15- mavzu. Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida. Reja


G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi


Download 47.98 Kb.
bet6/10
Sana15.09.2023
Hajmi47.98 Kb.
#1678993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15- mavzu. Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifod-fayllar.org

G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).
3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘lik bo‘lgan murakkab psixologik jarayon).
Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Ko‘pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi;
b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi;
v) hissiyotlar almashinuvi.
Bu funksiyalar aslida G.M.Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida B.F.Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin.
Muloqotning kommunikativ tomoni - ma’lumotlar almashinuv jarayonidir
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga etkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og‘zaki nutq. Og‘zaki nutqning o‘zi dialogik va monologik turlarga bo‘linadi.
Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham o‘qituvchi bilan o‘quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko‘chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo‘lib, uning psixo­logik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo‘lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so‘zli deyiladi.

Download 47.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling