Registrlar – bu maxsus xotira yacheykasi bo’lib, bevosita protsessorda joylashadi. Registrlar bilan ishlash operativ xotiraga nisbatan sezilarli darajada tez bo’ladi, shuning uchun registrlar assemblerda hamda yuqori darajadagi dasturlash tillari kompilyatorlarida keng foydalaniladi.
Registrlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy foydalanish registrlari, buyruqlarni ko’rsatuvchi, bayroq registrlari va segment registrlari.
Umumiy foydalanish registrlariga 8 registrdan tashkil topgan guruh kiradi. Ularni assembler tilidagi dasturlarda foydalanish mumkin. Barcha registrlar 32 bitli bo’lib, ular ikki va undan ortiq bo’laklarga bo’lishi mumkin.
Registrlarning nomlanishi ularning vazifasidan kelib chiqqan:
EAX/AX/AH/AL (accumulator register) – akkumulyator;
EBX/BX/BH/BL (base register) –baza registri;
ECX/CX/CH/CL (counter register) – sanagich;
EDX/DX/DH/DL (data register) – ma’lumotlar registri;
ESI/SI (source index register) – manba indeksi;
EDI/DI (destination index register) – qabul qiluvchi indeksi;
ESP/SP (stack pointer register) – stekni ko’rsatuvchi registri;
EBP/BP (base pointer register) – baza stek kadri ko’rsatuvchi registr
rasm. 1. Assemblerda buyruqlar Formati
Rasm. 2. Direktivalar Formati
Do'stlaringiz bilan baham: |