15-Amaliy ish


Ma’lumot almashinuvida xavfsizlik


Download 455.79 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi455.79 Kb.
#1057817
1   2   3   4
Bog'liq
15-amaliy ish

Ma’lumot almashinuvida xavfsizlik. DropBox ilovasi va server orasida ma’lumot almashinuvida xavfsizlikni ta’minlashda, DropBox Secure Sockets Layer (SSL)/Transport Layer Security (TLS) tarmoq protokolidan foydalanadi. Ushbu tarmoq protokoli orqali xavfsiz kanal hosil qilinadi va ma’lumot 128-bitli AES (Advanced Encryption Standard) shifrlash algoritmidan foydalanib shifrlanadi. Bundan tashqari autentifikatsiyalash qayd yozuvida (authentication cookies) ma’lumotni o‘g‘irlanishidan saqlash uchun HTTP Strict Transport Security (HSTS) mexanizmidan foydalanadi.
DropBox o‘rtadagi odam hujumini oldini olish uchun ochiq ishonarli sertifikatdan foydalanadi. Ushbu sertifikat orqali foydalanuvchi haqiqiyligi ta’minlangandan so‘ng, ma’lumot almashinish amalga oshiriladi.
Ma’lumot saqlashda xavfsizlik. Ma’lumotni saqlashda DropBox tizimida AES shifrlash algoritmidan foydalaniladi va shifrlangan ma’lumot bloklar tarzida saqlanadi. Ma’lumotning o‘zgarishida faqat o‘zgargan blok almashtiriladi.
Kalitlarni boshqarish. DropBox kalitlarni boshqarish infratuzilmasi cheklangan boshqaruvga ega bo‘lgan operativ, texnik va protsedurali xavfsizlik boshqaruvi asosida qurilgan. Shifrlash kalitlarini hosil qilish, almashish va saqlash desentralizatsiya jarayonlari uchun taqsimlanadi.


Amaliy qism
Bu amaliy ishida Handy Backup- dasturida bulutli tizimga ma’lumotlarni shifrlab joylashni bajarib ko’ramiz. Handy Backup bu har qanday turdagi ma'lumotlarni avtomatik ravishda zaxiralash, tiklash va sinxronizatsiya qilish uchun ishonchli, tezkor va ishlatish uchun qulay dastur.
Dasturni o'rnatish
Dasturning so’ngi versiyasini Windows OT uchun, www.handybackup.ru veb saytidan ko’chirib olib kompyuterga o'rnatilishi mumkin.

Handy Backup dasturini kompyuteringizga o'rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
O'rnatish faylini ishga tushiring.

Agar dastur o’rnatilish yo’lini o’zgartimoqchi bo’lsangiz "Изменить рекомендуемые параметры установки" bosing va operatsion tizim turini belgilang (32 razryadli yoki 64 razryadli ). Dastur o’rnatilish joyini belgilab ham qo’yishingiz mumkin.
Foydalanuvchi shartnomasini o'qing. Agar siz uni qabul qilsangiz, yana " Далее" tugmasini bosing.
O'rnatmoqchi bo'lgan dastur versiyasini tanlang. Quyidagi ekranda ikkita o'rnatish variantlari mavjud: 1 Kompyuter uchun versiya yoki Server versiyasi.
Версия для 1 ПК” tanlang “Установить” ni bosing
Dastur o’rnatilishi tugagandan so'ng dasturni ishga tushirish uchun “Запустить Handy Backup” belgilab Готовo nugmasini bosing.

Download 455.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling