamisha tinchlikdan bayot…
Farishta momolar duolar qilsin, Qaldirg‘och in qursin har bir ayvonga. Navqorin bo‘ylarga tumorlar ilsin, Ko‘z tegmasin sira O‘zbekistonga!!!
RAQS RAQS RAQS Marhabo : Endi 4- shart bo`yicha ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Marhamat umumiy ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Barcha ishtirokchilarni sahnaga taklif qilamiz. Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch,
http://maktabim.uz sayti mahsuloti. Telegram kanalimiz: telegram.me/maktabimuz
@maktabimuz
Hamma: - Olam bo'lsin tinch.
“TO`XTA” degan buyruq boladi o`quvchilar to`xtaydi. «Sahnaga yuzlanib, o'ngga buril!» Saflan! Marhabo chiqadi. Ballar e`lon qilinadi O`quvchilar taqdirlanadi. Boshlovchi: Mana shu qutlug' bayram kunida biz Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda dunyodagi eng olijanob va mas'uliyatli burchni sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimizni hamda barcha hamyurtlarimizni samimiy qutlaymiz!
_________________________ga beramiz. Rahmat. Bugungi bayram tadbirimiz shu bilan yakun yasaymiz. E`tiboringiz uchun, rahmat.
Tayyorladi: Buxoro shahar 4- sonli nemis tiliga ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabi sinf rahbari Qutliyeva Dilbarning ”O`zbegim o`g`lonlari” mavzusida o`tkazgan tadbir mazmunnomasi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling