15- mazvu: Diniy mutaassiblik va dindorlik. Reja


Download 37.93 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi37.93 Kb.
#1323482
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Mavzu


15- Mazvu: Diniy mutaassiblik va dindorlik.


Reja:
1. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaktsion mohiyati.
2. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi.
3. Kibbermakon va din.
4. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari.
Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaktsion mohiyati. Mutaassiblik (fanatizm – frantsuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash va
g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad
etish.
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga
qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa
sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir.
Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy –
siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikrqarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi,
boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy
aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi
qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti
va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud
mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid
soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud
tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda
tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik,
fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar,
sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish yoxud ular faoliyatida
qatnashishga undash, diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy adovat
qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlardir.
Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki
o‘rinsizligidan qat'i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir.
Аqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va
to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Аqidaparast guruhlar haqiqatni
tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z
g‘oyalari bid'atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va boshqalarga nibatan
murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni
faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa zo‘ravonlikni yuzaga
keltiradi. Ya'ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham hamz ichiga oladi.
Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo qilishga intiladi. Bu
maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya'ni qon to‘kish
va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi.
«Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma'lum yovuz
maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan
g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli.
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi es davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya
va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini
ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi
hisoblanadi.
Umuman olganda terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda
aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq
o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o‘ziga
niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish
terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy,
individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta'qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va
qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib,
gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday
“bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka
qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad
qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini
jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini
o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi
yillarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan
foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan
axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish
etiladigan jangari filьmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida
ishlangan o‘yinlar, kompьyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni
tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun
hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi
siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba'zi
reaktsion agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi
va qo‘llanishi ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘rahududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur
ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan.
Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani
holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi
qarashlarni katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham uchratish mumkin.
Bunday holat sobiq sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qaerda
faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga
o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya'ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan
erishishni ko‘zlaydilar.
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi.
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda
ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.
Ma'lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi.
Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor
ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu mohiyatiga
ko‘ra – Qur'on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan
o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan
ishlatiladigan atama. Аslida «fundamentalizm» so‘zi 20-asr boshida amerikalik
protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda jahon
matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi.
Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga
oladi. ularning ba'zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan
qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibottashviqot ishlari, diniy ta'lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy
axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video
kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy
bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini
jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta'biri bilan aytganda, islomda «shirk»
(butparastlik)ka barham berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan o‘ta
radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va mo‘'tadil
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta qurish, bunda
eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb hisoblasa, so‘l radikalizm
jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish, yangiliklardan ko‘ra aqidalarga
tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. Mo‘'tadil radikalizm ko‘proq reformistik
g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida pishib yetilgan muammolarni hal
qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan tamoyilga tayanadi. Аfsuski, radikalizm
ko‘proq mo‘'tadil holda emas, balki o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi.
Fundamentalistlarning ta'biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday
jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat hamdir. Bu ham
"hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, ushbu (yoki unga
o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan. Biror-bir musulmon muallifi
tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda, uning islom fundamentalizmi
nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar"
ham bu tushunchaga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
"Hokimiylik"ning mohiyati shundan iboratki, Alloh tomonidan yaratilganlardan
hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. Chunki ularni faqatgina
Allohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, odamlar qonun
chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina egadirlar. "Hokimiylik"ni e'tirof etish bir
qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy
hokimiyatning har qanday shaklini, diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor
etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan
mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. Shariatdan
boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir.
Yuqoridagalardan ma'lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy
etuvchi hukumat Allohga xos bo‘lgan sifat - "huquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi.
Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar.
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni
yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu
ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan
huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshtsda rad
etish talablari ham shundan kelib chiqadi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda "fundamentalizm",
"qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-Salafiyya" tushunchasi bilan
izoxlaydilar.
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk
musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e'tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf assalihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular islomning
ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid'a, yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan
holat sifatida baholaganlar. Bunga qur'onni ramziy-majoziy talqin qilish usullaridan
terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish "Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch
g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi.
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari,
jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda asoslangan
bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar" guruxlarning
mavjudligi bilan ifodalanadi. Аslida transformatsiyalashuv uchun bir qancha istiqbollari
bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh (tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb
tasviflanavermaydi.

Download 37.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling