141 Annotatsiya
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA SATIRA VA YUMOR
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-146
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar.
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA SATIRA VA YUMOR Zokirova Diyora Iqboljon qizi Toshkent moliya instituti talabasi Results of National Scientific Research Volume 1 Issue 3 https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/index 2022-June 142 ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish mumkin. Soʻnggi ikki yilda mazkur sohaga taalluqli 20ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular ijrosi yuzasidan saʼy-harakatlar olib borilyapdi. Prezidentimizning joriy yil 28- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ushbu jabhadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega. Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.2 Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, ozbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda oʻrganish va targʻib qilish, koʻpqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim r bilan uzviy bogʻliq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, oʻylaymanki, katta ahamiyatga ega.3 Tahlil va natijalar. Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yoʻnalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar.Abdulla Qahhorning hikoyalarida satira va yumor juda kuchli edi. Uning jajji hikoyalarida satirik va yumorist sifatida oʻz talantining yangi qirrasini namoyish qildi. Unda kulgichilikka moʻillik zoʻr edi. Maʼlumki, barcha yomon illatlarni, kamchilik va nuqsonlarni fosh etishda va ularga qarshi kurashishda, shu bilan birga, yaxshi narsalarni ulugʻlashda satira jamiyatda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Satirani inkor etib boʻlmaydi. Satirani inkor etuvchilar haqida Abdulla Qahhor shunday deb yozgan edi: “Satira oʻtiga uchragan kishi, — vijdoni boʻlsa, odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdoni boʻlmasa, ogʻzidan koʻpik sochib, yozuvchining ketidan bolta koʻtarib yuguradi”. Keling adibning satirik hikoyalari tahliliga oʻtishdan oldin satira va yumor haqida tushunchaga ega boʻlib olsak. Matyoqub Qoʻshjonov oʻzining "Abdulla Qahhor mahorati"kitobida quyidagicha tarif keltiradi: "Hajv bilan yumor orasida Xitoy devori yoʻqligi ma'lum. Lekin ba'zida hajviyat bilan yumorni ajratish 2 https://xs.uz/uz/post/madaniyat-va-sanat-taraqqij-etmasa-zhamiyat-rivozhlanmajdi 3Shavkat Mirzyoyevning Ozbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda organish va targib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqidan. Results of National Scientific Research Volume 1 Issue 3 https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/index 2022-June 143 qiyinchilik tugʻdiradi. Yumor qatnashmagan hajv boʻlmaganidek, hajviy ma'no kasb etmagan yumoristik asar ham boʻlmaydi. Bizning nazarimizda hajviy asar bilan yumoristik asarlar orasidagi farq, avvalo, inkor qilish usuliga, hajviy maqsad uchun qoʻllanilgan yoʻl va vositalarga bogʻliq. Hajviy asarlarda bosh vosita ayovsiz, jiddiy fosh qilish boʻlsa, yumoristik asarlarda bosh vosita masxara qiluvchi achchiq handadir. Har bir hajviy asarda ham achchiq handaning ham oʻrni bor. Gap mana shu oʻrinning darajasida. Jiddiy fosh qilish yoʻli bilan yaratilgan hajviy asarlarda achchiq handa qandaydir yordamchi rol oʻynab ayovsiz fosh qilish yoʻlini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Yumoristik asarlarda esa achchiq handa Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling