145 sinf va maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi tizimi
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash
Download 480.46 Kb. Pdf ko'rish
|
sinf-va-maktabdan-tashqari-musiqa-tarbiyasi-tizimi
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash
Providing the integrity of music education in instrumental performance Tashkent, Uzbekistan 146 Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o'quvini tekshiruvidan oʻtkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bu ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat, qoʻshiq bayramlari, "Musiqa haftaligi", "Oʻzbekiston vatanim manim", "Ilhom chashmasi" koʻrik-tanlovlardan, bastakorlar bilan uchrashuvlar, "zoom" platformasi orqali online chet ellik musiqa namoyondalari bilan uchrashuvlar tashkil etish kiradi. Bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak did bilan badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etishi lozim. Musiqa madaniyati oʻqituvchisining ommaviy ishlar rejasi, maktab maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa oʻqituvchisi va maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar mudiri bilan hamkorlikda, oʻquvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni xisobga olgan xolda tuziladi. Bunda oʻquvchilarning musiqiy o'quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqiy mashgʻulotlarning har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog'i lozim. Bunda har bir mashgʻulot turiga qarab, uni asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar xisobga olinib, oʻquvchilarni jalb etiladi. Toʻgarak ishlarini esa, ish rejasini musiqa oʻqituvchising oʻzi, oʻz xohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. Oʻqituvchi toʻgarak ishlariga oʻquvchilarni musiqiy qobiliyati, xohish- istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli toʻgaraklar tuzadi. Haftasiga 2-3 bor toʻgarakni guruhlarga boʻlib ishlaydi. Toʻgarak ishlarining asosi musiqa darsidir. Toʻgarak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan oʻquvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa toʻgaragiga jalb etiladi. Toʻgarak faoliyati faollashtiradigan narsa - bu maktab sahnasidir. Oʻquvchilar tadbirlarda, qoʻshiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e'tibor qozonib, tuman, shahar, Respublika koʻrik-tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni oʻz mehnatidan zavqlanishi xis-tuyg'ularini Ona-vatanga muhabbat, musiqa sanʼatiga hurmat, doʻstlari orasida mehr-muhabbat tuygʻusini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oʻqituvchi oʻz imkoniyatlariga qarab turli toʻgaraklar tuzish mumkin: 1. Xor 2. Ashula va raqs ansambllari 3. Vokal ansambllari 4. Cholgʻular ansambli ( dutorchilar, rubobchilar, doirachilar, changchilar) 5. Raqs ansambli 6. Orkestrlar (damli cholgʻular, xalq cholgʻulari orkestri, ) 7. Yakkaxon qoʻshiqlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling