15 -ma’ruza. Bino issiq suv ta’minoti


Download 425.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1525512
1   2   3   4   5
Bog'liq
15 -MA’RUZA. BINO ISSIQ SUV TA’MINOTI

 
 
Issiq suv ta’minoti tizimi 
Issiq suv ta’minoti tizimi o’z ichiga jihozlar va quvurlar tizimini o’z ichiga olgan 
bo’lib uning asosiy vazifasi hisobiy tugunda joylashgan suv iste’molchilarga isitilgan 
suvni kerakli temperaturada yetkazib berib tarqatishdan iboratdir. 
Ba’zi kategoriya binolarida (turar-joylar, mehmonlar, kasalxonalarida va 
boshqalar) issiq suv ta’minoti bir vaqtning o’zida vannaxona va xojatxonalarni isitish 
uchun ishlatiladi. SHuning uchun bu xonalarida sochiq quritgichlar ishlatiladi, ular 
isitish jihozlari vazifasini bajaradi. 
Issiq suv ta’minoti tizimi xususiyati bo’yicha bo’linadi. Ish bajarish joyi bo’yicha 
u mahaliy va markazlashtirilgan turlariga ajratiladi. 
Mahalliy suv isitish tizimlari bir yoki bir guruh katta bo’lmagan binolarda 
qo’llaniladi, bu yerda issiq suv binoda joylashtirilgan isitish vositasi yordamida olinadi. 
(AGV-80, ATV-120, ARTISTON). Mahalliy suv isitish vositalari turli xil uylarda 
joylashganliklari uchun ularga xizmat ko’rsatish murakkabdir.
Mahalliy suv isitish vositalari markazlashtirilgan issiq suv tizimi yo’q bo’lgan 
sababli qo’llaniladi. 
Mahalliy suv isitish tizimlarini ijobiy tomonlariga quyidigilarni kiritish mumkin: 
issiqlik yo’qotilishi; jihozlarni ta’mirlanishini boshqa jihozlarga bog’lanmay olib borish 
mumkinligi. 
Markazlashtirilgan issiq suv tayyorlash tugunlarni paydo bo’lishi katta quvvatga 
ega bo’lgan issiqlik manbalariga bog’liqdir (rayon issiqlik qozoni, suv isitish tizimlari). 
Markazlashtirilgan issiq suv tayyorlash maskanlari istemolchilariga yetarli miqdorida va 
yaxshi sifatida yetkazib berish bilan qulaydir, ammo ularga xizmat ko’rsatish katta 
mablag’ talab etadi, uzoq masofalarga suvni uzatish vaqtida issiqlik yo’qolishi 
ko’paydi. 
Isitish manbaining turiga qarab markazlashtirilgan issiq suv olish ochiq va yopiq 
issiqlik uzatish tarmoqlari (ham suv isitish tarmoqlari yoki rayon korxonalari) bu yerda 
issiqlik uzatish vositachisi sifatida isitilgan suv ishtirok etadi. 
Ochiq issiq suv uzatish tarmoqlarining suvi to’g’ridan-to’g’ri aralashtirgichlar 
orqali istemol qilinayotgan suv bilan birga qo’shilib iste’mol qilinadi. 
Yopiq issiq suv uzatish tarmoqlari iste’molchiga issiq suvni yuzasi orqali isitishni 
nazarda tutadi, bu vaqtda xajm ichidagi suv issiq quvurlar orqali isitib istemolchilarga 
uzatiladilar. 
Ochiq issiq suv uzatish tarmoqlari issiqlikni ishlatish bo’yicha samaralidir, ammo 
isitilgan suvning tarkibi yaxshi bo’lmasligi mumkin.Ochiq issiq suv uzatish tizimlari 
isitish kerak bo’lgan suvlarni to’g’ridan-to’g’ri suv tarmog’i tarmoqlaridan oladi va ular 
shahardagi nasos stantsiyalari ta’sirida bo’ladilar. 
Issiqlik ta’minoti suvlariga qo’yilagan talablar:
- suvning sifati GOST 2874-98 «Ichimlik suvi» talablariga javob berish kerak; 


- Suv olish tugunlarida iste’mol suvining issiqligi 60

S dan past bo’lmasligi 
kerak. (Ochiq issiq suv uzatish tarmoqlari). 
-Yopiq issiqlik uzatish tarmoqlariga foydalanuvchilar suvining issiqligi 50
0
dan 
kam bo’lmasligi shart. 
-Boshqa turdagi issiqlik ta’minotida suvning issiqligi 75

S dan yuqori bo’lmasligi 
kerak. 
Ho’jalik- ichimlik uchun ishlatiladigan suvlarning sanitar- gigienik maqsadlar 
uchun foydalangandagi issiqlik darajasi 25-40
0
S atrofida va idish- tovoq, kir yuvish 
uchun esa 40-60
0
S dan oshmasligi shart, shuning uchun iste’molchilar uchun suvning 
eng past issiqlik darajasi 50

S dir. 
Kerakli bo’lgan suvning issiqlik darajasini suv olish kranlar aralashtirgichlar 
yordamida olinadi, ya’ni sovuq suvni issiq suv bilan qo’shish orqali. 
Suvning yuqori harorati bo’lishini chegaralashga ikki sabab bor: 
-iste’molchilarning terisini kuyib qolishini oldini olish; 
- quvurlarning ichki devorlarida ohak qatlamlari paydo bo’lishini oldini olish. 
Yuqori haroratli suvlarni mahalliy usullar bilan hosil qilish uchun maxsus suv 
isitish vositalardan foydalanib amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya korxonalarda 
issiq suvning harorati 37
0
Sdan yuqori bo’lmasligi kerak. 
Suvning harorati 40
0
S dan oshira boshlaganimizda kalьtsiy tuzlari, uglerod va 
magniy tuzlari birikmalari parchalana boshlaydilar va quvurlarning ichki devorlariga 
yopishib qoladi, bu esa quvurlarning suv o’tkazish quvvatini pasaytiradi. SHuning 
uchun suvning qattiqligi issiq suv korxonalari uchun 7 mg.ekv/l dan oshmasligi kerak. 

Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling