15-Amaliy ish


Download 455.79 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi455.79 Kb.
#1057817
  1   2   3   4
Bog'liq
15-amaliy ish


15-Amaliy ish
Mavzu: Bulitli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumotlarini zaxiralash.
Ishdan maqsad: Bulutli tizimlarda axborot xavfsizligini o’rganish va dasturiy vositalarda bulutli tizimga ma’lumotlarni shifrlangan holda saqlashni o’rganish.
Nazariy qism
“Bulutli hisoblash” texnologiyasi 3 ta katta turga ajratilib, bular quyidagilar:
Dasturiy ta’minot xizmati (Software-as-a-Service, SaaS):Ushbu modelda foydalanuvchiga tugallangan dasturiy ta’minot taklif etilib, cloud tizimida bitta xizmat asosida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi.
Platforma xizmati (Platform-as-a-Service, PaaS): PaaS xizmatida istemolchi IaaS xizmatidan foydalanib qurilgan tizim ustida, o‘zining istagan dasturiy vositani yaratish imkoniniga ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyatlar dasturlarlash tillari, maxsus dasturlar yoki boshqa qo‘shimcha ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda PaaS xizmati IaaS tizimida ixtiyoriy dasturlash tillaridan foydalangan holda yangi dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Infratuzulma xizmati (Infrastructure-as-a-Service, IaaS): Ma’lumotlar infratuzilmasi boshqa tizimlar, telefon tizimlari, yo‘l tizimlari kabi samarali model tomon harakatlanyapti. Infratuzulma xizmati tashkilotlarni internet tarmog‘i orqali ma’lumot saqlash tizimlari va hisoblash tizimlari bilan ta’minlab, istemolchi o‘zi uchun kerakli infratuzulmani qurishda IaaS xizmati ta’minlagan, serverlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, ma’lumot markazlari, tarmoq jixozlari va hak. foydalanishi mumkin.
Ushbu laboratoriya ishidagi bulutli saqlash tizimlaridan biri DropBoxga ma’lumotlarni shifrlagan holda saqlaymiz.
Ushbu DropBox bulutli tizimda dastlabki ulanishda boshlang‘ich 2 Gb hajmdagi joy bepul tarzda beriladi. Ushbu xizmatdan ShK orqali foydalanilganda maksimal bir fayl uchun 10 Gb joy ajratiladi. Ma’lumotni almashinish qulay bo‘lishi va tezkorligi uchun tizimda taqsimlangan katalog (shared folders) mavjud bo‘lib, bunda foydalanuvchi ushbu katalogga boshqa foydalanuvchilar foydalanishi uchun ularga ruxsat beradi. DropBox xizmatining umumiy arxitekturasi quyidagi rasmda berilgan.
Yuqoridagi rasmdagidek, DropBoxda ma’lumotlar va ular haqidagi ma’lumotlar alohida-alohida saqlanadi. Bu esa tizimdan foydalanishni osonlashtiradi.

Download 455.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling